ДИҚҚат каналга қўйиш Гуруппаларга тарқатиш таъқИҚланади


Download 0.52 Mb.
Sana21.11.2020
Hajmi0.52 Mb.
#149772
Bog'liq
10-11-sinf ona tili ish reja va konspekti 34 SOAT


2020-2021 o’quv yili 10-11-sinf ona tili fanidan 34 soatlik to’garak ish reja va konspektini asl holida olish uchun murojaat qiling:

To’garak narxi: 15 ming so’m

Biz bilan bog’lanish:

Telegram kanalimiz:



k
ДИҚҚАТ

Каналга қўйиш

Гуруппаларга тарқатиш ТАЪҚИҚЛАНАДИ.

Муаллифлик ҳуқуқи ҳимояланган
anal
@Maktablar_uchun_hujjatlar yoki




Admin @muloqatlarbot
Admin



Зокиржон 90-530-68-66

To’lov uchun: *880*8600 0201 3048 8724*summa#

tasdiqlayman”

MMIBDO_____________________________________

2020-2021 oquv yili uchun tuzilgan “Ona tilim” togaragining

ISH REJASI



Yillik ish reja mavzulari

Soat

Sana

Izoh

1

MILLIY TIL VA ADABIY TIL.










2

NUTQIY USLUBLAR VA TIL VOSITALARI










3

NUTQIY USLUBLARNING TURLARI.










4

NUTQIY USLUBLARNING TURLARI.










5

NUTQIY USLUBLAR VA USLUBIY BO‘YOQ










6

SHEVAGA OID BIRLIKLAR VA ESKIRGAN SO‘ZLAR USLUBIYATI










7

TERMINLAR, KASB-HUNAR LEKSIKASI VA IBORALAR USLUBIYATI











8

MORFOLOGIK VOSITALARNI NUTQIY USLUBLARDA QO‘LLASH










9

SUBYEKTIV BAHO IFODALOVCHI QO‘SHIMCHALAR USLUBIYATI











10

ZAMON QO‘SHIMCHALARI USLUBIYATI











11

SHAXS-SON QO‘SHIMCHALARI USLUBIYATI











12

INKOR IFODALOVCHI MORFOLOGIK VOSITALAR USLUBIYATI










13

SINTAKTIK VOSITALARNI NUTQIY USLUBLARDA QO‘LLASH.GAPDA SO‘Z TARTIBI USLUBIYATI











14

QO‘SHMA GAPLAR USLUBIYATI











15

KO‘CHIRMA VA O‘ZLASHTIRMA GAPLAR USLUBIYATI











16

MATN VA IQTIBOS











17

ISH QOG‘OZLARI USTIDA ISHLASH











18

O‘ZBEK TILI VА UNING TARAQQIYOTI










19

MADANIY NUTQ VA UNI SHAKLLANTIRUVCHI ASOSIY SIFATLAR











20

LEKSIK ME’YORLAR










21

NUTQNING ANIQLIGI VA BADIIY NUTQ











22

MANTIQIYLIK VA GRAMMATIК VOSITALAR










23

MANTIQIYLIK VA MATN KOMPOZITSIYASI











24

NUTQNING SOFLIGI VA BADIIY NUTQ











25

NUTQNING BOYLIGINI TA’MINLOVCHI VOSITALAR










26

NUTQNING JO‘YALILIGI











27

JO‘YALILIK VA USLUBLAR










28

NUTQNING IFODALILIGI










29

IFODALILILIK VA IBORA










30

IFODALILILIK VA KO`CHIM











31

IFODALILIK VA KINOYA










32

IFODALILIK VA O`XSHATISHLAR










33

NUTQ MADANIYATI VA NUTQ TEXNIKASI










34

NUTQ TEXNIKASIDA URG`U VA TO`XTAM











Sana ___ ______”_________-yil ONA TILI fani .
Mavzu: MILLIY TIL VA ADABIY TIL.

I. Mashg’ulotning maqsadi:

-O`quvchilarga fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish;o`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish;mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish.



O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:

Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:B1:

mavjud axborot manbalarini (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar (audio-video yozuv) va boshq.) o‘quv maqsadlari doirasida izlab topa olish, saralash, qayta ishlash va foydalana olish, xulosa chiqarish va o‘z faoliyatida qo‘llash; media-madaniyatga rioya qilish;

O‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi:B1:

bilimlarini mustaqil ravishda oshirib borish, kundalik faoliyatda til qoidalariga amal qilish hamda nutqiy jarayonda egallagan bilimlarni to‘g‘ri qo‘llash;

o‘z xatti-harakati, fikr-mulohazalariga tanqidiy yondasha olish, o‘zini nazorat qila bilish, og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera bilish.

Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:B1:

ona tili fanining rivojlanish tarixi, uning taraqqiyot qonuniyatlaridan xabardor bo‘lish.

II. Mashg’ulotning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.

III. Mashg’ulotning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

IV. Mashg’ulotning jihozi: Mashg’ulotlik ,ko’rgazmali qurollar.

V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran.

VII. Mashg’ulot uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa:

Mashg’ulotning texnik chizmasi:


Mashg’ulot bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.

daqiqa

Yangi mavzuni boshlashga hozirlik

daqiqa

Yangi mavzuni yoritish

daqiqa

Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish

daqiqa

Mashg’ulotni yakunlash

daqiqa

Uyga beriladigan topshiriqlar

daqiqa



VIII. Mashg’ulotning borishi (reja):

1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash

c)mashg’ulotga tayyorgarlik ko`rish va mashg’ulot rejasi.

2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.

IX. O’tilgan mavzuni takrorlash

X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:

1-topshiriq. Quyida berilgan fikrga munosabat bildiring. Til sofligining adabiy tilga qanday aloqasi bor? Shu haqda fikrlashing.Tilimizning sofligi haqida qayg‘urish shu millatga mansublikdan, shu

muqaddas timsolga daxldorlikdan iftixor qiladigan har bir kishining burchi. Nafaqat mutaxassis, balki kasb-u koridan qat’i nazar, yurtning har bir fidoyi farzandi tilga e’tiborni yoddan chiqarmasligi zarur. Ona tili bu – millatning ruhidir. (N. Mahmudov)2-topshiriq. Berilgan matnni o‘qing. O‘zbek milliy tili va o‘zbek adabiy tili o‘rtasidagi munosabat haqidagi fikrlaringizni bayon

qil ishga harakat qiling.O‘zbek tili qadim tarixga va o‘zining betakror yozma an’analariga ega

bo‘lgan nufuzli tillardan biridir. O‘zbek tilida so‘zlashuvchilarning soni yer yuzida 35 milliondan ortiq kishini tashkil etadi. Shundan 25 milliondan ortig‘i O‘zbekistonda istiqomat qiladi.E’tibor bersangiz, o‘zbek tilida so‘zlashuvchi kishilarning nutqida hududiy farqlar ko‘zga tashlanadi. Masalan, Toshkent shevasida borovuza, ketvomman, Farg‘ona shevalarida shatta, qatta, qipchoq shevalarida juring, chig‘ing, ata, Xorazm shevasida galing, gerak, aytajakman, Buxoro shevasida ketopman, aytopman kabi so‘z shakllariga duch kelinadi, ayrim hududlarda, aytaylik, narvonni shoti desa, boshqa hududda zangi deyishadi. Shu tilda so‘zlashuvchi turli kasb egalari, turli ijtimoiy guruh vakillari nutqida ham ana shunday farql i holatl ar kuzatiladi. Ayrim so‘z va so‘z shakllari eskirib, nutqdan umuman chiqib ketishi ham mumkin. Shuningdek, so‘zlashuv nutqida ham ba’zi hududiy o‘ziga xosliklar ko‘zga tashlanadi. Ammo bunday va bu kabi unsurlar yaxlit o‘zbek milliy tilining tarkibida, uning doirasida bo‘ladi. O‘zbek milliy tili esa hududiy, iqtisodiy va ruhiya’naviy mushtaraklik omili, azaliy milliy o‘zlik va qadriyatlarning posboni sifatida o‘zbek millati shakllanishining asosini tashkil etadi. O‘zbek milliy tili, ayniqsa, o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalarida o‘zining tabiiy ifodasini topgan.

Milliy til hamisha rivojlanib, boyib, takomillashib boradi, milliy tilning eng rivojlangan, takomillashgan va me’yorlashgan oliy shakli adabiy tildir. Adabiy til millatni yanada birlashtiradigan, jipslashtiradigan, muhimi, uning ma’naviy-ma’rifiy kamoloti hamda nufuzining barqarorligiga xizmat qiladigan qudratli vosita vazifasini bajaradi. Adabiy tilning shakllanishi g‘oyat uzoq va murakkab tarixiy-tadrijiy jarayon bo‘lib, u xalq adabiy-badiiy, aqliy-ilmiy tafakkuri mahsulidir. O‘zbek adabiy tilining asoslari benazir va buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy tomonidan qo‘yilgan. O‘zbek adabiy tili so‘z boyligining ko‘payib borishida va me’yorlarining barqarorlashuvida mahoratli so‘z ustalarining xizmatlari beqiyos.


XI.Yangi mavzuni mustahkamlash:

1. Fanning metodologik poydevorini, nima tashkil etadi?

2. Fanning maqsadini ta’riflab bering.

XII.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish

XIII.Foydalanilgan adabiyotlar: ONA TILI darsligi, qo`shimcha adabiyotlar.

MAKTAB MMIBDO’___________ ______________________ SANA______ _______ 20__YIL
Sana ___ ______”_________-yil ONA TILI fani .
2-Mavzu: NUTQIY USLUBLAR VA TIL VOSITALARI

I. Mashg’ulotning maqsadi:

-O`quvchilarga fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish.O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish.Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish.



O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:

Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:B1:

mavjud axborot manbalarini (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar (audio-video yozuv) va boshq.) o‘quv maqsadlari doirasida izlab topa olish, saralash, qayta ishlash va foydalana olish, xulosa chiqarish va o‘z faoliyatida qo‘llash; media-madaniyatga rioya qilish;

O‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi:B1:

shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni hayotiy-ma’naviy ehtiyojga aylantirish.

o‘z xatti-harakati, fikr-mulohazalariga tanqidiy yondasha olish, o‘zini nazorat qila bilish, og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera bilish.

Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:B1:

ona tili fanining rivojlanish tarixi, uning taraqqiyot qonuniyatlaridan xabardor bo‘lish.

II. Mashg’ulotning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.

III. Mashg’ulotning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

IV. Mashg’ulotning jihozi: Mashg’ulotlik ,ko’rgazmali qurollar.

V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran.

VII. Mashg’ulot uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa:

Mashg’ulotning texnik chizmasi:


Mashg’ulot bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.

daqiqa

Yangi mavzuni boshlashga hozirlik

daqiqa

Yangi mavzuni yoritish

daqiqa

Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish

daqiqa

Mashg’ulotni yakunlash

daqiqa

Uyga beriladigan topshiriqlar

daqiqa



VIII. Mashg’ulotning borishi (reja):

1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash

c)mashg’ulotgatayyorgarlik ko`rish va mashg’ulot rejasi.

2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.

IX. O’tilgan mavzuni takrorlash

X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:

1-topshiriq. Matnni o‘qing va uni qayta hikoya qilib bering. O‘rtadagi farqlarni aniqlab, tushuntiring. Go‘dakning tili chiqqanda, ilk aytgan so‘zi «ona» bo‘ladi. Xalqimiz bu mo‘tabar kalomga uyqash tarzda «Vatan» so‘zini bog‘lab aytadi: «Ona Vatan». Millatmiz tili ham bizda shunday yuksak mehr va e’zoz bilan ifodalanadi: «Ona tilim». Istiqlol bizga ona tilimizni o‘zining butun boyliklari bilan qaytarib berdi, ezilgan mavqe va martabasini tikladi. Millat birligi va birdamligi timsoli bo‘lmish tilimizning ravnaqi uchun keng imkoniyatlar eshigini ochdi.

(A. Abduazizov)

2-topshiriq. Berilgan matndagi ilmiy uslubga xoslangan birliklarni aniqlang va ularni izohlashga harakat qiling.

Mamlakatimizdagi joy nomlari – toponimlarni to‘plash, ularning rivojlanish va o‘zgarish tamoyillarini aniqlash, nomlarning muhim leksik-semantik, grammatik xususiyatlarini yorit ish, ularning kelib chiqishini o‘rganish va har bir hudud bo‘yicha toponimik lug‘atlar tuzish ma’naviyatimiz va azaliy qadriyatlarimiz tiklanayotgan hozirgi paytda alohida ahamiyat kasb

etmoqda. Chunki toponimlar ko‘p ming yillik tariximizning «tilsiz» guvohlaridir. (S. G‘aybullayev)

Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, demakki, nutqiy uslublarning hammasida erkin qo‘llanadigan til birliklari mavjud. Ular uslub nuqtayi nazaridan betaraf, ya’ni biron-bir uslubga xoslanmagan vositalar hisoblanadi va ular tilda juda katta qismni tashkil etadi. Masalan, ishlamoq, o‘qimoq, yurmoq, kitob, uy, suv, katta, kichik, kun kabi leksik birliklar va boshqalar. Ular barcha uslublarning umumiy unsurlari sanaladi.Ayni paytda tilda bir qancha vositalar borki, ular ko‘proq muayyan bir uslubga xoslangan bo‘ladi, asosan, shu uslubda qo‘llanadi, hatto tegishli uslubning o‘ziga xos belgisi sifatida xizmat qiladi. Masalan, ilmiy matnda terminlar va boshqa vositalar.

So‘zlovchi (yozuvchi) matn tuzar ekan, ana shu uslubiy vositalarni, ularning qaysi uslubga daxldor ekanligini yaxshi bilishi lozim.Nutqning og‘zaki va yozma shakllari ham ana shunday xoslangan

til vositalariga ega. Masalan, muayyan tasvirda yuqorida, quyida kabi so‘z shakllari ko‘proq yozma nutqqa xos, shuning uchun og‘zaki nutqda, aytaylik, majlisda yuqorida aytilgan fikrlarga qo‘shilaman tarzidagi ifoda juda g‘aliz.

«O‘zbek tilining izohli lug‘ati»dan olingan quyidagi so‘zlarning izohlariga diqqat qiling. Mazkur so‘zlarning qaysi davrlarda va kimlar tomonidan qo‘llangani haqida gapirib bering.YOG‘IY Dushman, g‘anim.ISNOD Uyatga yoki ta’naga qoldiradigan, nomiga dog‘ tushiradigan

ish, shunday ishdan keladigan uyatli holat. MURID Pir yoki eshon (murshid)ga qo‘l berib, so‘fiylik yo‘liga kirgan shaxs.

MURSHID Tariqat odoblaridan saboq beruvchi pir, shayx va ustoz.SHAYX Islom dini tarqalgan mamlakatlarda, avvalo, bilimd on kishilarga, so‘ngra ulamo va faqihlarga berilgan nom; keyinchalik muqaddas joylarning mutasaddilari ham shayx deb yuritilgan.XONAQOH 1. Masjidning namoz o‘qiladigan, odatda keng va katta xonasi. 2. So‘fiylar mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan katta xona va uning atrofidagi hujralar. G‘O‘CH (shevada) Mard, botir.


XI.Yangi mavzuni mustahkamlash:

1. Fanning metodologik poydevorini, nima tashkil etadi?

2. Fanning maqsadini ta’riflab bering.

XII.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish

XIII.Foydalanilgan adabiyotlar: ONA TILI darsligi, qo’shimchaadabiyotlar.


MAKTAB MMIBDO’___________ ______________________ SANA______ _______ 20__YIL
Sana ___ ______”_________-yil ONA TILI fani .
3- Mavzu: NUTQIY USLUBLARNING TURLARI. SO‘ZLASHUV USLUBI

I. Mashg’ulotning maqsadi:

-O`quvchilarga – fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish.O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish.Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish.



O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:

Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:B1:

mavjud axborot manbalarini (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar (audio-video yozuv) va boshq.) o‘quv maqsadlari doirasida izlab topa olish, saralash, qayta ishlash va foydalana olish, xulosa chiqarish va o‘z faoliyatida qo‘llash; media-madaniyatga rioya qilish;

O‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi:B1:

bilimlarini mustaqil ravishda oshirib borish, kundalik faoliyatda til qoidalariga amal qilish hamda nutqiy jarayonda egallagan bilimlarni to‘g‘ri qo‘llash;

shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni hayotiy-ma’naviy ehtiyojga aylantirish.

o‘z xatti-harakati, fikr-mulohazalariga tanqidiy yondasha olish, o‘zini nazorat qila bilish, og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera bilish.

Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:B1:

ona tili fanining rivojlanish tarixi, uning taraqqiyot qonuniyatlaridan xabardor bo‘lish.

II. Mashg’ulotning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.

III. Mashg’ulotning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

IV. Mashg’ulotning jihozi: Mashg’ulotlik ,ko’rgazmali qurollar.

V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran.

VII. Mashg’ulot uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa:

Mashg’ulotning texnik chizmasi:


Mashg’ulot bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.

daqiqa

Yangi mavzuni boshlashga hozirlik

daqiqa

Yangi mavzuni yoritish

daqiqa

Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish

daqiqa

Mashg’ulotni yakunlash

daqiqa

Uyga beriladigan topshiriqlar

daqiqa



VIII. Mashg’ulotning borishi (reja):

1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash

c)mashg’ulotgatayyorgarlik ko`rish va mashg’ulot rejasi.

2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.

IX. O’tilgan mavzuni takrorlash

X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:

1-topshiriq. Jiyan, o‘rgilay, girgitton, qoyil, anavi, haligi, baraka topkur, mullaka, churq etmaslik, miyasi g‘ovlab ketdi kabi so‘z va iboralar ishtirokida gaplar tuzing. Bu birliklarning

qaysi yoshd agi kishilar nutqida va qanday vaziyatda ishlatilishini ayting. 2-topshiriq. Berilgan gaplardagi so‘z tartibi va so‘zlarning qo‘llanishiga e’tibor bering. Ularning qaysi uslubga oidligini ayting.1. Qani, shirchoy sovimasin. Patirni qaynoqligida to‘g‘r anglar, mazasi boshqacha bo‘ladi. (Said Ahmad) 2. Voy, men o‘lay seni tanimay! (O‘. Umarbekov) 3. Yo‘q, yo‘q, ko‘taring! Tez kasalxonaga oborish kerak buni! – dedi ikkinc hisi. (O. Yoqu bov) 4. Hoy, menga qara, o‘zini ko‘rding mi? – qichqirdi oshga sabzi bosayotgan Hojar buvi. (O‘. Umar bekov) 5 . Ukang mi bu hali? (Erkin A’zam)

Muloqotning turli vaziyatlari hamda turli nutqiy uslublarda nutqning og‘zaki va yozma shakliga aloqadorlik turlichadir. Siz bilasizki, nutqiy uslublarning so‘zlashuv, publitsistik, badiiy, ilmiy va rasmiy kabi asosiy turlari mavjud. Ular orasida so‘zlashuv uslubi, asosan, og‘zaki nutq shaklida namoyon bo‘ladi. Bu uslub ayni shu jihati bilan ham boshqa uslublardan farq qiladi. So‘zlashuv uslubining adabiy so‘zlashuv turi ham, oddiy so‘zlashuv turi ham og‘zaki shaklda voqelanadi. Bunda adabiy so‘zlashuv uslubi kundalik aloqa-aralashuvda yetakchilik qilishini unut maslik lozim.

OVOZ, tovush, un, sado, sas, nido, sazo. Eshitish sezgisini uyg‘otuvchi, eshitish a’zolari orqali qabul qilinuvchi, eshitiluvchi narsa.Ovoz, asosan, odam va jonli narsalar tovushini ifodalash uchun qo‘llanadi. Tovush odam va boshqa jonli narsalar ovozini, shuningdek, jonsiz predmetlarning urilishi, ishqalanishi va boshqa holatidan paydo bo‘lgan ovozni ifodalash uchun ham qo‘llanadi.. Un faqat odam ovozini bildiradi va ovoz so‘ziga nisbatan juda kam qo‘llanaveradi. Sado jonli va jonsiz

narsalarning tovushini bildiradi, lekin tovush so‘ziga nisbatan kam qo‘llanadi. Sas shevaga oid so‘z bo‘lib, badiiy adabiyotda, ayniqsa, poeziyada kishi ovozi ma’nosida qo‘llanadi. Nido kitobiy. Sado juda kam qo‘llanadi.



XI.Yangi mavzuni mustahkamlash:

1. Fanning metodologik poydevorini, nima tashkil etadi?



2. Fanning maqsadini ta’riflab bering.

XII.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish

XIII.Foydalanilgan adabiyotlar: ONA TILI darsligi, qo’shimcha adabiyotlar.


MAKTAB MMIBDO’___________ ______________________ SANA______ _______ 20__YIL
Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling