Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va modernizatsiya


O‘ZBEKISTON XOTIN-QIZLARIGA BAYRAM TABRIGI


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/22
Sana04.12.2021
Hajmi0.93 Mb.
#482323
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
I.Karimov.bizning yòlimiz-...
I.Karimov.bizning yòlimiz-..., I.Karimov.bizning yòlimiz-..., I.Karimov.erishgan marralar bilan...., FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR SANOAT, 2-курс амалиёт бетлик, TASMASIMON CHULCHANGLAR SINFI VAKILLARI QORAMOL SOLITYORI CHOCHQA SOLITYORI EXINNOKOK TASMASIMON CHUVALCHANGLARNING TUZILISHI VA RIVOJLANISHI, BALIQLAR KATTA SINFINING UMUMIY TAVSIFI VA SISTEMATIKASI. TOG‘AYLI BALIQLAR SINFI VAKILLARINING TUZILISHI, KO‘PAYISHI VA RIVOJLANISHI., Korxonada yoritishni qo’llash ahamiyati, talablari.Bino inshoatlarni yonuvchanligini kamaytirish, o’tga chidamliligini oshirishtalablari., TAVSIFNOMA, O\'QITISHNING GRAFIKLI ORGANEYZERLI VOSITASIDAN TABIATSHUNOSLIK DARSLARIDA FOYDALANISH. NIMA UCHUN, VENNA DIAGRAMMASI T-JADVAL, B-B-B JADVAL BALIQ SHLETI, QANDAY DIADRAMMASI NILUFAR GULI CHIZMASI KLASTER, Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi fanining nazariy va amali (2), 111111111111111, ИСТОРИЯ ИССЛЕДОВАНИЯ СРЕДНЕЙ АЗИИ, 2-мавзу. Маъруза матни
O‘ZBEKISTON XOTIN-QIZLARIGA BAYRAM TABRIGI 
 
Muhtarama onaxonlar! 
Qadrli opa-singillar, dilbar qizlarim! 
Go‘zal  diyorimizga  barchamiz  sog‘inib  kutgan  bahor  nafasi  kirib 
kelayotgan  mana  shu  nurafshon  kunlarda  siz,  azizlarni,  sizlarning 
timsolingizda  butun  O‘zbekiston  xotin-qizlarini  8  mart  bayrami  bilan 
qizg‘in tabriklab, sizlarga o‘zimning samimiy tuyg‘u va tilaklarimni  izhor 
etishdan baxtiyorman. 
Barchamizga ayonki, onalarni, ayol zotini e’zozlash el-yurtimiz uchun 
azal-azaldan  ezgu  qadriyat  bo‘lib  kelgan.  Buning  tasdig‘ini  tariximizda, 
hayotimizda,  mumtoz  adabiyotimizda  ko‘plab  misollarda  yaqqol  ko‘rish, 
kuzatish mumkin. 
Bu  haqda  so‘z  yuritar  ekanmiz,  buyuk  mutafakkir  bobomiz  Alisher 
Navoiyning  “Ayollar  –  farishtalarning  opa-singillaridir”  degan  so‘zlari 
zamirida  naqadar  chuqur  hayotiy  falsafa  mujassam  ekanini  anglash  qiyin 
emas, deb o‘ylayman. 
Biz 
mehr-muhabbat 
va 
odamiylikning 
ilk 
saboqlarini 
aziz 
onalarimizdan,  ularning  beshigimiz  uzra  parvona  bo‘lib  aytgan  alla 
ohanglaridan  olamiz.  Qalbimizda  neki  olijanob  tuyg‘ular  bo‘lsa,  ularning 
barchasi  avvalo  onalarimizdandir.  Dunyoda  muqaddas  degan  so‘zga  eng 
munosib zot ham  – Onadir. Shu  bois toki  hayot bor  ekan,  inson  mo‘tabar 
Ona siymosi oldida doimo bosh egib, ta’zim qiladi. 
Shu  fursatdan  foydalanib,  barchamizning  ko‘nglimizda,  dilimizda 
bo‘lgan bir fikrni ta’kidlash joiz, deb bilaman. 
Biz sizlarni – mehribon va munis ayollarimizni hamisha fidoiylik, vafo 
va sadoqat, nafosat va latofat timsoli sifatida ulug‘lab kelamiz  va umrbod 
sizlardan  minnatdor  bo‘lib  yashaymiz,  desak,  ayni  haqiqatni  aytgan 
bo‘lamiz. 
Aziz opa-singillar! 
Sizlarga  yaxshi  ma’lumki,  men  o‘zimning  chiqishlarimda,  amaliy 
ishlarimda  xotin-qizlarni  ulug‘lash,  ularning  hayotimizdagi  o‘rni  va 
nufuzini yanada oshirish masalasiga juda katta e’tibor berib kelaman. Ona 
diyorimizda  yashayotgan  barcha  ayollarni  dunyodagi  eng  go‘zal  va 
mehribon  ayollar  deb,  Yaratganning  tengsiz  mo‘jizasi,  deb,  doimo  chin 
qalbdan, 
yurakdan 
bildiradigan 
samimiy 
so‘zlarimni 
yurtimiz 


www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
104
o‘g‘lonlarining  fikri sifatida, ayol  zotiga  bo‘lgan  hurmat-ehtirom  va sevgi 
izhori sifatida qabul qilishingizni istardim. 
Mustaqil  taraqqiyot  yo‘lida  boshimizga  og‘ir  sinov  va  qiyinchiliklar 
tushgan  mashaqqatli  davrda  aynan  siz,  ayollarning  mehnatkashlik  va 
shukronalik,  chidam  va  sabr-bardosh  kabi  yuksak  insoniy  fazilatlarni 
namoyon  etib,  el-yurtimizda  tinchlik  va  osoyishtalikni,  jamiyatimizda 
mehr-oqibat  va  ahillik  muhitini  saqlash  va  mustahkamlashda,  bugungi 
mana  shunday  yorug‘  kunlarga,  butun  dunyo  tan  olayotgan  marralarga 
yetib kelishda siz, azizlarning beqiyos hissangiz borligini men hech qachon 
unutmayman  va  bu  haqda  doimo  minnatdorlik  bilan  takror  va  takror 
gapirishga tayyorman. 
Mamlakatimizda  ayollarga  bo‘lgan  yuksak  hurmat-e’tibor  va 
g‘amxo‘rlikning  amaliy  isboti  sifatida  keyingi  yillarda  xotin-qizlarning 
jamiyat hayotidagi roli va ta’sirini kuchaytirish, ularning huquqiy, ijtimoiy, 
iqtisodiy  va  ma’naviy  manfaatlarini  himoya  qilishga  qaratilgan  80  dan 
ortiq milliy va xalqaro hujjatlar qabul qilinganini alohida qayd etish lozim. 
Shular  qatorida  Oila,  Ayollar,  Sog‘lom  avlod,  Ona  va  bola,  Obod 
mahalla,  Sihat-salomatlik,  Barkamol  avlod  yillari  munosabati  bilan  qabul 
qilingan davlat dasturlari, ko‘plab farmon va qarorlar ayni shu maqsadlarga 
xizmat qilmoqda. 
Ana  shunday  harakatlarimizning  yaqqol  ifodasini  hozirgi  vaqtda 
qishloq  va  shaharlarimiz  qiyofasi  tubdan  o‘zgarib,  yurtimiz,  Vatanimiz 
tobora  chiroy  ochib,  bozor  va  do‘konlarimiz,  dasturxonlarimiz  to‘kin-
sochin  bo‘lib  borayotganida,  aytish  kerakki,  ayollarimiz  o‘zlarining  nozik 
yelkalarida  ko‘tarib  kelayotgan  kundalik  tashvishlarni  yengil  qilish 
borasidagi  ishlarimizda,  bir  so‘z  bilan  aytganda,  xalqimizning  hayot 
farovonligi,  turmush  madaniyati  yuksalayotganida  ko‘rish  mumkin  va 
bularning  barchasi  shu  zaminda  yashayotgan  har  bir  insonga  mamnuniyat 
bag‘ishlaydi. 
Bugungi  kunda  xotin-qizlarning  siyosiy-ijtimoiy  faolligini  oshirish, 
ularning  hokimiyat  va  boshqaruv  idoralari,  vakillik  organlari  faoliyatida, 
tadbirkorlik va fermerlik sohasida munosib ishtirok etishini ta’minlash, o‘z 
qobiliyat  va  iste’dodini  ro‘yobga  chiqarishi  uchun  imkoniyat  yaratish 
maqsadida  olib  borayotgan  keng  ko‘lamli  ishlarimiz  tobora  kuchayib,  o‘z 
hosili va samarasini berayotgani ayniqsa e’tiborlidir. 
Yurtimizdagi  har  qaysi  ota-ona,  butun  xalqimizning  ezgu  orzusi 
bo‘lmish har tomonlama sog‘lom naslni voyaga yetkazishda “Sog‘lom ona 


www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
105
–  sog‘lom  bola”  dasturi  doirasida  barcha  hududlarimizda  perinatal  va 
skrining  markazlari,  minglab  qishloq  vrachlik  punktlari  tashkil  etilgani, 
ixtisoslashtirilgan  shifoxonalar  hamda  shoshilinch  tibbiy  yordam 
xizmatidan  iborat  zamonaviy  tizim  yaratilgani  aholimizning,  birinchi 
navbatda  ayollarimizning  salomatligini  asrash  va  mustahkamlash  yo‘lida 
qo‘yilgan tarixiy qadam bo‘ldi. 
Bu  haqda  gapirganda,  mustaqillik  yillarida  onalar  va  bolalar  o‘limi  3 
marta  kamaygani,  ayollarning  o‘rtacha  yoshi  67  yoshdan  75  yoshga 
ko‘tarilgani, hech shubhasiz, aynan ana shunday amaliy harakatlarimizning 
samarasi, desak, xato bo‘lmaydi. 
Keyingi  paytda  mamlakatimiz  poytaxti  Toshkent  shahrida  bo‘lib 
o‘tgan  xalqaro  anjumanlarda  sog‘liqni  saqlash,  oila,  onalik  va  bolalikni 
himoya  qilish,  ta’lim-tarbiya  sohalarida  biz  qo‘lga  kiritayotgan  ulkan 
natijalar  dunyodagi  ko‘zga  ko‘ringan  olim  va  mutaxassislar,  nufuzli 
xalqaro  tashkilotlar  tomonidan  yuksak  baholanib,  ibrat  sifatida  e’tirof 
etilgani  sizlarga  yaxshi  ma’lum,  albatta.  Biz  erishgan  bunday  yutuqlar 
negizida avvalambor siz, jonkuyar va fidoiy opa-singillarimizning bilim va 
tajribasi, mashaqqatli mehnati mujassam ekanini barchamiz yaxshi bilamiz 
va yuksak qadrlaymiz. 
Hurmatli vatandoshlar! 
Har  qanday  jamiyatning  farovonligi  va  ma’naviy  sog‘lomligining 
asosiy mezoni avvalo oilaning ahilligi, oilaning mustahkamligida namoyon 
bo‘ladi. 
Shu  ma’noda,  2012  yilning  yurtimizda  “Mustahkam  oila  yili”  deb 
e’lon  qilinishi  “Oila  sog‘lom  ekan  –  jamiyat  mustahkam,  jamiyat 
mustahkam  ekan  –  mamlakat  barqaror”  degan  insonparvar  tamoyilni 
hayotimizda  qaror  toptirishda,  hech  shubhasiz,  yangi,  yuksak  bir  bosqich 
bo‘ladi. 
Hammamizga  ma’lumki,  yaqinda  biz  bu  borada  keng  miqyosdagi 
amaliy  tadbirlarni  o‘z  ichiga  olgan  davlat  dasturini  tasdiqladik.  Ushbu 
dastur ijrosini ta’minlash uchun 1 trillion 500 milliard so‘mga yaqin va 114 
million  dollar  miqdoridagi  keng  ko‘lamli  mablag‘  yo‘naltirish  ko‘zda 
tutilmoqda. 
Bu  ishlarni  amalga  oshirishda  davlat  va  nodavlat  tashkilotlari, 
jamoatchiligimiz,  butun  xalqimizning  faol  ishtiroki  talab  etilishini 
barchamiz  yaxshi  tushunamiz.  Ayni  vaqtda  shuni  alohida  ta’kidlash 
kerakki,  oilani  haqiqatan  ham  mustahkam  oila  qilish,  uni  tom  ma’noda 


www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
106
jamiyatimizning  hal  qiluvchi  bo‘g‘iniga  aylantirishda  xonadonlarimizning 
chirog‘i, ko‘rki va fayzi bo‘lgan siz, hurmatli ayollarning o‘rni va ta’sirini 
hech narsa bilan o‘lchab, baholab bo‘lmaydi va bu vazifalarni ado etishda 
men sizlarga, sizlarning ulkan salohiyatingizga ishonaman. 
Muhtaram yurtdoshlar! 
Biz  mustaqil  taraqqiyot  yillarida  –  tarixan  qisqa  bir  davrda  beqiyos 
yutuq va marralarga erishdik. Biz qo‘lga kiritgan yuksak natijalarni dunyo 
tan  oldi.  Eng  muhimi  –  yurtimizda  tinchlik-osoyishtalik  hukm  surmoqda, 
iqtisodiyotimiz barqaror o‘sish sur’atlari bilan rivojlanib bormoqda. 
Biz  o‘z  oldimizga  qo‘ygan  uzoq  muddatli  ulkan  maqsadlar,  ya’ni 
zamonaviy  rivojlangan  demokratik  davlatlar  qatoriga  kirish,  xalqimizning 
hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, jahon hamjamiyatida munosib 
o‘rin  egallash  vazifasi  barchamizdan  birdamlikni,  bir  yoqadan  bosh 
chiqarib,  o‘zimizni  ayamasdan,  astoydil  mehnat  qilishni  talab  etadi  va  bu 
borada men olijanob, bag‘rikeng xalqimizni, siz, muhtarama ayollarimizni 
bundan  buyon  ham  o‘zimning  eng  yaqin  maslakdoshim,  tayanchim  va 
suyanchim, deb bilaman. 
Qadrli opa-singillar! 
Sizlarni  bahor  elchisi  bo‘lgan,  o‘zingizdek  go‘zal  va  dilbar 
bayramingiz  bilan  yana  bir  bor  tabriklar  ekanman,  barchangizga  sihat-
salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman. 
Farzandlaringiz  va  yaqinlaringiz,  elu  yurtimiz  baxtiga  hamisha  omon 
bo‘ling, azizlarim, mehribonlarim! 


www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
107
 

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling