Department of public education of peshku district


Download 0.66 Mb.
Sana08.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#246530
Bog'liq
2 5336804226024606450




BUXORO VILOYATI
XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI


PESHKO’ TUMAN

XALQ TA’LIMI BO’LIMI



EDUCATIONAL ADMINSTRATION
OF BUKHARA REGION


DEPARTMENT OF PUBLIC

EDUCATION OF

PESHKU DISTRICT

Yangibozor shaharchasi, 201200,

Abu Ali ibn Sino ko‘chasi, 6-uy


Tel.: (365) 35–31–464, faks: 35-31-764,
e-mail: peshku_txtb@xtv.uz




Yangibazar county, 201200,

Abu Ali ibn Sino street 6.


Tel.: (365) 35–31–464, fax: 35–31–764,
e-mail: peshku_txtb@xtv.uz




2021 yil 2 март

№ 01- 212

2 2021 yil

Tumandagi barcha umumiy o’rta ta’lim maktablari direktorlariga.

Peshko’ tuman xalq ta’limi bo’limi Sizga, Buxoro viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2021 yil 22 fevraldagi 01-459-sonli xatiga asosan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-sonli ”Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining o’rnak ko’rsatgan xodimlarini moddiy rag’batlantirish tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi Nizomning 25-bandida Umumta’lim muassasalarining pegagog xodimlari faoliyati davomida xalqaro baholash dasturlari bo’yicha xalqaro tadqiqotlarga o’quvchilarni tayyorlab borish ishlariga munosib hissa qo’shgan pedagog xodimlarga mazkur Nizomning 21-bandida ko’rsatilgan ustamal o’rniga bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 100 foiz bo’lgan ustama haq to’lanishi belgilangan.

Mazkur bandning 2-xat boshida Har oylik bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 100 foizlik ustama haq olishga davogar pedagog xodimlar ro’yxati Ishchi guruhning qarori asosida xalqaro baxolash tadqiqotlari turkumiga kiruvchi fanlar doirasida shakllantiriladi hamda umumta’lim muassasasi direktori tomonidan tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limlariga har yili 1-martga qadar taqdim etilishi ko’rsatib o’tilgan.

Yuqoridagilarga soslanib, 100 foizlik ustama haq olishga da’vogar pedagog xodimlar to’g’risidagi ma’lumotlarni joriy yilning 10-mart kuniga qadar ta’lim sifati monitoringi bo’limi (Z.To’xtayev)ga taqdim etishingiz so’raladi.

Shuningdek, 25-bandining 7-xat boshdagi talabga ko’ra, davogar o’qituvchi dars mashg’ulotlari olib boradigan sinflarning 30 foizi xalq ta’limi bo’limining tashqi monitoring jarayonida qamrab olinishini tashkil etishingiz talab etiladi.


Ilova 1 varqda.

Peshko’ tuman ХТB mudiri: ( imzolangan ) E.Xo’jayev
Мas’ul: Z.To’xtayev

Теl +99899-753-07




Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling