Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 12-bx-s-21-guruhi 2-bosqich talabasi


Download 54.04 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi54.04 Kb.
#1411749
Bog'liq
4-mavzu, Byudjet tizimi 44

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

12-BX-S-21-guruhi 2-bosqich talabasi

Malikova DiyoraningByudjet tizimi fanidan

tayyorlagan

SLAYDI.

4-mavzu. Budjet tasnifi (klassifikatsiyasi)

Reja:

. 1. Budjet tasnifining zarurligi, mohiyati va ahamiyati.

2. Budjet tasnifining turlari: budjet daromadlari tasnifi, budjet xarajatlari tasnifi, uning guruhlanishi.

3. Budjet taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifi.

4. Budjet tizimidagi islohotlar doirasida budjet tasnifining takomillashuvi.

1.Budjet tasnifining zarurligi, mohiyati va ahamiyati.

Ozbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 18-moddasida budjet tasnifi tushunchasiga quyidagicha tarif berilgan:

Budjet tasnifi budjet tizimi budjetlarining daromadlari va xarajatlari, shuningdek Davlat budjeti taqchilligini qoplash manbalarini guruhlashdan iborat bolib, budjet tizimi budjetlarini shakllantirish, tuzish va ijro etishni tizimlashtirish uchun foydalaniladi.

Budjet tasnifi xalqaro tasnif tizimlariga muvofiq ishlab chiqiladi va Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Budjet tasnifi qaror qabul qilish tizimining muhim vositasi bolganligi sababli, unda davlatning asosiy funktsiyalaridan kelib chiqadigan davlat faoliyatining maqsadli yonalishlari aniq korsatilgan bolishi kerak.

Bu vazifani davlatning asosiy funktsiyalarini amalga oshirish bilan bogliq xarajatlarning funktsional tarkibi echadi. Umumlashgan holda bu funktsiyalar barcha mamlakatlar uchun ozgarmas va xarakterli bolib, ular qatoriga quyidagilar kiradi:

davlat boshqaruvi;

ichki va tashqi havfsizlikni taminlash;

xalqaro faoliyat;

ilmiy-texnika taraqqiyotiga komaklashuv;

ijtimoiy rivojlanish.

2. Budjet tasnifining turlari: budjet daromadlari tasnifi, budjet xarajatlari tasnifi, uning guruhlanishi.

Budjet tasnifi budjet tizimi budjetlarining daromadlari va xarajatlarini, shuningdek Davlat budjeti taqchilligini qoplash manbalarining guruhlanishi bolib, quyidagilarni oz ichiga oladi:

budjet tizimi budjetlari daromadlarining tasnifi;

budjet tizimi budjetlari xarajatlarining tasnifi;

Davlat budjeti taqchilligini qoplash manbalari tasnifi.

Budjet tasnifi budjet tizimi budjetlarini shakllantirish, tuzish hamda ijro etishni tizimlashtirish uchun foydalaniladi va u budjet malumotlari xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday malumotlari bilan qiyoslanishini taminlaydi.

Hududiy tasnif (17 21 kodlar) kelib tushayotgan daromadlarning ushbu daromadlar shakllantirilayotgan yoxud otkazib berilayotgan tegishli mamuriy-hududiy birlikka mansubligini identifikatsiyalash maqsadida qollaniladi.

Budjet tizimi budjetlari xarajatlarining tasnifi budjet tizimi budjetlari xarajatlarini kodlashdan iborat boladi hamda davlat boshqaruvi va mahalliy ozini ozi boshqarish sektori birliklari asosiy funktsiyalarini bajarishiga, ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal qilishiga budjet mablaglarini yonaltirilishini aks ettiradi.

3. Budjet taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifi.

Ozbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 24-moddasida Davlat budjeti taqchilligini qoplash manbalari tasnifiga quyidagicha tarif berilgan, Davlat budjeti taqchilligini qoplash manbalari tasnifi ularni ichki va tashqi manbalar boyicha guruhlashdan iborat.

4. Budjet tizimidagi islohotlar doirasida budjet tasnifining takomillashuvi.

Budjet amaliyotida yuz berayotgan ozgarishlar budjet ijrosining gaznachilik tizimiga otilishi, yagona budjet va hisob tizimining ishlab chiqilishi yangi budjet tasnifini ishlab chiqish va kiritishni taqozo etdi.

Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010 yil 20 avgustdagi 65-sonli buyrugi bilan (2010 yil 11 oktyabrda 2146-raqami bilan royxatga olingan) Ozbekiston Respublikasi budjet tasnifini qollash boyicha Yoriqnoma tasdiqlandi. Ushbu hujjat milliy budjet tasnifini davlat moliyasi tasnifining xalqaro standartlari bilan uygunlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan bolib, 2011 yilning 1 yanvaridan amalga kiritildi.


Download 54.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling