Deviant xulq- atvor sotsiologiyasining mohiyati


Download 46.32 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi46.32 Kb.
#1050399
Bog'liq
Shaxs va diviant.Mustaqil ish

Deviant xulq- atvor sotsiologiyasining mohiyati

  • Reja:
  • Deviant xulq – atvor mohiyati.
  • Merton deviantsiyasi haqida.
  • Shaxs xusuaiyatlarini shakllanishi.

Normalardan og‘ish holati sotsiologiyada deviatsiya nomi bilan ataladi. Deviant xulq-atvor — jamiyatda o‘rnatilgan axloq me’yorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat, ijtimoiy hodisa bo‘lib, yolg‘onchilik, dangasalik, o‘g‘rilik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, o‘z joniga qasd qilish va boshqa ko‘plab shu kabi holatlar ushbu xulq-atvor xususiyatlari hisoblanadi. Quyidagilar deviant xulq-atvorning nisbatan kengroq tarqalgan ko‘rinishlari:jinoyatchilik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, fohishabozlik, byurokratiya, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, boqimandachilik.

Keng ma’noda deviatsiya yozilgan va yozilmagan normalarga mos kelmaydigan barcha xatti-harakatlar. Tor ma’noda esa deviatsiya faqat yozilmagan qoidalarga mos kelmaydigan harakatlar, formalnormalar- ning buzilishi esa delikvent harakatlar, deb nomlanadi. Deviant va delikvent harakatlarni qat'iy farqlash buzilgan normalar- ning xususiyatlari asosida amalga oshiriladi. Deviant xatti-harakatlar nisbiy buzilishlar sanaladi, yani yozilmagan normalarning buzilishi va ularning jamiyat tomonidan baholanishi, unga nisbatan ma'lum sanksiyalarning qo‘llanilishi. Misol uchun yoshi keksa insonga avtobusda joy bermagan yigitni faqat jamoatchilik fikri va munosabati orqali jazolash mumkin. Bunda atrofdagilar unga nisbatan pand-nasihat yoki dashnom qo‘llashlari mumkin. Delikvent harakat esa yozilgan normalarni buzilishini nazarda tutadi. Misol uchun o'g‘irlik. Buning uchun qonun tomonidan jazo belgilanadi

Sotsiologiyada devatsiyaning ko‘plab ta’riflari bor. Ulardan biri R.Merton tomonidan taklif qilingan bo‘lib, u madaniyat maqsadlari va ularga jamiyat tomonidan ma’qul bo‘lgan yetishi yo‘llari o‘rtasidagi nomuvofiqlik tufayli sodir bo‘lgan anomiya holati oqibatida yuzaga keladi. Olimning fikricha, konformistlik – yagona deviant bo‘lmagan xatti-harakat sanaladi. Konformistlar jamiyat- ning maqsad va vositalarni qabul qilib, umum tomonidan e’tirof etilgan qadiryatlar va ularga erishish uchun belgi langan vositalarga amal qiladilar, bunda ularning muvaffaqiyatga erishish yoki erishmasliklari ahamiyatga ega emas. Aholining ko‘pchiligi mana shu toifaga mansub bo‘ladi.

Merton deviatsiyaning to‘rtta mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan tipini ajratib ko'satilgan. Innovatsiya –jamiyatning maqsadlarini tan olgan holda, ushbu maqsadlarga yetishishning umum qabul qilingan yo‘llarini inkor qiladi. Innovatorlar – jamiyat qabul qilingan qadiryatlarga amal qilishda davom etadilar, biroq erishish uchun qonunga yaqin yoki noqonuniy vositalardan foydalanadilar. Reaksiyaning bunday tipi qonunga xilof harakatlar yordamida farovonlikka erishgan jinoyatchilar uchun xos. Ritualizm – jamiyatning maqsadlarini inkor qilish bilan bog‘liq bo‘lgan holat, shu bilan birgalikda ushbu maqsadlarga yetishish yo‘llariniga juda katta e’tibor qaratadi. Misolu uchun byurokrat tomonidan har bir hujjatning maksimal ravishda to‘ldirilishi, kamida ikki marta qayta tekshirilishi kerakligining so‘ralishi. Ammo mazkur ishlarning bari nima maqsadda amalga oshirilayotgani esdan chiqariladi. «Ritualizim » - ular amal qilinayotgan qadriyatlar o‘z mazmunini yo‘qotgan bo‘lsa ham, ulardan chetga chiqmaydigan odamlar.

Retretizm – haqiqatdan qochish, jamiyat tomonidan tan olingan maqsadlar va ularga yetishish yo‘llarini inkor qilish. «Retriatislar» - raqobatchi dunyoqarashni rad etadiganlar, ayni paytda qabul qilingan qadriyatlar va ularga erishish vositalarni ham rad etadigan ofamlar. Misol tariqasida xo‘jalik hisobidagi mustaqil namunalarni keltirish mumkin. Ularga giyohvandlar, uysizlar ham kiradi. Isyon – jamiyatning maqsad va maqsadga yetishish yo‘llarini inkor qilish bilan ularning o‘rniga yangi maqsad va yo‘llarni o‘rnatishga harakat qilish. Misol uchun bolsheviklar kapitalizmning, xususiy mulkning yakun topishini va uning o‘rnini sotsializm egallashini istagan. Evolyusion yo‘lni inkor qilib, inqilobni yoqlashgan

Shaxs xususiyatlarining shakllanishida asosan uchta omil muhim ahamiyat kasb etadi, bular: 1) irsiy omillar; 2) psixo-fiziologik omillar; 3) shaxsning bilim darajasi. Shuningdek, ijtimoiy og‘ishlarning yuz berishiga shaxsning qat’iyatli yoki qat’iyatsizligi, qoidalarga bo‘ysunish yoki bo‘ysunmaslik odatlari, biron-bir qarorga kela olish imkoniyati, tashqi ta’sirga qanchalik berilishi, irodasi va boshqa shu kabi psixofiziologik holatlari, mijozi ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lumki, deviant xolatlarini Z.Freyd va uning shogirtlari A.Adler,K.Yung,E.Frommlar psixologik nuqtai nazardan chuqur o‘rganib chiqishgan


Download 46.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling