Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va modernizatsiya


ONA VA BOLA SALOMATLIGI — OLIY SAODAT


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/22
Sana04.12.2021
Hajmi0.93 Mb.
#482323
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
I.Karimov.bizning yòlimiz-...
I.Karimov.bizning yòlimiz-..., I.Karimov.bizning yòlimiz-..., I.Karimov.erishgan marralar bilan...., FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR SANOAT, 2-курс амалиёт бетлик, TASMASIMON CHULCHANGLAR SINFI VAKILLARI QORAMOL SOLITYORI CHOCHQA SOLITYORI EXINNOKOK TASMASIMON CHUVALCHANGLARNING TUZILISHI VA RIVOJLANISHI, BALIQLAR KATTA SINFINING UMUMIY TAVSIFI VA SISTEMATIKASI. TOG‘AYLI BALIQLAR SINFI VAKILLARINING TUZILISHI, KO‘PAYISHI VA RIVOJLANISHI., Korxonada yoritishni qo’llash ahamiyati, talablari.Bino inshoatlarni yonuvchanligini kamaytirish, o’tga chidamliligini oshirishtalablari., TAVSIFNOMA, O\'QITISHNING GRAFIKLI ORGANEYZERLI VOSITASIDAN TABIATSHUNOSLIK DARSLARIDA FOYDALANISH. NIMA UCHUN, VENNA DIAGRAMMASI T-JADVAL, B-B-B JADVAL BALIQ SHLETI, QANDAY DIADRAMMASI NILUFAR GULI CHIZMASI KLASTER, Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi fanining nazariy va amali (2), 111111111111111, ИСТОРИЯ ИССЛЕДОВАНИЯ СРЕДНЕЙ АЗИИ, 2-мавзу. Маъруза матни
ONA VA BOLA SALOMATLIGI — OLIY SAODAT 
 
“O‘zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilishning milliy 
modeli: “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” mavzuidagi xalqaro simpozium 
ochilishidagi nutq 
 
Muhtarama Bosh direktor xonim, 
Hurmatli simpozium ishtirokchilari, xonimlar va janoblar! 
Siz  aziz  mehmonlarimizni  Jahon  sog‘liqni  saqlash  tashkiloti, 
Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining  YUNISEF,  Taraqqiyot  dasturi  va 
Aholishunoslik  jamg‘armasi  kabi  nufuzli  xalqaro  tashkilotlar  vakillari, 
dunyoning  ko‘plab  mamlakatlari  sog‘liqni  saqlash  sohasi  rahbarlari, 
bugungi  simpoziumning  barcha  ishtirokchilarini  qutlash  va  o‘zimning 
chuqur ehtiromimni izhor etish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi. 
Yaqinda  barpo  etilgan,  milliy  va  zamonaviy  arxitektura  hamda 
shaharsozlikning  eng  yaxshi  namunalarini  o‘zida  mujassam  etgan,  bugun 
xalqaro anjuman o‘tayotgan ushbu noyob kompleks ikki qismdan  – Milliy 
kutubxona va Simpoziumlar saroyidan iborat. Mazkur muhtasham saroyda 
qabul  qilgan  ilk  mehmonlarimiz  siz,  eng  insonparvar  va  olijanob  soha  – 
onalik  va  bolalikni  muhofaza qilishga bag‘ishlangan ushbu  xalqaro forum 
ishtirokchilari  ekaningizning  o‘zi  ko‘p  jihatdan  ramziy  va  tarixiy 
ahamiyatga egadir. 
Fursatdan  foydalanib,  Sizga,  hurmatli  Margaret  Chen  xonim,  barcha 
mehmonlarimizga  ushbu  Forumda  ishtirok  etish  taklifimizni  qabul 
qilganingiz uchun samimiy minnatdorlik bildiraman. 
Sizlar,  taniqli  xorijlik  olimlar  va  tibbiyot  olamining  obro‘li 
mutaxassislari  ishtirokingizda  O‘zbekistonda  aholi  salomatligini  himoya 
qilish,  sog‘lom,  barkamol  yosh  avlodni  tarbiyalash  bo‘yicha  amalga 
oshirilayotgan  umummilliy  dasturning  muhim  tarkibiy  qismi  sifatida 
shakllangan  onalik  va  bolalikni  muhofaza  qilish  modelining  muhokama 
etilishi biz uchun katta sharafdir. 
Umume’tirof  etilgan  shior  –  «Sog‘lom  ona  –  sog‘lom  bola»  tamoyili 
mohiyatiga  ko‘ra,  aholini  jipslashtiruvchi  va  safarbar  etuvchi  murojaat 
bo‘lib,  davlat  hamda  jamiyat  darajasiga  ko‘tarilgan  ustuvor  vazifaga 
aylandi. 
Albatta,  odamlar  salomatligini  muhofaza  qilishning  butun  tizimini 


www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
15
chuqur isloh etish va modernizatsiya qilish asosidagina oldimizga qo‘ygan 
maqsadga erishish mumkinligini teran anglab yetganmiz. 
Mustaqil rivojlanish  yillarida  mamlakatimiz sog‘liqni  saqlash tizimini 
barpo etishni davom ettirish va yangilash imkonini berayotgan mustahkam 
poydevor yaratildi, deyish uchun bugun barcha asoslarimiz bor. 
Birinchidan,  eng  yuqori  talablar  va  xalqaro  standartlarga  javob 
beradigan  ixtisoslashtirilgan  viloyat  shifoxonalari  va  ularning  shahar 
hamda  tumanlardagi  bo‘limlari,  tez  tibbiy  yordam  xizmatlaridan  iborat 
aholiga  bepul,  yuqori  malakali  shoshilinch  tibbiy  yordam  ko‘rsatish 
bo‘yicha mutlaqo yangi va noyob yagona tizim shakllantirildi. Respublika 
shoshilinch  tibbiy  yordam  ilmiy  markazi  ularga  rahbarlik  va  faoliyatini 
muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshirmoqda. 
Ikkinchidan,  mamlakatimizda  tashkil  etilgan  3200dan  ziyod  qishloq 
vrachlik  punktlari  odamlar  salomatligini  muhofaza  qilish  tizimini  isloh 
etish  va  uning  quyi  bo‘g‘inini  kuchaytirishda  g‘oyat  muhim  rol 
o‘ynamoqda.  Shunga  e’tiboringizni  qaratishni  istardimki,  bu  yerda  gap 
boshqa  mamlakatlarda  mavjud  bo‘lgan  feldsherlik-akusherlik  punktlari 
haqida  emas,  balki  zamonaviy  tibbiyot  texnikasi  bilan  jihozlangan  va 
umumiy  amaliyot  shifokorlari  birinchi  tibbiy  yordam  ko‘rsatayotgan 
punktlar haqida bormoqda. 
Uchinchidan,  tuman  va  viloyat  darajasidagi  sog‘liqni  saqlash 
muassasalari tarmog‘i optimallashtirildi, zamonaviy asbob-uskunalar bilan 
yaxshi  jihozlangan  va  kadrlar  bilan  ta’minlangan  ixcham  tuman  tibbiyot 
birlashmalari,  viloyat  ko‘p  tarmoqli  shifoxonalari  hamda  poliklinikalari 
tashkil etildi. 
To‘rtinchidan,  bugungi  kunda  mamlakatimizda  e’tirof  etilgan  ilmiy 
maktablar  negizida  10  respublika  ixtisoslashtirilgan  ilmiy-amaliy  tibbiy 
markazlar  –  kardiologiya  va  kardiojarrohlik,  akusherlik  va  ginekologiya, 
urologiya,  oftalmologiya,  pulmanologiya  va  ftiziatriya,  endokrinologiya 
kabi yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda yuqori malakali, yuksak 
darajadagi  kasb  tayyorgarligiga  ega  kadrlar  zamonaviy  asbob-uskunalar 
yordamida yuqori texnologik tibbiy xizmatlar ko‘rsatmoqda. 
O‘tgan  yillar  mobaynida  bizning  sa’y-harakatlarimiz,  avvalo,  uzoq 
muddatli samara – millat genofondini saqlash va yaxshilash, aholining umr 
ko‘rish  davomiyligini  va  turmush  darajasini  oshirish  maqsadida  sog‘lom 
avlodni dunyoga keltirish hamda tarbiyalash uchun shart-sharoit yaratishga 
qaratildi.  Tabiiyki,  buning  uchun  ulkan  vazifalarni,  jumladan,  odamlar 


www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
16
psixologiyasi  va  ongini  o‘zgartirishga  doir  ishlarni  amalga  oshirishga 
to‘g‘ri keldi. 
Xususan,  sog‘lom  oilani  shakllantirish  va  irsiy  kasalliklarga  chalinish 
mumkin  bo‘lgan  holatlarni  kamaytirish  maqsadida  mamlakatimizda 
turmush  qurayotgan  shaxslarni  nikohdan  oldin  majburiy  tibbiy  ko‘rikdan 
o‘tkazish tizimi joriy etildi. 
Ushbu  masalaga  kengroq  qaraydigan  bo‘lsak,  shuni  alohida 
ta’kidlashni  istardimki,  jamiyatda,  ayniqsa  yoshlar  o‘rtasida  ma’naviy 
muhit  va  odob-axloq,  oilani  mustahkamlash,  oila  rishtalari  barqarorligini 
ta’minlashga mamlakatimizda har doim katta e’tibor qaratilgan va bugungi 
kunda  ham  bu  an’ana  yuksak  qadrlanadi.  O‘ylaymanki,  sog‘lom  oila, 
oiladagi  sog‘lom  muhit  sog‘lom  bola  tug‘ilishida  ulkan  ahamiyatga  ega 
ekanini isbotlab o‘tirishga hojat yo‘q. 
Bugun  O‘zbekistonning  deyarli  barcha  viloyatlarida  ona  va  bola 
perinatal  hamda  skrining  markazlari  faoliyat  ko‘rsatmoqda.  Qishloq 
joylardagi  barcha  homilador  ayollar  davlat  budjeti  mablag‘lari  hisobidan 
sog‘lom 
naslni 
shakllantirish 
uchun 
zarur 
polivitaminlar 
bilan 
ta’minlanmoqda. 
Maxsus  davlat  dasturi  doirasida  zamonaviy  ona  va  bola  skrining 
markazlari  tarmog‘ining  tashkil  etilganiga  alohida  e’tibor  qaratishingizni 
istardim.  Ular  ishga  tushgan  2000  yildan  buyon  mamlakatimizda  irsiy  va 
tug‘ma nuqsonli bolalar tug‘ilishi 1,7 barobardan ziyod kamaydi. 
Mamlakatimizda  ikki  yoshgacha  bo‘lgan  barcha  bolalar  bepul 
emlanmoqda,  bu,  o‘z  navbatida  difteriya,  qoqshol,  poliomiyelit  kabi 
kasalliklarga  butunlay  barham  berish  imkoniyatini  yaratdi.  14  yoshgacha 
bo‘lgan  bolalarning  deyarli  100  foizi  yiliga  ikki  marta,  tug‘ish  yoshidagi 
ayollar esa har yili chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. 
Mamlakatimizda  kompleks  chora-tadbirlarning  amalga  oshirilishi 
natijasida  o‘tgan  20  yil  davomida  onalar  va  go‘daklar  o‘limi  uch 
barobardan ko‘proq kamaydi. O‘zbekiston  joriy  yilda  “Bolalarni asraylik” 
xalqaro  tashkiloti  tomonidan  tuzilgan  161  mamlakatdan  iborat  jahon 
reytingida  o‘sib  kelayotgan  yosh  avlod  salomatligi  haqida  eng  ko‘p 
g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotgan davlatlar orasida 9 o‘rinni egalladi. 
Yuqori  malakali  tibbiyot  kadrlarini  tayyorlash  masalasi  sog‘liqni 
saqlash sohasini isloh etishda muhim ahamiyatga ega. 
Ayni  paytda  Toshkent  tibbiyot  akademiyasi  qatorida  Samarqand, 
Andijon, Buxoro, Urganch  va Nukus kabi  shaharlarda tibbiyot oliy o‘quv 


www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
17
yurtlari faoliyat ko‘rsatmoqda. 
Oliy  ma’lumotli  tibbiyot  hamshiralarini  tayyorlashni  tashkil  etish 
mutlaqo yangi tizim hisoblanadi. 
Mamlakatimiz  tibbiyot  institutlari  “Sharite”  (Germaniya),  Garvard 
(AQSH),  Manchester  (Buyuk  Britaniya),  Vena  (Avstriya)  universitetlari 
klinikalari  kabi  yetakchi  xorijiy  tibbiyot  muassasalari,  Rossiya  va 
Ukrainaning  mashhur  markazlari,  Yaponiya,  Janubiy  Koreya  hamda 
boshqa  davlatlardagi 
yirik  gospitallar 
bilan 
yaqin 
hamkorlikda 
ishlayotganini alohida ta’kidlamoqchiman. 
Mana  shu  yuksak  minbardan  ushbu  zalda  yig‘ilgan  Forum 
qatnashchilari  nomidan  ularga  samimiy  minnatdorlik  izhor  etish  menga 
katta mamnuniyat bag‘ishlaydi. 
Mamlakatimizda 
odamlar 
salomatligini 
muhofaza 
qilishga 
qaratilayotgan  ulkan  e’tibor,  avvalambor,  bu  sohani  rivojlantirishga 
yo‘naltirilayotgan  investitsiyalar  va  mablag‘larda  o‘zining  aniq  isbotini 
topmoqda. 
Mamlakatimiz 
davlat 
budjetida 
sog‘liqni 
saqlash 
sohasiga 
sarflanayotgan  xarajatlar  ulishi  15,7  foizni,  yalpi  mahsulotga  nisbatan  esa 
4,1 foizni tashkil etadi. 
Sog‘liqni  saqlash  tizimining  moddiy-texnik  bazasini  mustahkamlash, 
uni  zamonaviy  asbob-uskunalar  va  tibbiy  texnika  bilan  qayta  jihozlashga 
o‘tgan davrda 700 million dollardan ziyod imtiyozli kreditlar, donorlarning 
grant mablag‘lari jalb etildi. 
Jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi  davom  etayotganiga  qaramay, 
keyingi uch  yilda sog‘liqni saqlash sohasini  moliyalash  hajmi 2,5  barobar 
ko‘paydi. 
Bepul va pulli tibbiyot masalalariga qisqacha to‘xtalib o‘tmoqchiman. 
O‘zbekistonda  aholi  uchun  barcha  birinchi  tibbiy  yordam  bepul 
hisoblanadi.  Shoshilinch  tibbiy  va  pediatriya  yordami,  tug‘ruq  va 
homilador  ayollarga  tibbiy  yordam,  shuningdek,  onkologik,  yuqumli 
hamda  boshqa  qator  ijtimoiy  ahamiyatga  ega  kasalliklarni  davolash 
xizmatlari ham shu asosda amalga oshirilmoqda. 
Shu  bilan  birga,  zamonaviy  va  sifatli  tibbiy  yordam  qimmatbaho, 
buning  ustiga  muntazam  yangilashni  talab  qiladigan  asbob-uskunalarga, 
shuningdek,  qimmat  dori  vositalari  hamda  preparatlarga  asoslanishini  biz 
juda  yaxshi  tushunamiz.  Bu  bepul  va  pullik  davolashni  oqilona 
uyg‘unlashtirgan holda olib borishni taqozo etadi. 


www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
18
Biz  tanlagan  sog‘liqni  saqlash  modeli  qanchalik  to‘g‘ri  va 
samaradorligini  hayotning  o‘zi  tasdiqlab  turibdi,  deb  aytishga  bugun 
barcha  asoslarimiz  bor.  Birgina  misol.  1991  yildan  buyon  o‘tgan  davrda 
odamlarning  o‘rtacha  umr  ko‘rishini  67  yoshdan  73  yoshga,  ayollarning 
umr ko‘rishini esa 75 yoshga uzaytirishga erishdik. 
Tajribamiz sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar 
doimiy va uzluksiz jarayon ekanidan dalolat beradi. Tibbiyot ham ilm-fan, 
ham  amaliyot  sifatida  muntazam  takomillashib  bormoqda  va  bu  bizning 
milliy sog‘liqni saqlash modelimizda o‘z ifodasini topgan. 
Shu  kunlarda  islohotlarning  yangi  bosqichi  vazifalarini  amalga 
oshirishga  kirishdik.  Bu  borada  sog‘liqni  saqlash  muassasalari  tarmog‘ini 
optimallashtirishni  nihoyasiga  yetkazish  va  ularni  eng  zamonaviy 
apparatura 
bilan 
bosqichma-bosqich 
qayta 
jihozlash 
zarur. 
Ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining  moddiy-texnik,  ilmiy  va amaliy 
bazasi  yanada  yaxshilanadi,  ular  aksiyadorlashtiriladi,  markazlarning 
tibbiyot  xodimlarini  rag‘batlantirish,  yakuniy  natijalar  uchun  ularning 
mas’uliyatini oshirish mexanizmlari joriy etiladi. 
Bu  maqsadlar  uchun  turli  manbalar  hisobidan  yaqin  yillarda  1,5 
milliard AQSH dollariga teng mablag‘lar yo‘naltiriladi va ushbu masalaga 
biz  nafaqat  aholi  farovonligi  va  salomatligini  mustahkamlashning  muhim 
omili,  balki  iqtisodiyotimizni  yuksaltirish  va  jamiyatimiz  barqaror 
taraqqiyotining muhim ko‘rsatkichlaridan biri sifatida qaramoqdamiz. 
Hurmatli simpozium ishtirokchilari! 
Bugungi  xalqaro  forum  natijalari  pirovardida  Mingyillik  rivojlanish 
maqsadlariga  erishishga  xizmat  qilishiga  ishonaman.  Zero,  har  bir  odam 
uchun  uzoq  va  sog‘lom  umr  ko‘rish  baxt-saodatning  asosiy  ko‘rsatkichi 
hisoblanadi. 
So‘zimning  yakunida  shuni  ta’kidlamoqchimanki,  sog‘liqni  saqlash 
sohasida erishgan va biz haqli ravishda faxrlanadigan barcha yutuqlarimiz 
asosida,  avvalo,  ming-minglab  tibbiyot  xodimlari  –  shifokorlar, 
hamshiralar,  olimlar  va  mutaxassislar,  o‘zining  tinimsiz  va  fidokorona 
mehnati  bilan  insonga  shifo  berish,  uning  dardiga  malham  bo‘lishni 
muqaddas  burch  deb  biladigan  barcha  olijanob  kasb  egalarining  bilimi, 
tajribasi va mahorati mujassamdir. 
Olloh  tomonidan  ato  etilgan  ikkita  kasb  bor:  bular  o‘qituvchilik  va 
shifokorlikdir.  O‘zining  olijanob  kasbiga  sodiq  shifokor  har  kuni  eng 
yaxshi insoniy fazilatlarini namoyon etib, barchamizga oliy insonparvarlik 


www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
19
maqsadlariga xolis xizmat qilishning namunasini ko‘rsatadi. 
Ushbu  yuksak  minbardan  siz  va  sizlarning  timsolingizda  mazkur 
olijanob  kasb  egalariga  o‘zimning  eng  samimiy  minnatdorligimni 
bildiraman. Sizlarga sihat-salomatlik, ishlaringizga muvaffaqiyat tilayman. 
Yana bir bor mehmondo‘st o‘zbek zaminiga xush kelibsiz, deyman. 
E’tiboringiz uchun tashakkur. 


www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
20
 

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling