Delphi dasturlash muhiti Delphi interfeysi quyidagi bo’limlardan iborat


Download 0.93 Mb.
Sana06.11.2020
Hajmi0.93 Mb.
#141440
Bog'liq
delphi-dasturlash-muhiti

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti

  • Sirtqi (5 yillik)
  • “Informatika o`qitish metodikasi-101” guruh talabasi
  • Ibraimjonova Mohira

Delphi dasturlash muhiti

Delphi interfeysi quyidagi bo’limlardan iborat

  • Sarlavha satri
  • Asosiy menyu
  • Uskunalar paneli
  • Boshqarish obyektlari (komponentalar) paneli
  • Boshqarish obyektlari brauzeri
  • Boshqarish obyektlari (elementlari) inspektori
  • Yaratilayotgan ilova oynasi (forma)
  • Yaratilayotgan ilova kodi oynasi

Delphi muhiti bosh oynasining sarlavha satri standart ko’rinishiga ega bo’lib, unda ilovaning nomi, unda yaratilayotgan loyiha nomi va oynani yashirish, o’lchovini o’zgartirish va uni yopish uchun xizmat qiladigan uchta tugma joylashgan.

  • Delphi muhiti bosh oynasining sarlavha satri standart ko’rinishiga ega bo’lib, unda ilovaning nomi, unda yaratilayotgan loyiha nomi va oynani yashirish, o’lchovini o’zgartirish va uni yopish uchun xizmat qiladigan uchta tugma joylashgan.
  • 2. Delphining asosiy menyusi 11 ta bo’limdan iborat bo’lib, ular quyidagilardir.
  • File (Fayl)
  • Edit (tahrirlash)
  • Search (Qidiruv)
  • View (ko’rinish)
  • Project (Loyiha)
  • Run (Ishga tushirish)
  • Component (Boshqarish obyektlari)
  • Database(Ma’lumotlar ombori)
  • Tools (uskunqlar)
  • Window (Oynalar)
  • Help (Yordam)

Delphi uskunalar paneli va obyekt (komponenta)lar paneli

  • Uskunalar panelida ko’p ishlatiladigan tugmalari joylashgan bo’lib, bu ularni asosiy menyuga kirmasdan ishlatish imkonini beradi. Uskunalar panelida o’ndan ortiq tugmalar bo’lib, ularga yangilarini qo’shish, ba’zilarini olib tashlash mumkin.

Komponenta deb yaratilayotgan ilovaga joylash uchun mo’ljallangan turli boshqarish elementlari (obyektlari)ga aytiladi.

  • Komponenta deb yaratilayotgan ilovaga joylash uchun mo’ljallangan turli boshqarish elementlari (obyektlari)ga aytiladi.
  • Vizual dasturlash shu boshqarish elementlarini ilova oynasiga joylash va uning xossalarini o’zgartirish orqali amalga oshiriladi. Delphida yuzlab boshqarish elementlari bo’lib, ular komponentalar panelining yigirmadan ortiq jildlariga joylab chiqilgan.

Delphi oynalari.

  • Delphining bosh oynasidan tashqari yana bir qator oynalari bo’lib, ularning bosh oyna ichida joylashishini o’zgartirish, ularni yashirish, ekranga chiqarish, o’chamlarini o’zgartirish mumkin. Bu oynalardan birinchisi forma oynasi deb ataladi va unda yaratilayotgan ilovaning asosiy oynasining ko’rinishi aks etadi.
  • Unda komponentalar panelidan kerakli komponentalarni sichqoncha yordamida sudrab o’tkaziladi va ularning o’zaro joylashishi rejalashtiriladi. Bu oynani yangi ilova oynasi yoki sodda qilib ilova oynasi deb ataymiz.

Ikkinchi muhim oyna bu dastur kodi oynasi bo’lib, ilova oynasidagi o’zgarishlar unda avtomatik tarzda aks etadi.

  • Vizual dasturlashda dasturchining asosiy vazifasi dasturda foydalaniladigan boshqarish elementlarining, ya’ni obyektlarning kerakli xossalari va usullaridan foydalanishdir. Bunda yuzdan ortiq obyektlarning o’nlab xossalari va usullaridan keraklisini tezda topa olish juda muhimdir. Bu ishda Obyekt inspektorining o’rni juda muhim. Ilova oynasida biror obyekt tanlanganda bu obyektning barcha xossalari obyekt inspektorida aks etadi.

Yirik va murakkab ilovalarni yaratishda unda foydalaniladigan obyektlar soni keskin oshib ketadi. Ilovadagi obyektlardan keraklisini topishning oson usuli bu Object TreeView (Obyektlarning daraxtsimon ro’yxati) deb nomlangan maxsus oynadan foydalanishdir. Bu oyna yana Obyektlar brauzeri deb ham ataladi.

  • Yirik va murakkab ilovalarni yaratishda unda foydalaniladigan obyektlar soni keskin oshib ketadi. Ilovadagi obyektlardan keraklisini topishning oson usuli bu Object TreeView (Obyektlarning daraxtsimon ro’yxati) deb nomlangan maxsus oynadan foydalanishdir. Bu oyna yana Obyektlar brauzeri deb ham ataladi.
  • Delphida yana bir nechta asosiy va ko’plab muloqot oynalari bo’lib, ular bilan keyinroq, zarur bo’lganda tanishamiz.

Delphida loyihalar yaratish va saqlash

  • Delphida yaratiladigan ilovalar proyektlar (loyihalar) deb ataladi va maxsus Projects papkasida saqlanadi. Ular paskalda yaratilgan ilovalardan ancha murakkab bo’lib, ularni saqlash uchun bir nechta fayl kerak bo’ladi.
  • Paskalda yaratilgan dasturni saqlash uchun bitta fayl yetarli va unda yaratilgan barcha dasturlarni bitta papkada saqlash mumkin. Lekin delphida bunday qilib bo’lmaydi, chunki turli loyihalarning bir xil nomli fayllari birining o’rniga ikkinchisini saqlab qo’yadi.
  • Delphida mavjud loyiha asosida yangi loyiha yaratishda ham ehtiyot bo’lish kerak. Loyihaga o’zgartirish kiritilishi bilan bu o’zgarishlar loyiha fayllarida avtomatik tarzda saqlab qo’yadi va avvalgi loyihani tiklashning iloji bo’lmaydi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling