Denov tuman 1-son kasb hunar maktabida Ma’naviyat bo’limi, Kutubxona,Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti va o`qituvchilar hamkorligida Viloyat kasbiy ta`limni


Download 11.43 Kb.
Sana10.09.2022
Hajmi11.43 Kb.
#803704
Bog'liq
Tohir Malik Songi oq
HTML shaxmat, Laboratoriya ishi ¹1 Mavzu Union,Intersect va Minus standart so, Srmf kurs iwi Сирожиддин (2), ''Alvido bolalik'', 1-Муст. иш. МA'RUZA Ganiyev A.S. 312-21. 313-21 1-сем. 2021-2022, ЗАЯВЛЕНИЕ, Test, yangilari, yangilari, Davlatning ijtimoiy siyosati, Ko’pyoqlarning kеsilishi, ismoilova-maxfuza-14-variant, ozbek tilidagi bazi antroponimlarning lingvomadaniy tadqiqi, grammatika noun, grammatika noun

Denov tuman 1-son kasb hunar maktabida Ma’naviyat bo’limi, Kutubxona,Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti va o`qituvchilar hamkorligida Viloyat kasbiy ta`limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasining tavsiyasi asosida
Tohir Malikning ”So`ngi o`q” kitobi taqdimotining


BAYONNOMASI
2022 yil 2 aprel kuni kasb hunar maktabida Mа’nаviyat bo’limi,kutubxona, Yoshlаr ittifоqi bоshlаng’ich tаshkilоti va o’qituvchilar hаmkоrligidа Tohir Malikning ”So`ngi o`q” kitobining taqdimoti bo`lib o`tdi.Ushbu taqdimotni kasb-hunar maktabi Ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Omonxonova Gulzoda ochib berdi.O`z so`zida quydagilarni bayon etdi:
Tohir Malik 1946 yilning 27 dekabrida ziyoli oilada dunyoga keldi.Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakulteti kechki boʻlimida oʻqidi. Qurilishda duradgor, gʻisht teruvchi boʻlib ishladi. Keyinchalik hozirgi “Tong yulduzi” gazetasida adabiy xodim, boʻlim boshligʻi vazifalarida ishladi (1966).Harbiy xizmatni oʻtab qaytgach, Respublika radiosida, “Choʻlpon”, Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotlarida, “Guliston”, “Sharq yulduzi”, “Yoshlik” jurnallarida, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida xizmat qildi. 1995 yildan buyon Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida oʻzbek tilidan dars beradi.Oʻzbek adabiyotida kam eʼtibor berilgan fantastika janriga aynan talabalik yillarida qoʻl urdi; bir qator asarlari kitobxonlar eʼtiborini oʻziga tortdi. “Hikmat afandining oʻlimi” (1972) asari oʻzbek adabiyotida fantastika yoʻnalishidagi birinchi qissa sanaladi. Shu yoʻnalishdagi bir qator hikoyalari, “Falak” (1976), “Zaharli gʻubor” (1978), “Somon yoʻli elchilari” (1979), “Tiriklik suvi” (1984) qissalari, “Devona” romani (1985, dastlab “Chorrahada qolgan odamlar” nomida nashr etilgan), “Qora farishta” (2005) kitobi chop etildi; bu asarlar rus hamda boshqa xorij tillariga tarjima qilindi.Adib XX asr boshlaridagi oʻzbek ziyolilari faoliyatini oʻrganib, Abdulla Avloniy hayoti misolida “Savohil” (1987, avval “Qaldirgʻoch” nomida nashr etilgan) romanini va Mirzakalon Ismoiliy xotirasiga atab “Ozod inson haqida qoʻshiq” (2008) qissasini yozdi. Bu mavzu keyinchalik “Soʻnggi oʻq” (1990), “Ov” (1997) qissalarida davom etdi. “Soʻnggi oʻq” asosida yetti qismli telefilm yaratildi. Uning maʼnaviyat masalalariga, axloqiy qadriyatlarga bagʻishlangan “Bir koʻcha, bir kecha” (1988), “Iblis devori” (2006), “Eng kichik jinoyat” (2007) asarlari ham kitobxonlarga manzur boʻldi. “Iblis devori” asosida badiiy film suratga olindi. Adib insonning maʼnaviy-ruhiy olamini tadqiq etishga koʻp eʼtibor qaratdi. Buning samarasi oʻlaroq “Jinoyatning uzun yoʻli” (2001), “Ayovsiz ilon” (2009), “Aql va Oqil” (2010), “Kelinlar daftariga” (2010), “Tilingni asra”, “Mehmon tuygʻular” maʼrifiy asarlari hamda uch kitobdan iborat “Odamiylik mulki” (2012) asari dunyoga keldi.Tohir Malikning yana “Alvido… bolalik” (1989), 5 kitobdan iborat “Shaytanat” (1994,1995,1997,2001,2011), “Murdalar gapirmaydi” (1994), “Yomonlikdan yiroq boʻling” (2001), “Talvasa” (2007), “Tilla kalamush” (2007), “Voy, onajonim” (2009), “Sohilsiz dengiz”, “Padarkush” (2011), “Samum” (1-2 kitob, 2012–2013), “Charxpalak”, “Halovat”, “Shaytanatning jin koʻchalari”, “Nomus”, “Kuyov bola, sizga aytar soʻzim bor” (2012), 12 jildli “Tanlangan asarlar“, Munojot” (2013), “Umidlar dashti”, “Umidimiz yulduzlariga” (2014), “Poʻrtanali ummonda suzar hayot qayigʻi (1-2 kitob, 2015) kabi roman, qissa, hikoyalar, badealar kitoblari nashr etildi.Adib tarjimon sifatida “Tashnalik” (bulgʻor hikoyalari, 1980), E. Amitning “Kapalak” (1981), A. Hakimovning “Oqsoq boʻri” (roman, 1981), F. Dostoyevskiyning “Maʼsuma” (roman, 1985), V. Ikskulning “Nomus va ajal” (2010), “Nomus va qasos” (2011), K. Gotssining “Bugʻuga aylangan qirol” (pyesa, 2011), L. Tolstoyning “Sakrash” (1980) asarlarini oʻzbek tiliga oʻgirdi. Ayni paytda adibning asarlari ham arab, rus, qirgʻiz, qozoq, uygʻur tillariga tarjima qilindi.Adib qator kinossenariylar va radiopyesalar muallifi hamdir.Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik 1996 yilda “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlangan.Yozuvchi 2019 yil 16 may kuni vafot etdi.
Odatda har bir adibning nomini tilga tushirib,o`zini xalqqa tanitadigan asarlari,mashhur etadigan kitoblari bo`ladi.Odatda har bir adibdan orqada qoladigan,o`zi hayotligidayoq tanlangan asarlari sirasiga kiradigan asarlari bo`ladi.
Yozuvchi Toxir Malik qalamiga mansub bo`lmish ”So`ngi o`q” asari o`zbek kitobxonlari uchun yaqin o`tmishimizga bir nazar bo`lib,tarixiy voqealar asnosida inson ruhiyatiga qilinadigan benazir sayohat hamdir.Qismat va zamonning acchiq to`lqinlariga tashlangan qahramonning temir bardoshiga tan bermay ilojimiz yo`q.Tog`dek g`amlar ostida ham buyuk sharaf-inson bo`lib qolish darsini o`rganamiz.

Tohir Malikning ”So`ngi o`q” asari kitobxonlarda katta qiziqish o`yg`otganligi sababli, barcha o`qituvchi va muhandis-pedagoglarga ushbu kitobni o`qishni tavsiya qildi va o`z so`zini yukunladi .


YOBIB direktor o`rinbosari: S.Mаmаtаliеv
Yoshlar Ittifoqi” BT yetakchisi: J.Xidirov
Kutubxonachi: M.Usmonova
Download 11.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling