Distilyatsiya jarayoni reja: Kirish I. Bob. Distillyatsiya jarayonini nazariy asoslari


Download 155.58 Kb.
bet1/8
Sana21.01.2023
Hajmi155.58 Kb.
#1107494
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
DISTILYATSIYA JARAYONI



DISTILYATSIYA JARAYONI


REJA:
Kirish
I.Bob.Distillyatsiya jarayonini nazariy asoslari
1.1. Distillyatsiya jarayonini nazariy asoslari
1.2 Missellani distillyatsiyalashni sanoatdagi asosiy usullari
1.3. Missellani distillyatsiyalashni asosiy texnologik sxemalari
II.Bob.Distilyasiya jarayonining tarkibiy qismlarini o‘zgarishi
2.1. Distilyasiya jarayonining tarkibiy qismlarini o‘zgarishi
2.2 Erituvchi va suvni suyuq aralashmasini ajratish.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH

Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevning 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasining mazmun va mohiyatida qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash va intensiv rivojlantirish, mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, agrar sektor eksport salohiyatini oshirish, ekin maydonlarini yanada maqbullashtirish, unda oziq-ovqat ekinlari turlarining ulushini oshirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash, tashish va sotish, agrokimyo, moliyaviy va boshqa zamonaviy infratuzilma tizimini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini mo‘l va mahsulot sifati yuqori hamda biotik va abiotik omillarga bardoshli yangi seleksiya navlarini yaratishga katta e’tibor berib, soha mutaxassislari oldiga vazifa qilib qo’ydilar.


Agrosanoat majmuining asosiy ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlaridan biri ham mamlakatning oziq-ovqat muammosini hal qilish va unga bo‘lgan iste’molni ilmiy asoslangan me’yorlarga yaqinlashtirish bo‘lib hisoblanadi. Bu kabi maqsadlarga erishishda agrosanoat majmui tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan soha mutaxassislari va ilmiy xodimlar oldiga bir qator vazifalar yuklanadi.
Har yili mazkur tarmoqning istiqbolini belgilab beruvchi va uzoq yillarga mo‘ljallab qabul qilinayotgan davlat dasturlari ishlab chiqilmoqda. Davlat
dasturlarida yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqarish xajmini oshirishga qaratilgan maqsad va vazifalar mamlakatimizning bugungi va ertangi taraqqiyoti uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlash lozim.
Hozirgi kunda, Respublikamizda jami 121 ta yog‘-moy korxonalari faoliyat yuritmoqda. Mazkur korxonalarning 23 tasi «O‘zpaxtayog‘» AJ tarkibida bo‘lsa, 98 tasi xususiy korxonalar hisoblanadi. «O‘zpaxtayog‘» AJ tarkibidagi mavjud korxonalarning yillik ishlab chiqarish quvvati 2,57 mln. tonnani tashkil etishiga qaramay, xom ashyo resurslarining yetishmasligi natijasida 2019 yilda o‘rtacha hisobda 1,25 mln tonna xom ashyo qayta ishlangan, xolos. Ushbu ko‘rsatkich, jami yillik ishlab chiqarish quvvatning 49 % ini tashkil qilib, foydalanilmayotgan quvvat esa 51 % ni tashkil etadi.
Bundan tashqari, Respublikamizdagi mavjud 98 ta xususiy yog‘-moy korxonalarining atigi 29 tasida aynan, o‘simlik moyi ishlab chiqarish yo‘lga qo’yilgan bo‘lsa, bu xususiy korxonalarning yillik ishlab chiqarish quvvati o‘rtacha 1,03 mln tonnani tashkil etadi. Qolgan 69 ta korxonalarda asosan, margarin, sovun va boshqa turdagi qo‘shimcha (ikkilamchi) mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Yuqoridagi ma’lumotlardan hozirgi kunda Respublikamizda o‘simlik moyi ishlab chiqarish uchun 3,6 mln tonna xom-ashyoni qayta ishlash quvvatlari mavjud ekanligini ko’rish mumkin.
Mustaqillik yillarida, Respublikamiz qishloq xo‘jaligi ekinlari maydoni ham sezilarli darajada o‘zgardi. Paxta xom ashyosi ekin maydonlari 1991 yilda 1720,6 ming gektar maydonni tashkil etgan bo’lsa, 2018 yilga kelib bu ko‘rsatkich 1233,2 ming gektarni tashkil etgan. Shunga muvofiq ravishda, mustaqillikning dastlabki yilida 4645,6 ming tonna yalpi hosil yig‘ishtirib olingan bo‘lsa, 2018 yilga kelib yalpi hosil 2958,9 ming tonnani tashkil etgan.



Download 155.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling