Demak, deparafinlangan moy massasini quyidagi formula bilan hisoblash mumkin


Download 10.27 Kb.
Sana15.02.2023
Hajmi10.27 Kb.
#1201542
Bog'liq
Jarayon tavsifi


Jarayon tavsifi. Deparafinlashdan asosiy maqsad – ulardan qattiq uglevodorodlarni (asosan parafinlarni) ajratib, moyli fraksiya lar qotish temperaturalarini pasaytirish. Jarayon ekstrakciyalashning turli ko`rinishlari hisoblanib, ekstraktiv kristallash deb ham ataladi hamda past temperaturalarda qattiq va suyuq uglevodorodlarning ayrim erituvchilarda turlicha eruvchanligiga asoslangandir.
Jarayonning xom ashyosi moylarni selektiv tozalashdagi rafinatlar hisoblanadi. Jarayonning asosiy mahsuloti – deparafinlangan moydir. Yonaki mahsulot sifatida qattiq qolidiqlar: distillyatdan gach va qoldiq xom ashyodan petrolatumlar olinadi. erituvchi sifatida ko`pgina hollarda “metiletilketon (MEK) – toluol” aralashmasi xizmat qiladi. erituchilarning xom ashyoga nisbatan massa nisbati 2,8:1 da 4,5:1 gacha bo`lishi mumkin.
Jarayonning temperaturasi parafinsizlantiriladigan moyning sifatiga qo`yiladigan talablarga bog`liq. Xomashyo aralashmasini oxirgi sovutish (fil`trlash) va qotish temperaturalar orasidagi farqi parafinsizlantirishning temperatura effekti deb ataladi, odatda u ketonli erituvchilar uchun 5 – 10 ga teng. Oddiy parafinsizlantirishda temperatura fil`trlashning birinchi bosqichida minus 20 dan to minus 25 gacha, ikkinchi bosqichda minus 10 dan minus 20 ni tashkil etadi. Ko`pchilik qurilmalarda past temperatura hosil qilish uchun sovutuvchi moddalar sifatida ammiak yoki propan qo`llaniladi.
Jarayonning moddiy balansi. Deparafinlash jarayoni bir necha bosqichlarda boradi: erituvchini o`zgaruvchan maromda yuborish va qator fizik – kimyoviy (kristallar yiriklashuvi, moyning suyuq uglevo-dorodlarini qattiq yuzaga adsorbciyasi va boshqalar) jarayonlaridan iborat. Qattiq fazalar hosil bo`lishi va ajralishiga texnologik parametrlar va fil`trlash sifati katta ta`sir ko`rsatadi. Shunga ko`ra, amaldagi hisoblash usullari yordamida deparafinlash mahsulotlari chiqishini taxminan hisoblash mumkin.
Demak, deparafinlangan moy massasini quyidagi formula bilan hisoblash mumkin.

bu yerda: Xo – xomashyodagi suyuq uglevodorodlarning massa ulushi; R – erituvchini : xomashyo massasiga nisbati.


Qattiq qoldiqni (XQ, %) toza holdagi chiqish farqi quyidagiga teng bo`ladi:
XQ=100 (1-Xo)
Biroq ushbu ko`rinishda, qattiq qoldiq (gach, petrolatum)da doim ma`lum miqdorda adsorbciyalangan moy saqlanadi. Uning XM massasi ushbu formula bilan hisoblanadi.
Download 10.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling