Diniy tashkilot vakili- uning shariatdagi hukmi to'g'risida


Download 10.5 Kb.
Sana29.09.2023
Hajmi10.5 Kb.
#1689858
Bog'liq
1011 korsatuv konsepsiyasi


Ko'rsatuv maqsadi: Insonlarni orasida yurib jamiyatni qiynayotgan ijtimoiy muammolar borasida so'rovnoma o'tkazish (Vox Pop bo'lishi ham mumkin)va eng ko'p ovoz olgan muammoni aniqlab, o'sha soha bo'yicha mutaxasislar bilan faktlarga asoslanib, yetarlicha muammoni yechish.
Ko'rsatuvda turli soha vakillari jamlanadi. Diniy tashkilot vakili, IIB xodimi, Siyosatshunos,Psixolog, Sotsiolog, Xuquqshunos, Ma'daniyat vakili(zarur bo'lsa o'z yo'nalishida) va Bloggerlar. Ko'rsatuvni mobil tarmoqlarda kanal va gruppalari ochiladi va faol yuritiladi. Mobil tarmoqlardan foydalanib, a'zolar orasida so'rovnoma o'tkaziladi.Umumiy eng ko'p ovoz yig'gan ijtimoiy muammo ko'rsatuvda olib chiqiladi va mutaxassislar yordamida o'rganilib yechim topiladi

Diniy tashkilot vakili- uning shariatdagi hukmi to'g'risida


IIB Xodimi- majburiyat va erkinlikni tartibga solish bo'yicha koriladigan choralardagi soha xodimlarining ish
Siyosatshunos- boshqa davlat va bizning respublikamizdagi farq bo'yicha sharh va izoh
Huquqshunos- jamiyatning xuquq va majburiyatlarini qonun doirasida tushuntirish
Madaniyat vakili- zarur bo'lsa yo'nalishi bo'yicha
Blogerlar- muammoni hayotdagi haqiqati bo'yicha kuzatuvchi va ko'rsatuv shaffofligiga xalqning bir a'zosi sifatida ishtirok etadi.

Jurnalist har bir narsaga doimo holislik va adolat bilan yondashish kerak...Assalomu alekum biz yana efirdamiz sizlar bilan "........" Ko'rsatuvi...(davom etadi)

Ko'rsatuv davomiyligi: 25 daqiqa

Ko'rsatuv boshlandi.



Jurnalist har bir narsaga doimo holislik va adolat bilan yondashish kerak...Assalomu alekum biz yana efirdamiz sizlar bilan "........" ko'rsatuvi.
Bugun bizda yana bir xalqimizni qiynayotgan mavzu ya'ni " Ko'rmaganning ko'rgani qursin ". Ochig'ini aytganda bu mavzuni olib chiqishimizda jamiyatimizni o'rni katta.Sababi muhbirimiz jamiyatdagi insonlardan "Bugungi kunda sizni eng ko'p qiynayotgan muammo nima?" mavzusida so'rovnoma o'tkazdi. Ushbu so'rovnomani xulosasi esa biroz achinarli. Iltimos monitorga e'tiboringizni qaratishingizni so'rayman.
" Ko'rmaganning ko'rgani qursin ".Ko'rsatuvimizni bugungi soniga aynan ushbu nomni berishimizga sabab davlat ishxonalarida ishlaydigan xodimlarni mijozlarga muomalasi. Hammasi ham unday emas, yaxshi muomalaga ega xodimlar ham bor deyishingiz mumkin albatta. Lekin ko'rganingizdek ushbu muammo tufayli qaysidir ma'noda aziyat chekayotgan insonlar ham bor. Biz insonlarni aytgan gaplari chindan ham rost ekanligini aniqlash maqsadida davlat ishxonalariga bir mavzuni bahona qilib yashirin kamera bilan kirdik.Xodimlarni bizga qanday muomalada bo'lganini marhamat monitorda tomosha qilishingiz mumkin (monitorga qaraladi).
Ushbu holatga aniqlik kiritish va xodimlar bilan bog'liq muammoni yechish maqsadida bugun studiyamizga bir nechta ekspertlar tashrif buyurgan.Marhamat ular bilan tanishing.Andijon shaxar bosh imom-xatibi Azizbek Nurboyev, Andijon shaxar IIB xodimi Qoraboy Alijonov, Siyosatshunos sifatida tashrif buyurgan ekspertimiz Ahmadillo Jo'rayev, ko'rsatuvimizni bugungi soniga uzviy bog'liq bo'lgan soha mutaxassisi huquqshunos Feruza Alimjonova, hamda bloger Fathulla O'lmasov. Savolni o'rtaga tashlashdan avval sizlarga bir xabarni ma'lum qilmoqchiman. Kelgusi haftadan ko'rsatuvimizni bir haftada ikki marta tomosha qilishingiz mumkin.
Ko'rsatuvimizni bugungi mavzusi insonlarni shu darajada qiynab kelganki hattoki,ularga savol berilganda juda ko'p muammolar orasidan aynan ushbu muammo qiynayotganini aytishgan. Nima deb o'ylaysiz xodimlarni qilayotgan muomalasi notoʻgʻrimi yoki insonlarni ularga nisbatan qilayotgan e'tirozi?O'zi aslida xodimlar mijozga qanday muomala qilish kerak? Bu haqida qaysidur qonun kitobda yozilganmi?Huquqshunosimizdan ushbu masalaga aniqlik kiritishini so'rardim.
..................... (Huquqshunos o'z fikrlarini bayon etadi)
Xodimlarni qilayotgan muomalasidan balki tepadagi rahbarlarni xabari bo'lmas. Lekin jabrlanuvchi baribir xalq bo'lib qolmoqda. Xodimlarni mijozlarga qilayotgan bunday muomalasini qonun doirasidan ko'rib chiqdik ya'ni noto'g'ri. Bunday hollarda xodimlar uchun ham jazo bormi? Misol uchun xayfsan e'lon qilish,ishdan bo'shatish yoki jinoiy javobgarlik? Ushbu savollarga javob topish uchun Andijon IIB xodimi Qoraboy Alijonovga yuzlanmoqchiman.
............. (IIB xodimi qonun doirasida javob beradi)
Tanganing ikkinchi tarafi ham bor bo'lganidek,ushbu holatga ham qarama-qarshi tarafdan nazar tashlab ko'rish kerar. Ha deganda xodimlarni malomat qilavermay,ularga yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan ham shug'ulunsak bo'lardi. Albatta bu gaplar rahbarlarga tegishli. Bilamizki Yevropa mamlakatlarida ko'p hollarda ish emas ishchi ya'ni xodim birinchi o'ringa ko'tariladi. Jumladan ularga yaratilayotgan sharoitlar, tartib, umuman barcha-barchasi. Bizni mamlakatimizni ham ayrimlarini hisobga olamaganda holat qanday ekanligi o'zingizga ma'lum.Bizni tomosha qilayotgan davlat ishida ishlaydigan xodimlar ham avval chet el mamlakatlaridek sharoit yarating, keyin talab qiling deyishi katta ehtimol bilan aniq. Yevropa mamlakatlari bilan bizni mamlakatimizdagi farq sezilarli darajada. O'zi nimada farq bor? Shu savolga siyosatshunos Ahmadillo Jo'rayev iltimos siyosatshunos sifatida ochiq javob bersangiz.
.............. (Siyosatshunos boshqa davlat va bizning respublikamizdagi farq bo'yicha sharh va izoh beradi)
Har bir muammoning yechimi bu Islomda. Shunday ekan biz ham bu gapni ma'qullagan holda Andijon shaxar bosh imom-xatibi Azizbek Nurboyevga iltimos qilib qolardik bugungi mavzuyimiz va xalqimizni qiynayotgan muammo to'g'risida shar'iy yechim berishlarini.Marhamat
................. (Holatni shar'iy tomondan tahlil qilib gapiradi)
Har bir muammoga birgalikda yechim topish mumkin. Muhimi esa birlashish. Bizning maqsadimiz ham xalqimizni qiynayotgan muammolarga yechim topish maqsadida birlashish. Bu yerda kimnidur tanqid qilib o'tirish emas.Qaysidur ma'noda bugungi mavzuyimiz kimgadir dars bo'ldi kimgadir esa yo'q. Bu o'zini ihtiyorida.Biz yana ko'rishamiz.

Husanboy_Turdaliyev


+998944211011
+998979711012
Download 10.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling