Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakultiteti


Download 13.1 Kb.
Sana14.10.2023
Hajmi13.1 Kb.
#1703740
Bog'liq
g


DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI
TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV FAKULTITETI
8-BH-20-GURUH TALABASI
Mengqobilov Davronning
XALQARO MOLIYAVIY HISOBOT STANDARTLARI
FANIDAN
MOLIYAVIY HISOBOTNI TАYYORLАSHNING KONSЕPTUАL АSOSLАRI
MAVZUSIDA
MUSTAQIL ISHI
REJA:



  1. “Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish” standartining mazmuni va qo’llanilishi.



  1. “Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot” standartining mazmuni va qo’llanilishi.



  1. “Valyuta kurslaridagi o’zgarishlarning ta’sirlari”

“Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish” standarti umumiy foydalanish uchun mo’ljallangan moliyaviy hisobotlarni taqdim etish asosini xo’jalik sub’ektining oldingi davrlardagi moliyaviy hisobotlari hamda boshqa xo’jalik sub’ektlarining moliyaviy hisobotlari bilan qiyosiyligini ta’minlash maqsadida belgilaydi. U moliyaviy hisobotlarni taqdim etishga nisbatan umumiy talablarni, ularning tuzilishiga oid ko’rsatmalarni hamda ularning mazmuniga doir minimal talablarni o’rnatadi.


Xo’jalik sub’ekti mazkur standartni umumiy foydalanish uchun mo’ljallangan moliyaviy hisobotlarni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MHXSlari) muvofiq tayyorlashda va taqdim etishda qo’llashi lozim. Boshqa MHXSlar muayyan operatsiyalar va boshqa hodisalarni tan olish, baholash va oshkor etish bo’yicha talablarini belgilaydi.
Moliyaviy hisobotlar - xo’jalik sub’ektining moliyaviy holati va moliyaviy natijalarining tartibga solingan holda ifodalanishidir. Moliyaviy hisobotlarning maqsadi keng ko’lamdagi foydalanuvchilar uchun iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda foydali bo’lgan xo’jalik sub’ektining moliyaviy holati, moliyaviy natijalari va pul oqimlari to’g’risidagi ma’lumotlarni ta’minlashdan iboratdir. Moliyaviy hisobotlar rahbariyat tomonidan unga ishonib topshirilgan resurslar boshqarilishining natijalarini ham aks ettiradi. Ushbu maqsadga erishish uchun, moliyaviy hisobotlar xo’jalik sub’ektiga tegishli bo’lgan quyidagi jihatlar to’g’risida ma’lumotlarni ta’minlaydi:
(a) aktivlar;
(b) majburiyatlar; (v) kapital;
(g) daromad va xarajatlar, jumladan foyda va zararlar;
(d) mulk egalari tomonidan ularning mulk egalari sifatida amal qilishidagi qilingan qo’yilmalar va ularga taqsimlanadigan summala; va
(e) pul oqimlari
Xo’jalik sub’ektining pul oqimlari to’g’risidagi axborot, moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun, xo’jalik sub’ektining pul mablag’lari va ularning ekvivalentlarini hosil qilish qobiliyatiga hamda ushbu pul oqimlaridan foydalanish ehtiyojlariga baho berish asosi sifatida foydalidir. Foydalanuvchilar tomonidan iqtisodiy qarorlar qabul qilinishi uchun, xo’jalik sub’ektining pul mablag’lari va ularning ekvivalentlarini hosil qilish qobiliyatiga hamda buning muddati va aniqligiga baho berish talab etiladi.
Xo’jalik sub’ekti pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni mazkur Standartning talablariga mos ravishda tayyorlab, moliyaviy hisobotlar taqdim etiladigan har bir davrda moliyaviy hisobotlarning ajralmas qismi sifatida takdim etishi shart.
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot davr davomidagi pul oqimlarini operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyatlar bo’yicha tasniflangan holda ko’rsatishi kerak.
Operatsion faoliyat natijasida kelib chiqadigan pul oqimlarining summasi -xo’jalik sub’ekti, moliyalashtirishning tashqi manbalariga murojat qilmasdan, o’z operatsion faoliyatidan yuzaga kelgan qarzlarini to’lash, o’zining operatsion faoliyatini yurgizish qobiliyatini saqlash, dividendlarni to’lash va yangi investitsiyalar qilish uchun yetarli bo’lgan pul oqimlarini qay darajada hosil qilganligini aks ettiruvchi asosiy ko’rsatkichdir. Operatsion faoliyatidan oldingi davrlarda kelib chiqqan pul oqimlarining alohida tarkibiy qismlari to’g’risidagi ma’lumot, boshqa ma’lumotlar bilan birgalikda, operatsion faoliyat bo’yicha hosil bo’ladigan kelgusi pul oqimlarini prognoz qilishda foydalidir.
Operatsion faoliyat bo’yicha pul oqimlari asosan xo’jalik sub’ektining asosiy daromad keltiruvchi faoliyatidan kelib chiqadi. Binobarin, ular asosan foyda yoki zararni shakllantiradigan operatsiyalar yoki boshqa hodisalar natijasida kelib chiqadi. Operatsion faoliyat natijasidagi pul oqimlariga quyidagilar kiradi:
(a) tovarlarni sotish va xizmatlarni ko’rsatishdan kelib tushgan pul mablag’lari;
(b) royalti, xizmatlar haqi, komission to’lovlar va boshqa daromadlar qo’rinishida kelib tushgan pul mablag’lari;
(v) mol etkazib beruvchilarga tovarlar va xizmatlar uchun to’lovlar; (g) hodimlarga va xodimlar nomidan to’lovlar;
(d) sug’urta tashkilotining sug’urta polislari bo’iycha mukofotlari va talablarlari, annuitetlar va boshqa sug’urta to’lovlari bo’yicha pul tushumlari va pul to’lovlari;
(e) daromad solig’i bo’yicha to’lovlar hamda soliqlarning qaytarilishi, agar ular moliyaviy yoki investitsion faoliyat bilan aniq bog’liq bo’lmasa; va
(j) vositachilik yoki oldi-sotdi maqsadlarida tuzilgan shartnomalar bo’yicha pul tushumlari va to’lovlari.
Asosiy vositani sotish kabi ayrim operatsiyalar, tan olinadigan foyda yoki zararga kiritiladigan foyda yoki zararga olib kelishi mumkin. Bunday operatsiyalarga taaluqli pul oqimlari investitsion faoliyatdan pul oqimlari bo’lib hisoblanadi. Ammo, BHXS 16 “Asosiy vositalar”da ta’kidlanishicha, ijaraga berish va keyinchalik sotish uchun mo’ljallangan aktivlarni ishlab chiqarish yoki sotib olish uchun qilinadigan to’lovlar operatsion faoliyatdan keladigan pul oqimlari sifatida xizmat qiladi. Bunday aktivlarni ijaraga berish va keyinchalik sotishdan olinadigan pul tushumlari ham operatsion faoliyatga tegishli pul oqimlaridir.
Tashkilot ikki usulda xorijdagi bo’linmalarni amalga oshirishi mumkin. U
xorijiy valyutalardagi operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin yoki u xorijdagi bo’linmaga ega bo’lishi mumkin. Shu bilan birga, tashkilot o’z moliyaviy hisobotlarini xorijiy valyutada taqdim etishi mumkin. Mazkur standartning maqsadi xorijiy valyutalardagi operatsiyalarni va xorijdagi bo’linmani qanday qilib moliyaviy hisobotlarda aks ettirishni hamda moliyaviy hisobotlarni taqdim qilish valyutasiga qanday o’tkazishni belgilashdan iboratdir.
Asosiy masalalar – qaysi valyuta kurs(lar)idan foydalanish va moliyaviy hisobotlarda valyuta kurslaridagi o’zgarishlar ta’sirlarini qanday qilib taqdim etish hisoblanadi.
Mazkur Standart quyidagi holatlarda qo’llanilishi lozim:
(a) xorijiy valyutalardagi operatsiyalarni va qoldiqlarni hisobga olishda, bunda MHXS 9 «Moliyaviy instrumentlar» ning qo’llash doirasidagi derivativ operatsiyalar va qoldiqlardan tashqari;
(b) jamlash yoki ulushi bo’yicha hisobga olish usuli orqali tashkilotning moliyaviy hisobotlarida aks ettirilgan xorijdagi bo’linmaning faoliyat natijalarini va moliyaviy holatini bir valyutadan boshqa valyutaga o’tkazishda; va
(v) tashkilotning faoliyat natijalarini va moliyaviy holatini taqdim qilish valyutasiga o’tkazishda.
Tashkilot faoliyat yuritadigan asosiy iqtisodiy muhit bo’lib odatda u asosan pul mablag’ini ishlab topadigan va xarajat qiladigan muhit hisoblanadi. Tashkilot o’zining funktsional valyutasini aniqlashda quyidagi omillarni inobatga oladi:
(a) valyuta, qaysiki:
- asosan tovarlar va xizmatlarning sotish narxlariga ta’sir qiladi (bu ko’p hollarda uning tovarlari va xizmatlarining sotish narxlari belgilanadigan va hisob-kitob qilinadigan valyuta bo’ladi); va
Download 13.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling