Dilkusho do'st, dilrabo yor birla kechgan dam shirin. Do'st-u yor birlan hayot-u, siynai olam shirin


Download 11.54 Kb.
Sana29.11.2020
Hajmi11.54 Kb.
#154586
Bog'liq
dilkusho











10



„Shirin”

Dilkusho do'st, dilrabo yor - birla kechgan dam shirin.

Do'st-u yor birlan hayot-u, siynai olam shirin.

Sevgi zavqi bir tomon-u, boda kayfi bir tomon,

Qay biri ortiq shirindur, qay birisi kam shirin.

Ikki gulgun chehra bo'lsa, o'rtada gulgun sharob,

Men uchun maydin ham ortiq suhbati hamdam shirin.

Bu jahonda, deydilar, har kimda bor bir o'zga ta'b,

Menga may, bulbulga tong, gul bargida shabnam shirin.

Sevgining dardi faqat beishq uchun begonadir,

Ishqi yor bo'lsa firoq - chekkanda hatto g'am shirin.

So'yla, do'st, gulgun sharobning kayfidan ortiq na bor?

Bo'sadan lablarda qolgan jon suvidek nam shirin.

Ey gulim, sevgim haqi, maydan meni qilma judo,

Menmi ul ortiq dema, sen ham shirin, ul ham shirin.



✍Erkin Vohidov

@Erkin_Vohidov
Download 11.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling