Dinamikaga kirish. Dinamika qonunlari. 9-Ma`ruza o`qitish texnologiyasi


Download 91.3 Kb.
bet1/4
Sana28.10.2020
Hajmi91.3 Kb.
#137499
  1   2   3   4
Bog'liq
dinamikaga kirish


Aim.uz

Dinamikaga kirish. Dinamika qonunlari.

9-Ma`ruza o`qitish texnologiyasi

Vaqti - 2 soat

Talabalar soni: 40-50 nafar

O`quv mashg`ulotining shalki

Kirish, visual ma`ruza

Ma`ruza mashg`ulotining rejasi

1. Dinamikaning asosiy tushunchalari

2. Dinamika qonunlari

3. Moddiy nuqta harakatining differensial tenglamasi

4. Moddiy nuqta dinamikasiining ikki asosiy masalasi




O`quv mashg`ulotining maqsadi: talabalarga dinamika bo`limi maqsadi qonunlari, harakat differinsial tenglamalari va dinamikaning ikki asosiy masalasini o`rgatish.

pedagogik vazifalar:

  • Dinmaika asosiy tushuncha qonunlarini tushuntirish.

  • Moddiy nuqta harakatining differensial tenglamasini tushuntirish.

  • Moddiy nuqta dinamikasiining ikki asosiy masalasini izohlashlash va ularning farqini tushuntirish.

O`quv faoliyatining natijalari: Talaba:

  • Dinamika bo`limi asosiy tushuncha qonunlarini tushunadi.

  • Moddiy nuqta harakat differensial tenglamalarini kelib chiqishini tushunadi.

  • Moddiy nuqta dinamikasiining ikki asosiy masalasini tushunadi va ularning farqlarini aniqlaydi.

O`qitish uslubi va texnikasi.

Vizual ma`ruza, blits –so`rov, bayon etish, klaster.

O`qitish vositalari

Ma`ruzalar matni, proyektor, tarqatma materiallar, grafik organayzerlar.

O`qitish shakli

Jamoa, guruh va juftlikda ishlash.

O`qitish shart-sharoiti

Proektor, kom’yuter bilan jihozlangan auditoriya.


9-ma`ruza mashg`ulotning texnologik kartasi

Bosqichlar, vaqti

Faoliyat mazmuni

O`qituvchi

Talaba

1-bosqich. Kirish (10 min.)

1.1. Mavzu, uning maqsadi, o`quv mashg`ulotidan kutilayotgan natijalar ma`lum qilinadi.

1.1. Eshitadi, yozib oladi.

2- bosqich. Asosiy (60 min.)

2.1. Talabalar e`tiborini jalb etish va bilim darajasini aniqlash uchun tezkor savol-javob o`tkaziladi.

– Dinamika bo`limi nimani o`rgatadi?

– Nyuton qonunlarini bilasizmi?

2.2. O`qituvchi vizual materiallardan foydalangan holda ma`ruzani bayon etishni davom etadi. Taqdimotlardan foydalangan holda dinamika bo`liminig asosiy tusunchalarini namoyish etadi va tusuntiradi.

2.3. Taqdimotlardan foydalangan holda “Dinamika” bo`limi asosiy tushunchalari:

- Dinamika asosiy qonunlari;

- Dinamika ikki asosiy masalasini;

- nuqta harakati differensial tenlamalarining xususiy hollari;

Tusuntiriladi va izohlanadi. Talabalarga mavzuning asosiy qonunlari, tenglamalarni yechish usullari o`rgatiladi va tenglama va formulalarga e`tibor berish va yozib olish ta`kidlaydi.


2.1. Eshitadi. O`ylaydi,

javob beradi va to`g`ri javobni eshitadi.

2.2. Sxema va jadvallar mazmunini muhokama qiladi. Savol berib asosiy joylarni yozib oladi.

2.3. Eslab qoladi, yozadi. Har bir savolga javob berishga harakat qiladi. Ta`rif va tushunchalarni yozib oladi.



3- bosqich. Yakuniy (10 min.)

3.1. Mavzuga yakun yasaydi va talabalarni asosiy masalarga qaratadi. Mustaqil ish uchun vazifa: "Dinamika" so`ziga klaster tuzishni vazifa qilib beradi, baholaydi.

3.1. Eshitadi aniqlashtiradi.

To’shiriqni yozib oladi.



Tayanch so`zlar va iboralar:

Dinamika, Nuqta dinamikasi, Mexanik sistema dinamikasi, Analitik mexanika, Inersiya kuchi,

Dinamika – Nazariy mexanikaning kuchlar ta’sirida bo’lgan jismlarning harakatini o’rganuvchi qismi hisoblanadi.

Bu qism uch bo’limdan iborat:

Nuqta dinamikasiModdiy nuqta harakatini, uni vujudga keltirubchi kuchni hisobga olib o’rganadi.



O’rganish sohasi – moddiy nuqta – massaga ega bo’lgan lekin o’lchamlari e’tiborga olinmaydigan moddiy jism.

Mexanik sistema dinamikasi – harakati tekshrilayotgan moddiy nuqtalar yoki jismlar sistemasini uni harakatga keltiruvchi kuchlarni hisobga olib o’rganadi.

Analitik mexanika – erkin bo’lmagan mexanik sistemalarni harakatini umumiy analitik usullarni qo’llab o’rganadi.

Asosiy cheklanish shartlari:

- mutlaq fazo mavjudlagi (geometric xususiyatga ega bo’lib, materiya va uning harakatiga bog’liq emasligi).

Bundan quyidagilar kelib chiqadi:

  • mutlaq qo’zg’almas sanoq sistemasining mavjud bo’lishi.

  • vaqtning hisob sistemasining harakatiga bog’liq bo’lmasligi.

harakatdagi nuqtai massasining hisob sistemasi harakatiga bog’liqmasligii.



Bu ruxsat etilganlar Galiley va Nyutonlar tomonidan yaratilgan klassik mexanikada ishlatiladi. U shu kungacha juda keng ishlatilish sohasiga ega.

Dinamikaning asosiy qonunlari – Galiley tomonidan kashf va Nyuton tomonidan bayon qilingan bo’lib, u mexanik sistema harakatini ifodalashni hamma usullarini yozish, taxlil qilishni va ularni har hil kuchlar bilan dinamik ta’sirlashuvini asosini tashkil etadi.

Inersiya qonuni (Galiley va Nyuton qonuni) – Tashqi muhit ta’siridan muxofazalangan moddiy nuqtaga quyilgan kuchlar uning holatini yoki to’g’ri chiziqli tekis harakatini davom ettiradi. Bundan harakat va muvozanat holatlar inersiya bo’yicha ekvivalent ekanligi kelib chiqadi (Galilleyning nisbiylik qonuni). Inersiya qonuni o’rinli bo’lgan hisob sistemasi inersiyal xisob sistemasi deb deb ataladi. Moddiy nuqta o’zining harakat tezligi (kinematik holati)ni o’zgarishsiz saqlashga intilish xususiyati uning uning inertligi deyiladi.

Kuch va tezlanishning proporsionallik qonuni (Nyutonning II qonuni-dinamikaning asosiy tenglamasi) – Moddiy nuqtaning kuch ta’sirida olgan tezlanishi, kuchga to’g’ri proporsional va uning massasiga teskari proporsional

yoki

Bu erda m – nuqta massasi (inertlik o’lchovi), kg da o’lchanadi, miqdor jihatdan og’irlikni erkin tushish tezlanishiga bo’linganiga tehg.



F – ta’sir etuvchi kuch, H larda o’lchanadi (1 H shunday kuchki, uning ta’sirida 1 kg massali jism 1 m/c 2 tezlanish oladi, 1 H = 1/9.81 kg-c).
Ta’sir va aks ta’sir tengligi qonuni (Nyutonning III-qonuni) – Ikkita moddiy nuqtaning bir-birlariga ta’sir kuchlari, shu nuqtalarni birlashtiruvchi chiziqda joylashib, modullarni teng, lekin yo’nalishlari qarama-qarshi bo’ladi:



Kuchlar ta’sirining o’zaro mustaqillik qonuni – Agar moddiy nuqtaga bir nechta kuch ta’sir etsa, nuqtaning tezlanishi har bir kuchning alohida ta’siridan nuqta oladigan tezlanishlarning geometric yig’ndisiga teng boladi:

yoki


Dinamikaning asosiy tenglamasi: - nuqta harakatini vector usulda berilishiga mos keladi.

Moddiy nuqta harakatining differensiyal tenglamalari

Dinamikaning asosiy tenglamasiga tezlanishni ifodasini qo’ysak:





- Nuqta harakatining vector formadagi differensiyal tenglamasi hosil bo’ladi.

Koordinatalar usulida: Radius-vektorni koordinatalar bilan bog’liqligidan va kuch vektorini uni proeksiyalari orqali ifodasidan foydalanamiz:









Download 91.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling