Direktori: B. Xollozov " " 2020 yil


Download 246 Kb.
bet1/4
Sana22.05.2020
Hajmi246 Kb.
#108822
  1   2   3   4
Bog'liq
QUYOSH eng yaqin yulduz
















Tasdiqlayman

TDTU TF akademik litseyi

direktori: _____ B.Xollozov

“____”____2020 yil



Kelishildi”

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:

______

O’ .Mamataliyev



“___”____2020 yil

Kelishildi”

TDTUTF akademik litseyi ilmiy Pedagogik kengashida ko’rib chiqildi_________ X.Mirzayeva

“____”______2020 yil


Kelishildi”

TDTUTF akademik litseyi aniq va tabiiy fanlar kafedrasi mudiri

.Ulug’berdiyev

“____”___2020 yi






O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETINING TERMIZ FILIALI AKADEMIK LITSEYI

ANIQ VA TABIIY FANLAR KAFEDRASI O’QITUVCHISI CHORSHANBIYEVA NIGINA ABDULLAYEVNANING

ASTRONOMIYA FANIDAN TAYYORLAGAN

USLUBIY ISHLANMASI

Mavzu: Quyosh - eng yaqin yulduz.

Uslubiy qo’llanma TDTU Termiz filiali akademik litseyi aniq va tabiiy fanlar kafedrasining 2020 yildagi -sonli yig’ilishida muhokama etildi va ma'qullandi.

Uslubiy qo’llanma akademik litsey pedagogik kengashining 2020 yil -sonli yig‘ilishida ko’rib chiqilib, o’quv jarayonida qollashga tavsiya etildi.

Ko’rib chiqildi”



­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­

  ­­­­­­­­­__________ _______________________

 

_________ _______________________

 

_________ _______________________

 

_________ _______________________

 

TDTU Termiz filiali akademik litseyi Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi fizika fani o’qituvchisi Chorshanbiyeva Niginaning astronomiya fanidan yozgan uslubiy qo’llanmasiga



Taqriz

O’qituvchi Chorshanbiyeva Nigina mavzuni to’liq va ravon yozishga harakat qilgan. Mavzuga ta’luqli bo’lgan ma’lumotlar to’liq yoritilgan. Mavzuning maqsadi, mazmuni va ishlatilish sohalari ham to’liq bayon qilingan. Mavzuda quyosh haqida to’liq ma’lumot keltirilgan.

Mavzuni o’rganish davrida o’qituvchi yutuqlar bilan birga bir qator kamchiliklarga yo’l qo’ygan.


  • Ushbu ishni o’rganib chiqib, astronomiya fani o’qituvchisi uslubiy qo’llanmasini yoritishda adabiyotlardan keng va samarali foydalangan.

  • Uslubiy qo’llanma o’quvchilarga tushunarli va ravon yozilgan. Tayyorlangan uslubiy qo’llanmasi dastur talablariga javob beradi, undan akademik litsey o’quvchilari foydalanishi mumkin.

Taqrizchi: TDTU Termiz filiali fizika

fani o‘qituvchisi ­­­­­­_______________

ANNOTATSIYA

"Astronomiya" fani bo'yicha tayyorlangan uslubiy qo‘llanma fanning barcha quyosh eng yaqin yulduz haqidagi tushunchalarini o'z ichiga qamrab olgan, Bu uslubiy qo‘llanmadagi har bir reja izchillik bilan yozilgan. O'quvchilarning astronomiya sohasidagi bilimlarini shakllantirishga qaratilgan, shu bilan birga mavzu ilmiy jihatdan to’g’ri va asosli fikrlar, mulohazalar bilan yoritilgan. Mavzu sodda, ravon, tushunarli, xalqchil tilda bayon qilingan. Xuddi shuningdek uslubiy qo’llanmada o’quvchilar uchun kerakli bo’lgan ma’lumotlar to’liq yozilgan.

Har bir ma’lumot grafik ko’rinishda tasvirlangan va o’z o’rnida qo’llanilgan. Qisqacha qilib aytganda, ushbu uslubiy qo’llanma o’quvchiga mavzuni o’rganishda katta yordamchi bo’la oladi.

Ushbu astronomiya fanidan uslubiy qo‘llanma Akademik litseyning Aniq fanlar yo’nalishida astronomiya fani guruhlari uchun mo’ljallangan.

 

Akademik litsey uslubiy kengashi tomonidan ko’rib chiqilib, ma'qullangan.



Rahbar: Toshkent texnika universiteti Termiz filiali fizika fani o’qituvchisi 

O’qituvchi: N.Chorshanbiyeva



Mavzu: Quyosh - eng yaqin yulduz.

Reja:

I.Kirish.

1) . Mavzuning maqsadi:

2) Mavzuning mohiyati:

3) Mavzuning dolzarbligi:

II. Asosiy qism.

  1. Quyosh haqida umumiy ma’lumotlar

  2. Quyosh fotosferasi: donadorlik va mash’allar

  3. Quyosh dog‘lari — magnit orollari.

  4. Protuberaneslar — alanga «til»lari

  5. Quyosh chaqnashlari

  6. Quyosh «toji»

  7. Quyosh energiyasining manbayi

  8. Quyosh aktivligi va uning Yerga ta’siri

III. Xulosa

IV. Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish

O’quv yurtlarida astronomiya fanining ahamiyati, uning fan-texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarish sohalarida va kundalik hayotda tutgan o’rni bilan belgilanadi. O’quv yurtlarida astronomiya fanini o’qitish orqali o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini, mantiqiy fikrlay olish qobiliyatini, aqliy rivojlanishini, o’z-o’zini anglash salohiyatini shakllantirish va o’stirish, ularda ilmiy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib toptirish hamda ijtimoiy hayotlari hamda ta’lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo’lgan bilimlar beriladi.

O’quv yurtlarida astronomiya fanining asosiy vazifalari:


  • o’quvchilarni astronomik hodisalar, tushunchalar, kattaliklar, modellar, qonunlar, o’lchashlar, astronomiyaning amaldagi tadbiqlari, olamning astronomik manzarasiga oid bilimlar bilan tanishtirish;

  • o’quvchilarni fan texnika taraqqiyoti, astronomiya qonunlarining amalda qo’llanilishi bilan tanishtirish;

  • koinot tuzilishi va undagi hodisalar quyidagi bilimlar berish orqali ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish;

  • buyuk mutaffakkirlarimiz va hozirgi davrdagi vatanimiz astronom olimlarining faoliyatlari bilan tanishtirish. Ta’lim mazmunini tevarak-atrofdagi maxalliy va tarixiy materiallar bilan boyitish orqali o’quvchilarni ilmiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;

  • ta’lim mazmunini ijtimoiy hayot va texnika taraqqiyoti bilan bog’lash orqali o’quvchilarni ongli ravishda kasbga yo’naltirish, o’rta maxsus yoki kasb hunar ta’limi muassasalarida o’qishni davom ettirishlari uchun zamin tayyorlash;

  • astronomiyaga oid asbob va uskunalardan foydalanish sodda o’lchov va tajribaishlarini bajarish, ularnining natijalari asosida xulosalar chiqarish, xavfsizlik qoidalarida rioya qilish malakalarini shakllantirishdan iboratdir. Bilimlarni amaliy qo’llashni bilish bu-onglilik, bilimlar mustaqqilligining ko’rsatgichidir. Hatto, o’quv materialining ongli, normal bo’lmagan holda o’zlashtirilganda ham bilimlarni qo’llay olish mahorati o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi, bunga maxsus o’qitish kerak. Bilimlarni amaliy qo’llashga o’rgatishda astronomik kuzatishlar muhim o’rin egallaydi.



Mavzuning maqsadi:

Astronomik kuzatishlar haqida ma’lumot va tushunchalarni boyitish, yangi bilimlarga ega bo’lish.

Mohiyati:

Mavzuni ilmiy jihatdan asoslab,keng ommaga tushunarli tilda bayon qilish.

Dolzarbligi:

Astronomik kuzatishlar va Quyosh –eng yaqin yulduz ekanligi haqidagi malumotlar bilan tanishib, astronomik kuzatishlarning foydali va zararli jihatlarini mukamma qilish va o’rganish.

Tayanch so’zlar: Quyosh, Yer va boshqa planetalar. Fotosfera, Quyosh shamoli, Quyosh toji, Quyosh shamoli, Quyoshdagi chaqnashlar.



M аz m u n i : Quyosh – eng yaqin yuluz ekanligi haqida, Quyosh shamoli, Quyosh toji, Quyoshdagi chaqnashlar haqida organib chiqish.

Quyosh haqida umumiy ma’lumotlar

Quyoshning kundalik ko‘rinma harakatiga biz shu qadar ko‘nikib qolganmizki, go‘yo u abadiydek tuyuladi. Haqiqatan shundaymi? Quyosh so‘nmaydigan osmon jismimi? Quyosh qisqa vaqtda g‘oyib bo‘lsa, planetamizda qanday o‘zgarishlar ro‘y bergan bo‘lar edi?

Agar Quyosh so‘nsa, zum o‘tmay Yerni qorong‘ilik qoplardi, chunki Quyoshning yorug‘ligini qaytarish hisobiga ko‘rinadigan Oy va planetalar ham osmonda ko‘rinmay qolib, faqat yulduzlargina xira shu’lalari bilan Yerni yoritardi, xolos. Shuningdek, butun Yer yuzini izg‘irin sovuq o‘z «iskanjasiga» olardi. Bir haftaga qolmay tropiklar qor bilan qoplanar, daryolar oqishdan to‘xtab, dengiz va okeanlar sekin-asta tubigacha muzlar, shamol ham «uvullash»ini bas qilardi. Xullas, hamma yoqni vahimali qorong‘ilik va qahraton sovuq egallardi. Bunday sharoitda odamzod yoqilg‘ilari zaxirasi hisobiga umrini bir oz cho‘zsa-da, biroq u halokatdan qochib qutula olmas edi.

Shuning uchun ham hayotimizning manbayi bo‘lmish Quyosh har jihatdan diqqatga sazovor osmon jismi hisoblanadi. Qadimda atrof-muhit hodisalarini ilmiy tushuntirishga ojiz bo‘lgan odamlar tabiat kuchlari oldida tiz cho‘kishgan, unga sig‘inishgan. Bundan Quyosh istisno emas edi. Misrliklar Quyoshga issiqlik va hayot in’om qiluvchi Ra xudosi nomini berib sig‘inishganda, yunonliklar va rimliklar Quyoshga nur, musiqa va poeziya xudolari - Feba, Gelios va Apollon timsollari sifatida sig‘inishgan.

Keyingi yillarda Quyoshning massasi, temperaturasi va fizik tabiatini o‘rganish borasida yig‘ilgan ma’lumotlar Quyosh to‘g‘ri- sida bizga yetarli darajada aniq tasavvur hosil qilish imkonini berdi. Yerdagi ko‘pgina fizik va biologik hodisalar Quyosh ta’siri tufayli sodir bo‘lar ekan.

Garchi oddiy ko‘z bilan qaraganda, Quyosh sokin bir osmon jismidek ko‘rinsa-da, aslida u yirik va quvvatli fizik jarayonlarni «boshidan kechirayotgan» yulduzlardan biri hisoblanadi. Shu tufayli Quyoshni o‘rganish har jihatdan barcha tabiiyot fanlari uchun, ayniqsa,astronomiyafani uchun juda katta ahamiyat kasb etadi.

Quyosh milliardlab yulduzlarning bir vakili bo‘lib, kattaligi va temperaturasiga ko‘ra o‘rtacha yulduzdir. Biroq planetamiz — Yer, uning yo‘ldoshi sifatida boshqa yulduzlarga nisbatan Quyoshga millionlab marta yaqin bo‘lganidan, yulduzlardan farq qilib, Quyosh bizga kattagina burchak (320 ostida ko‘rinadi. Yer ham boshqa planetalar (Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter va Saturnlar) qatorida Quyosh atrofida aylanma harakat qiladi. Astronomiyada Yerdan Quyoshgacha bo‘lgan masofa aniq o‘lchanib (149,6 million kilometr), u uzunlik o‘lchovining birligi sifatida qabul qilingan va yuqorida eslatganimizdek, bir astronomik birlik (1 a.b.) deb yuritiladi. Nur bu masofani salkam minutda bosib o‘tadi. Quyoshning diametri 1 million 400 ming kilometr bo‘lib, Yer diametridan taxminan 110 marta katta. Boshqacha aytganda, Quyosh hajmiga 1 million 300 mingdan ortiq Yer hajmidagi jism sig‘adi. Massasi Yernikidan 330 ming marta ortiq. Quyoshning o‘lchami, uning yo‘ldoshlari-pla­netalar o‘lchamlari bilan solishtirilgan. Quyosh sirtining temperaturasi Selsiy shkalasida 5800 gradus atro­erkin elektronlardan iborat bo‘ladi. Bunday qaynoq yuqori tem- peraturali zich plazma tutash spektrni beradi. Biroq bunday nurlanish Quyoshning atmosfera qatlamlaridan o‘tishda, turli atomlar tomonidan mos to‘lqin uzunliklaridagi nurlarning yuti- lishi tufayli Quyosh spektri chiziqli yutilish spektriga aylanadi (63- rasm). Quyosh ham barcha boshqa osmon jismlari kabi o‘z o‘qi atrofida aylanadi. Uning aylanish davri o‘rtacha 25 sutkani tashkil etadi.

Quyosh fotosferasi: donadorlik va mashallar


1- rasm. Quyosh fotosferasi (dog‘lari bilan).


A sosan ko‘zning ko‘rish chegarasida yotuvchi to‘lqin uzun- ligidagi nurlarni chiqaruvchi Quyosh atmosferasining ostki qatlami fotosfera deb ataladi (1-rasm). Fotosfera teleskoplar yordamida kuzatilganda u oddiy ko‘z bilan kuzatiladigan bir tekis ravshanlikka ega gardishdan katta farq qiladi. Yirik teleskoplar yordamida olingan Quyosh tasvirida ko‘zga yaqqol tashlanadigan narsa uning sirtidagi asalari uyasini eslatuvchi dona- dorlikdir. Bunday donadorlik strukturasi fanda granulatsiya deb ataladi («granula» mayda dona demakdir). Keyingi yillarda donadorlikning aniq rasmlari maxsus ballonlar yordamida stratosferaga uchirilgan Quyosh teleskoplari yordamida olindi. Bu rasmlar yordami­da granulalarning ravshanligi, «yashash» davri va ularning fizik tabiatini spektral o‘rganishga doir ko‘p yangi ma’lumotlar olindi.

Jumladan, donador bu struktura, fotosferada kechayotgan konvektiv jarayonni o‘zida aks ettirishi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Granulalarning o‘rtacha kattaligi 500 kilometrcha bo‘lib, aslida 200 kilometrdan 700—800 kilometrgacha kattalikdagilari uchraydi (2-rasm).




2- rasm. Quyosh sirtining haqiqiy strukturasi — donadorlik (granulatsiya).
Fotosferada granulalardan tashqari zanjirsimon shu’lali sohalar ham teleskoplarda hosil qilingan Quyosh tasvirida ko‘zga tashlanadi. Bunday sohalar mash’allar deb ataladi. Mash’allar asosan Quyosh dog‘lari bilan birgalikda uchraydi.

Mash’allar faqat Quyosh diskining chekkalarida yaxshi ko‘rinib, uning markaziy qismida ko‘rinmaydi. Bundan chiqadigan xulosa shuki, mash’allarning yuqori qismi fotosferaga nisbatan ravshanroq bo‘lgan obyektlardir. Mash’allarning yuqori qismida kuzatiladigan ravshanlik undagi temperatura fotosferanikiga nisbatan 100—200 °C issiqroq ekanligidan darak beradi. Mash’allar nihoyatda ulkanligi bilan e’tiborni jalb etadi. Ayrim mash’allar egallagan maydon, ko‘ndalangiga, bir necha yuz ming kilometrgacha yetadi, maydoni esa bir necha min. kv. km ni tashkil etadi.

Download 246 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling