Termiz davlat universiteti Talabalar shaharchasi 3- talabalar turar joyida “Diniy ekstrimizm va terorizmning salbiy oqibatlari”mavzusida o`tkazilgan davra suhbati
BAYONNOMASI
26.04.2022 Termiz shahri
Qatnashdi: 3-TTJ talabalari
Tarix fakulteti Magistranti To`ramurodov.J
3-TTJ tarbiyachi-pedagogi SHaymardonova.D
Davra suhbatini Tarix fakulteti Magistranti To`ramurodov Jo`rabek ochib berdi. Bugungi kunda Termiz davlat universitetida 10ming nafardan ziyod talaba tahsil olmoqda. Universitetimizda talabalarning bilim olishi uchun moddiy-texnik va axborot bazasini zamon talabiga mos ravishda mustahkamlash maqsadida bosqichma-bosqich eng so`nggi rusumdagi texnik vositalar,kompyuterlar,o`quv ilmiy labaratoriyalar faoliyatini izchil yo`lga qo`yish,modernizatsiya qilish orqali o`quv jarayoni sifatini oshirishni maqsad qilib olganmiz.Talabalarimiz uchun auditoriyalarda va ttjlarda barcha sharoitlar mavjud,lekin shunga qaramay talabalar o`rtasida kelishmovchiliklar bo`lib turibdi. Talaba yigitlarimiz soqollarini o`stirib,qizlarimiz xijobga o`ranib olishgan.dars paytlarida namoz o`qiyman deb ba`zi talabalar darsdan chiqib ketish hollari ko`zatilmoqda. Siz dunyoviy bilimlar beradigan dargohda o`qimoqdasiz. Biz sizning dunyoviy bilimlar olishingizga qarshi emasmiz,lekim har narsaning vaqti me`yori bor. Universitet qonun-qoidalariga rioya qilishimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |