Denov tuman 1-son kasb hunar maktabida Ma’naviyat bo’limi, Kutubxona,Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti va o`quvchilar hamkorligida O`zbekistonda xizmat


Download 462.53 Kb.
Sana09.09.2022
Hajmi462.53 Kb.
#802921
Bog'liq
Yaxshi kitob-naq bayramning o`zi
Лойиҳалаш жараёнларининг асосий принциплари, 10M Farmakognoziya mustaqil ish, 10M Farmakognoziya mustaqil ish, 10M Farmakognoziya mustaqil ish, 1505399363 66879, Downloadable C23 Communication technologies for effective leadership, Операционные столы, 2 5204400795289652582, 2 5204400795289652582, 2 5204400795289652582, 2 5204400795289652582, органическая химия для студентов химиков - бак, органическая химия для студентов химиков - бак, органическая химия для студентов химиков - бак, Harbiy nizom - Vikipediya (1)

Denov tuman 1-son kasb hunar maktabida Ma’naviyat bo’limi, Kutubxona,Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti va o`quvchilar hamkorligida O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi Toshtemir Turdiyevning ”Quyosh ardog`idagi yurt” nomli to`plami taqdimotining

BAYONNOMASI
2021 yil 10 dekabr kuni kasb hunar maktabining kutubxonasida mа’nаviyat bo’limi,kutubxona, Yoshlаr ittifоqi bоshlаng’ich tаshkilоti va o’quvchi yoshlаr hаmkоrligidа O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi Toshtemir Turdiyevning ”Quyosh ardog`idagi yurt” nomli to`plamining taqdimoti bo`lib o`tdi.Ushbu taqdimotni kasb-hunar maktabi “Yoshlar Ittifoqi” BT yetakchisi J.Xidirov ochib berdi.O`z so`zida quydagilarni bayon etdi:
Pokiza va muqaddas tuyg`ular inson yuragida tug`iladi.Vatan qanchalik bebeho bo`lsa, u bilan bog`liq tuyg`ular ham shunchalik qadrlidir.Ona-yurtga bo`lgan cheksiz mehr esa uning dalalari,qir adirlari,dashtu sahrolari va odamlariga bo`lgan muhabbatdan boshlanadi.Taniqli ma`naviyat fidoyisi Toshtemir Turdiyevning ushbu to`plamidan joy olgan bitiklardan ham Vatan suvrati mujassam,tarix buhronlariga shohid bo`lgan Ona yurt siyrati bo`y ko`rsatdi,elni el qilguvcchi insonlar hayoti ko`z oldingizda gavdalanadi.Turli davrlarda qalamga olingan esse,badiha,ocherk va ko`ngil bitiklarini Ona yurtga muhabbat,ajdodlar an`anasiga sadoqat,e`tibor va ehtirom namunasi sifatida qabul qilasiz,degan umiddamiz,aziz kitobxon,deb o`z so`zini yakunladi.

Shundan so`ng kutubxona xodimi Usmonova Malohat “Yaxshi kitob-naq bayramning o`zi”
sarlavhasi ostida kitobning taqdimotini o`tkazdi va quydagi ma`lumotlarni keltirdi:
Aqlli odamlarga vaqt hamisha havas bilan qaraydi,quyosh unga haroratini,taftini berishga,gular esa uning boshi uzra hushbo`y iforlarini sochishga shoshiladi.Balki bu mubolag`a dersiz,yo`q,bu ayni haqiqat:hayot mamlakatini atigi bir marta kezib o`tar ekanmiz,safarimiz davomida “Yaratilgannimning boisini tushundimmi?”,degan savol otning jilovini tutib o`zidan nimanidir qoldirgan va insoniyatga nimanidir bergan odamga nafaqat vaqt,quyosh yoki gul mehr beradi,balki uni qoinot ham ardoqlaydi,nomini sharaflab,avlodlar e`zoziga sazovor etadi.Filologiya fanlari nomzodi,O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi a`zosi, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi Toshtemir Turdiyev hech bir istisnosiz,nafaqat Surxondaryoda,balki mamlakatimizda ana shunday mehtga loyiq olim,sevimli ustoz,hurmat-e`tiborga sazovor insonlardan biridir.Donolardan biri ham “Yaxshi kitob-naq bayramning o`zi” degan ekan,huddi shunday Toshtemir Turdiyevning kitobi chiqibdi degan xushhabarni eshitgan ziyoli borki,o`zicha bayraam qiladi,uning quvonchlari Toshkentda,Denovda uzoq kunlar kishilar qalbiga shodlik tuyg`ularini hadya etgancha kezib yuradi deb o`z so`zini yakunladi va taqdimot ishtoroqchilariga ushbu to`plamni o`qishga da`vat etdi.
YOBIB direktor o`rinbosari: S.Mаmаtаliеv
Yoshlar Ittifoqi” BT yetakchisi: J.Xidirov
Kutubxonachi: M.Usmonova
Download 462.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling