Didaktikaning predmeti va uning vazifalari
Download 460.02 Kb. Pdf ko'rish
|
innovatsiya 5
Zarnigor Hikmatova, 3-Лекция, Elektrodinamika (216)o'zbek, Yerimiz Vujudimiz, Tyutorlarga savollar javobi, Кувасой дислокатция, lu ldu, Esonaliyev Ziyomuhammad, 1111, matematika oqitish metodikasi fanidan amaliy topshiriq, fan kechasi senariysi, ona tili oʻqitish metodikasi, molekulyar 1-, Презентация (1)
DIDAKTIKANING PREDMETI VA UNING VAZIFALARI REJA: 1. Didaktikaning asosiy kategoriyalari 2. O‘qitishning jarayoni. O‘qitish jarayonining mohiyati 3. Hozirgi o‘qitish jarayoniga qo‘yiladigan talablar 4. O‘qitish jarayoniga noan’anaviy yondashish 5. O‘quvchi bilimini tekshirish va baholash Didaktikaning predmeti ta’lim-tarbiya muassasasi sharoitida muallimning rahbarligi ostida amalga oshadigan o‘quv jarayonidir. Didaktikada ana shu jarayonning qonuniyatlari tadqiq qilinadi, har xil tipdagi ta’lim-tarbiya muassasalarida u yoki bu darajada beriladigan ta’lim mazmunini belgilashning ilmiy asoslari, o‘qitish vositalari va metodlarining samaradorligini oshirish yo‘llari hamda ta’limning tashkiliy shakllari ishlab chiqiladi. Didaktika pedagogikaning ta’lim va o‘qitish nazariyasini ishlab chiqadigan tarmog‘idir. Didaktika yunoncha ≪didaktikos≫ so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, o‘qitish, o‘rganish ma’nosini bildiradi. Yaqin va O‘rta Sharqda Xorazmiy, Kindiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyom kabi mutafakkirlar ilmiy didaktikaga asos solgan bo‘Isalar, Amos Komenskiy, shveysariyalik pedagog I. G. Pestalossi, nemis pedagogi A. Disterveglar Yevropada didaktikaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdilar. Xorazmiy, Kindiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyom, Tusiy va ularning izdoshlari qarashlarining muhim xususiyati shundan iborat ediki, mazkur olimlar doimo predmetning qiyofasi inson ongida mavhumlashuvi jarayoniga mana shu predmetning mohiyati va o‘ziga xosligini tushunish sodir bo‘lishi hamda shakllanishiga e’tibor berganlar. Ular bilishning predmeti va manbalariga, bilish jarayoni qanday bosqichlardan tarkib topishiga, bilish faoliyati bilan amaliy faoliyat o‘rtasidagi munosabatlarga qiziqqanlar. Xorazmiy shaxsning uzluksiz kamol topishi nazariyasini rivojlantirish borasida muhim xizmat qildi, induktiv va deduktiv tafakkurdagi alohidalik hamda umumiylikning birligi prinsipini muayyanlashtirdi. Kindiy substansiyani barcha ilmiy bilimlaming bosh predmeti sifatida ko‘rib chiqishda, eng avvalo, miqdor va sifatni hissiy idrok etish zarurligini tasdiqladi. Kimki miqdor va sifatni bilmasa, u substansiyani bilishdan ham mahrumligini uqtirdi. Olim o‘zining didaktik g‘oyalarida hissiy va ratsional bilishni ifodaladi. Hissiy bilish - yakka narsalarni bilishdan iborat bo‘lsa, oqilona bilish - umumiy narsalarni bilish ekanini ta ’kidladi. Uning fikricha, hissiy bilish faqat aql uchun material beradi. Sabablar haqiqatni bilishda va o ‘zining ana shu haqiqatga muvofiq xattiharakatlarini anglashda insonning aqliga ko‘maklashadi. ≪Haqiqat, - deb yozgan edi Kindiy, - har qanday narsani va uning barqarorligini bilishning sababidir, binobarin, hayotdagi mavjud hamma narsa haqiqiyligi bilan mavjuddir. Haqiqatni bilish zarur va shunga ko‘ra mavjud narsalarni bilish mumkin ≫ 1. Forobiy o‘qitish metodlarining tasnifini ishlab chiqqan. Ularni amaliy va nazariy metodlarga ajratgan, shu tariqa o‘qitishning amaliy yo‘nalishi va kishilarning hayoti hamda kundalik faoliyati bilan bog‘liqligi g‘oyalarini olg‘a surgan. Olim o‘qitishning tajriba ko‘rsatmali, induktiv va deduktiv, amaliy metodlariga alohida e’tibor bergan. Barcha metodlami o‘quvchining hayotiy tajribasiga, mantiqiy tafakkuriga tayangan holda birlashtirgan. O‘quv jarayonini tashkil etishga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqishda deduktiv metodni ustun qo‘yib, o‘quvchilarga materialni tushuntirishda nimalarga alohida e’tibor berish haqida, eng muhim narsalarni fanga ishonchli bilimlar beradigan va shubhalantirmaydigan dalillar bilan yoritish va hokazolar bo‘yicha o ‘qituvchilar uchun qimmatli tavsiyalarini bayon qilgan 2. Forobiy matematika fani misollari asosida o‘qitishning ilmiylik, ko‘rsatmalilik, tushunarlilik va izchillik prinsiplarini ishlab chiqqan. Bilish jarayoni va fandagi bilim shakllarining mohiyatini yoritgan. Uning fikricha, ana shu jarayonlar qonunlar sifatida shakllanadi va ularga rioya qilish fikrlashni takomillashtiradi hamda murakkab bilish jarayonida qo‘pol xatolarning oldini oladi. Bilish jarayoni fikrlash mantiqi orqali amalga oshadi. Mantiq obyektni anglashga qaratilgan va aql yetadigan mohiyatlar tahlil etiladigan fikrlash jarayonining to‘g‘riligini belgilashga xizmat qiladi. Mantiq quroldir va u narsalarni aniq bilishga yordam beradi. Forobiy bilish faoliyatini tashkil etish masalalari bo‘yicha ham anchagina mufassal tavsiyalarni ishlab chiqqan. Uning yozishicha, yaxshi nazariyotchi bo‘lish uchun nazariya qaysi fanga taalluqli bo‘lsa- da, quyidagi uchta shartga rioya qilishi shart: 1. Mazkur fan asosidagi hamma prinsiplarni to‘liq bilish. 2. Mana shu prinsiplardan va mazkur fanga doir ma’lumotlardan tegishli xulosalar chiqara bilish. 3. Noto‘g‘ri nazariyani rad eta bilish va haqiqatni yolg‘ondan farqlash, xatolarni to‘g‘rilash uchun boshqa mualliflarning fikrlarini tahlil qila bilish. Borliqning aks etishi sifatidagi hissiy bilish muammosi va eng asosiy masala - bilishning manbalari masalasi doimo Beruniy nazariy bilish faoliyatining diqqat markazida turdi. Olim bilishning nazariy asosini cheksiz va uzluksiz jarayon sifatida tahlil va talqin qildi. U o‘zidan oldingi olimlar ishlab chiqqan bilishning ilmiy metodlarini rivojlantirib, didaktik yo‘sinda muhim xulosalar chiqardi: < foydalidir. Binobarin, ana shu tariqa ta’lim oluvchi malaka hosil qiladi va mazkur san’at ahli ishlatadigan so‘zlarni o‘rganadi, bu so‘zlarning ma’nosini anglaydi. Keyinchalik astronomiya fanidagi turli sabablar va isbotlarni o‘rganishda ana shunday so‘zlar uchrasa, ularni bemalol tushunib boraveradi va u yoki bu narsalarni o‘zlashtirishda charchamaydi ≫ Beruniy ta’kidlaganidek, o‘qitish izchil, ko‘rsatmali, maqsadga muvofiq bo‘lishi va ma’lum tizimda olib borilishi lozim. Binobarin, ko‘rsatmalilik ta’limning tushunarliroq, muayyanroq va qiziqarliroq bo‘lishini ta’minlaydi, tafakkurni rivojlantiradi. Ibn Sinoning bilim orqali erishiladigan natijalari haqidagi ta’limoti o‘qitish nazariyasida alohida o‘rin egalladi. Uning fikricha, buyumlami chinakam bilishga tashqi ko‘rinishini tahlil qilish, sabablarini aniqlash asosida aql bilan erishiladi. Ibn Sino aqlning rivojlanish bosqichlarini ishlab chiqqan. Mushohada bilan idrok qilishning birinchi bosqichi aqliy kategoriyalarni tushuntirishdir. Ikkinchi bosqich ikki xil fikrni idrok etishdir. Aqliy rivojlanishning uchinchi bosqichiga o‘zlashtirilgan fikrlarni idrok etish bilan erishiladi. Shunda uni haqiqiy aql deyiladi. Olim aqliy faoliyatni bosqichlarga bo‘lar ekan, birinchi bosqichda yodlay oladigan, lekin hali harflarni ham, siyoh va qalamni ham bilmaydigan bolaning aqlini nazarda tutgan; ikkinchi bosqichda tayoqchalarni chiza boshlagan, qalamdan foydalanishni o‘rganayotgan bolaning aqli tasavvur qilinadi; uchinchi bosqichda inson aqliy shakllarni va ularga muvofiq hissiy obrazlarni egallagan bo‘ladi. Ibn Sino aql deganda insonning tug‘ma iste’dodini, shuningdek, tajriba asosida va bilish jarayonida shakllanadigan fikrlash qobiliyatini tushunadi. Aqlni insonning birlamchi tug‘ma sog‘lom fikrlashi, yaxshi va yomon ishlarni vujudga keltiradigan, ularni farq-lantiradigan kuch, deb ta’riflaydi. Aql insonning xatti-harakatlarida namoyon bo‘ladi. Inson aql yordamida narsalar va hodisalami tahlil qiladi, umumlashtiradi hamda ularning eng yaxshilarini tanlaydi, deb uqtiradi. Shuningdek, aqlni ikki kategoriyaga ajratadi. Ularning biri - nazariy aql bo‘lib, borliqdagi umumiy narsalaming mohiyatini idrok etishdir, ikkinchisi esa amaliy aql bo‘lib, buyumlarni tanlashda turtki sifatida ko‘rinadigan qobiliyatdir. Abdulla Avloniy o‘zining barcha tadqiqotlarida ilm muammosini birinchi o‘ringa qo‘ygan. ≪Alhosil, - deb yozgan edi u, - butun hayotimiz, salomatligimiz, saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, himmatimiz, g‘ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilm bilan bog‘liqdur... Shuning uchun o‘qimak, bilmak zamonlarini qo‘ldan bermay, vujudimizning dushmani bo‘lgan jaholatdan qutulmakka jonimiz boricha sa’y qilmagimiz lozimdur ≫A.Avloniy, ilm tarbiya jarayonida o‘zlashtiriladi va u yaxshini yomondan, ezgulikni yovuzlikdan, joizni nojoizdan farqlash imkonini beradi, deb hisoblaydi. U tarbiya bilan ta’limning birligi muammosini ishlab chiqdi. Garchi Avloniy ta’lim bilan tarbiya o‘rtasida ozgina farq borligini aytgan bo‘lsa ham, ular tana va jon singari bir-biriga chambarchas bog‘liqdir, deydi. Hamza Hakimzoda Niyoziy I sinf uchun ≪Yengil adabiyot≫, П sinf uchun ≪ O‘qish kitobi≫ va ≪Qiroat kitobi≫ kabi darsliklar yozgan. Ammo mazkur darsliklar qo‘lyozmaligicha qolib ketdi. O‘sha paytlarda nashr etish imkoni bo‘lmagan. Hamza Hakimzoda o‘z tadqiqotlarida tovushli savod o‘rgatish metodini ishlab chiqqan. Uning tadqiqotidagi asosiy g‘oya o‘qitish va tarbiyalashga kompleks yondashish, yoshlarning aqliy, axloqiy va estetik tarbiyasini o‘zaro bog‘liq holda amalga oshirishdan iborat edi. Yuqoridagi asarlarning nomlaridan va pedagogik fikrlardan ayon bo‘ladiki, mazkur mualliflar didaktikaga o‘qitish san’ati sifatida, shuningdek, o‘ziga xos amaliy ko‘nikma sifatida qaraganlar. Didaktika tushunchasini Yan Amos Komenskiy ham ana shu yo‘sinda sharhlagan. Uning bu boradagi fikr-mulohazalari 1657-yilda nashr etilgan ≪Hammaga hamma narsani o‘qitishning universal san’ati ifodalangan buyuk didaktika ≫ nomli asarida bayon qilingan. Yan Amos Komenskiy didaktika faqat o‘qitish san’atidangina emas, balki tarbiyalash san’atidan ham iboratligini qayd qilgan va tarbiya har tomonlama axloqiylik yo‘nalishidagi fe’l-atvorni shakllantirishning zarur sharti ekanini ham uqtirgan. Didaktikani yuqoridagicha tushunish XIX asr boshigacha, ya’ni taniqli nemis pedagogi va faylasufi logan Genrix Gerbart didaktikaning asosiy nazariyasini ishlab chiqqunicha davom etgan. Binobarin, u didaktikani pedagogikaga bo‘ysunadigan tarbiyalovchi ta ’limning yaxlit va ziddiyatsiz nazariyasi sifatida talqin qiladi. Gerbart va xususan, uning izdoshlari ana shu nazariyaning rolini hisobga olib, didaktikaning asosiy vazifasini - darsda bayon qilinadigan material ekanini rad etdilar. Gerbart konsepsiyasiga muvofiq, o‘qituvchi, asosan, o‘quvchilarni yangi o‘quv materiali bilan tanishtirishga doir harakatlarini tahlil qilishi lozim edi. XVIII asrda shveysariyalik pedagog I.G.Pestalossi kamol toptiruvchi ta’limning prinsiplari tizimini asosladi. XIX asrda esa nemis pedagogi A.Disterveg o‘zining ≪Nemis o‘qituvchilari uchun≫ qo‘llanmasida o‘quv jarayonini faollashtiradigan talablarning butun bir kompleksini taklif qildi. Fan va texnika shunday tezlikda taraqqiy topmoqdaki, maktab ta’limi bilan ularning ketidan quvib yetish mumkin emas. Lekin maktabni bitirgan yoshlar, albatta, o‘zlari bilmaydigan ilmiy kashfiyotlarga, jamiyatni rivojlantirishning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yangi tizimiga duch keladilar. Lozim darajadagi aqlga, irodaga va hissiyotga ega bo‘lgan kishilargina notanish ma’lumotlami tezroq o‘zlashtirib olishi mumkin. Bilim va malakalarni tarkib toptirish naqadar zarur bo‘lsa-da, hozirgi didaktika ana shu soha bilangina chegaralanib qola olmaydi. Endilikda o‘quvchilarni kamol toptirishda optimal natijalar beradigan o‘qitish jarayonining ilmiy-pedagogik asoslarini ishlab chiqish zarurati tug‘ildi. O‘quvchilarning kamol topishi ta’lim jarayonida amalga oshishi sababli bilim va malakalarni o‘zlashtirishga qaratilgan didaktik prinsiplar ma’lum natijalarni beradi. Lekin vazifa qandaydir natijalarga erishishdan emas, balki o‘quvchilarni kamol toptirish uchun o‘qitishning eng yuqori samaradorligini ta’minlashdan iboratdir. Buning uchun esa o‘quv jarayonining qurilishini ishlab chiqish kerak. Didaktikada tarbiyalovchi dunyoqarashni shakllantirish masalalari ko‘riladi, ta’lim jarayonida o‘quvchilarda mustaqillikni, tashabbuskorlikni va shaxsning boshqa ayrim sifatlarini tarbiyalash vazifalari tahlil qilinadi. Mana shunday muhim masalalarning ko‘rib chiqilishi maktabdagi ta’lim-tarbiyaning birligini ta’minlashga xizmat qiladi. O‘z-o‘zidan ayonki, mazkur vazifani amalga oshirish uchun zarur ilmiy-pedagogik asoslami yaratish didaktika sohasidan ko‘ra ko‘proq tarbiya nazariyasiga taalluqlidir. O‘qitish negizi yuksak axloqli qilib kamol toptirishdan iborat. Ana shunday harakatlarda o‘qishga da’vat qilish, o‘qituvchi bilan o‘quvchilarning o‘zaro munosabatlari va ta’limning metodlari masalalari boshqacha tus oladi. Download 460.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling