Dissertatsiya mavzusi doirasida foydalanildigan adabiyotlar tahlili


Download 14.85 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi14.85 Kb.
#1645470
Bog'liq
tahlil


Dissertatsiya mavzusi doirasida foydalanildigan
adabiyotlar tahlili



T/r



Foydalaniladigan adabiyotlar nomi



Adabiyot bo’yicha ma’lumotlar (muallif, nashr qilingan yili, tegishli tashkilot)

Izoh

1.

“O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivpojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risi”gi qaror

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni,
08.10.2019-yildagi PF-5847-son

Mazkur konsepsiya bevosita yuqoridagi ustuvor vazifalar pirovardida Yangi O`zbekistonda ta’lim sohasi uchun ko’zlangan maqsadlar va kutilayotgan tub islohotlarning asosiy manbayi bo`lib xizmat qiladi. Bir so’z bilan aytganda, mazkur hujjatda intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asosiy o’rinni egallaydi.
Shuningdek, unda oliy oʻquv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda taʼlim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va taʼlim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, innovatsion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini ommalashtirish, xalqaro eʼtirofga erishish hamda boshqa koʻplab aniq yoʻnalishlar belgilab berilgan. Bularning barchasi taʼlim jarayonini yangi sifat bosqichiga koʻtarish uchun xizmat qiladi.



2.

Umumiy o’rta ta’lim tizimi uchun DTS

Vazirlar Mahkamasi, 06.04.2017-yil, 187-son.


Mazkur hujjat ta’limning barcha turlari uchun belgilanadi. Ta’limning mazmuni va uning sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. Davlat ta’lim standartlari talablarini bajarish ustidan nazoratni kafolatli davlat organlari amalga oshiradi. Davlat ta’lim standartiga Vazirlar mahkamasining qarori bilan o‘zgartirishlar kiritiladi. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti (keyingi o‘rinlarda davlat ta’lim standarti deb ataladi) davlat ta’lim standartining maqsad va vazifalarini, asosiy prinsiplarini, tarkibiy qismlarini, davlat ta’lim standartlarini joriy etish hamda davlat ta’lim standartlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi.



3.

Ona tili o’qitish metodikasi

Qosimova K., Matchonov S., G’ulomova X. va boshqalar, Toshkent - 2009

Mazkur darslikda boshlang'ich sinf ona tili o ‘qitish metodikasi kursining m aqsad va vazifalari, bo‘limlari: savod o'rgatish metodikasi, sinfda va sinfdan tashqari o'qish metodikasi, fonetika, gragika, gram ­ matika, so‘z yasalishi, imlo o'qitish metodikasi; va o'quvchilam ing bog'lanishli nutqini o'stirish metodikasi ta ’lim oldiga qo'yilgan zam onaviy talablar asosida bayon qilingan. Shu bilan birga, ilmiy-nazariy m a’lum otlarni amaliyotga tatbiq etish usullari yoritib berilgan.


Ona tili va o’qish savodxonligi 2-sinf o’qituvchilari uchun metodik qo’llanma

Respublika ta’lim markazi, Azimova I. va boshqalar, Toshkent - 2021.



Mazkur qo’llanma o’qituvchilarning pedagogik mahoratlarini oshirishda muhim qo’llanma sifatida zarur tavsiya, ishlanmalar hamda takliflarni ilgari suradi. O’qituvchilar ushbu qo’llanmadan dars davomida darsning barcha tarkibiy qismlarida foydalanish imkoniyatiga ega bo’lib, o’zida rang-barang didaktik o’yinlar, metodlarni jamlagan.


Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi

Ernazarov G’.Toshkent - Ilm Ziyo, 2013.

Ushbu darslik boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi fanining predmeti o'quvchilarga o'zbek tilini o'rgatish yo'llari va vositalari, ona tilini egallash, ya’ni nutqni, o'qish va yozishni, grammatika va imloni o'zlashtirib olish to'g'risidagi ilm haqidadir. Metodika maktab oldiga qo'yilgan ta ’lim va tarbiyaviy vazifalardan kelib chiqib, ona tilini o'rgatishning vazifalarini va m azm unini belgilaydi, ta’lim-tarbiya berish jarayonini tekshiradi, shu jarayonning qonuniyatlarini va ta’lim berish usullarining ilmiy asoslangan tizimini belgilaydi.

Download 14.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling