Diuretik vositalar. Bachadon mushaklariga ta’sir etuvchi vositalar


Download 52.02 Kb.
bet1/3
Sana12.05.2022
Hajmi52.02 Kb.
#667052
  1   2   3
Bog'liq
Diuretik vositalar
Umumiy pedagogika 5-seminar, mb oracle, Elektronika 8-labaratoriya Turgunov Asadbek ab-226, Юкумли касалликлар, Agrobiznes va uning turlari reja Kirish Agrobiznes va uning tur, 1-мавзу2007, ХБ, baliqlarni oziqlantirish ISHCHI DASTUR 2020 yil, baliqlarni oziqlantirish ISHCHI DASTUR 2020 yil, baliqlarni oziqlantirish ISHCHI DASTUR 2020 yil, baliqlarni oziqlantirish ISHCHI DASTUR 2020 yil, baliqlarni oziqlantirish ISHCHI DASTUR 2020 yil, baliqlarni oziqlantirish ISHCHI DASTUR 2020 yil, baliqlarni oziqlantirish ISHCHI DASTUR 2020 yil, baliqlarni oziqlantirish ISHCHI DASTUR 2020 yil

Diuretik vositalar. Bachadon mushaklariga ta’sir etuvchi vositalar




6.1.Diuretik vositalar
Bu guruh moddalar organizmdan peshob ajralishini kuchaytirib, to‘qimalar va seroz bo‘shliqlardagi suyuqliklarni kamaytiradi (assit, gidrotoraks, gidroperikard va boshqalar). Peshob haydovchi vositalar asosan organizmda suyuqlikni to‘planib qolishi bilan kechadigan xastaliklarda (surunkali qon aylanish etishmovchiligida, nefrotik sindrom, jigar sirrozi), xafaqonlik, glaukoma va boshqalarda qo‘llaniladi. Bundan tashqari turli xil zaharlanishlarda zaharni tezroq chiqarish maqsadida ham ishlatiladi. M-n: boshqariladigan qon suyultirish bilan birgalikda peshob ajralishini jadallashtirish. Peshob haydovchi vositalarning bunday ta’siri peshobni hosil bo‘lishi jarayoniga ta’sir ko‘rsatishlari bilan bog‘liq. Peshob hosil bo‘lishi 3 jarayondan iborat: filtratsiya, reabsorbsiya va sekretsiya.
Diuretik vositasi ta’sirida peshob ajralishini kuchayishi ularning buyrakga tanlab ta’sir qilishi va birinchi navbatda Na+ va u bilan bog‘liq Cl- va suvning buyrak kanalchalaridan so‘rilishini kamayishi bilan bog‘liqdir. Reabsorbsiyani kamaytirishni yo naychalar epiteliysi holatini susaytirish, yoki kanalchalar ichidagi suyuqlikning osmotik bosimini oshirish xisobiga amal oshirish mumkin. Ma’lumki, peshob hosil bo‘lishi neyrogumoral omillar nazoratida bo‘ladi. Ayniqsa, gormonlarning (vazopressin-antidiuretik, aldosteron-mineralkortikoidlar) ahamiyati katta (yurak bo‘lmachasidagi-(”natriy uretik omil ”)).
Ta’sir mexanizmiga qarab diuretiklar 2ga bo‘linadi:

  1. Buyrakning peshob hosil qilish funksiyasiga bevosita ta’sir etuvchi vositalar.

  2. Peshob hosil bo‘lishining gormonal boshqarilishiga ta’sir etuvchi vositalar .

Hozirgi zamon peshob kuchaytiruvchi vositalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

  1. Buyrak naychalari epiteliysiga bevosita ta’sir etuvchi diuretiklar:

  1. Molekulasida sulfanilamid guruhi bo‘lgan moddalar.

    1. tiazidlar: dixlotiazid, siklometiozid.

    2. tiazid bo‘lmagan yoki turli xil tuzilishga ega moddalar: furosemid, klopamid, oksodolin.

  1. Dixlorfekosi sirka kislota hosilasi: etakrin kislotasi

  2. Ksantinlar: temisal, eufillin.

  3. Pteridin hosilalari: triamteren.

  4. Pirazinoilguanidin unumlari: amilorid.

  1. Aldosteron antagonistlari: spironolakton.

  2. Osmotik faol diuretiklar: mannit, mochevina.

  3. Kislota hosil qiluvchi vositalar: ammoniy xlorid.

Ta’sir qilish joyiga qarab diuretiklar quyidagi guruhlarga bo‘linadilar:

  1. Asosan buyrak naychalarini distal qismiga ta’sir etuvchi vositalar: dixlotiazid, siklometazid, klopomid, oksodolin.

  2. Genli sirtmog‘ining ko‘tariluvchi qismidagi yo‘g‘on bo‘g‘imiga ta’sir etuvchi vositalar: furosemid, etakrin kislotasi.

  3. Buyrak naychalarning distal qismi oxiriga va yig‘uvchi naychalarga ta’sir etuvchi vositalar:triampteren, amilorid, spironolakton.

  4. Buyrak naychalarining proksimal qismiga ta’sir etuvchi vositalar: eufilin.

  5. Buyrak naychalarining hamma qismlariga ta’sir etuvchi vositalar: mannit.

Shuni qayd etish joizki, fil’tratsiya jarayonini kuchaytirish peshob ajralishini unchalik kuchaytirmaydi, chunki birlamchi peshobning 99% qayta so‘riladi. Masalan: agar filtratsiya jarayoni 10%ga ortsa, peshob bor yo‘g‘i 0,1% ko‘payadi. Agar reabsorbsiya jarayoni shungacha kamaysa, peshob ajralishi kuchli darajada oshadi 100%!
Buyrak naychalari epiteliysiga bevosita ta’sir etuvchi diuretiklar.
Dixlotiazid – kuchli diuretik vosita, kimyoviy tuzilishi bo‘yicha benzotiazidin hosilasi bo‘lib, tarkibida sulfanilamid guruhi bor. Ta’sir mexanizmi nefronning egri bugri naychalarining proksimal va distal qismlarida Na+ va u bilan bog‘liq xlor ionlarining reabsorsiyasining kamayishi bilan bog‘liq. Diakarbga nisbatan karboangidraza faolligini kamroq susaytiradi. Dixlotiazid ta’sirida K+ va bikarbonat ionlarini reabsorbsiyasi Na+ va Cl- ionlariga nisbatan kamroq kechadi. SHuning uchun dixlotiazid faol saluretik vosita sifatida tanilgan. Na+ va xlor ionlari o‘zaro muvofiq yoki ekvivalent miqdori ajraladi. Dori vosita atsidozda ham o‘z samaradorligini yaxshi namoyon qiladi. Davomli qo‘llanilganda ham, diuretik ta’sir kuchi kamaymaydi. Kandli diabet xastaligida dori vosita poliuriyani kamaytiradi, chanqoqlik hisini kamaytiradi, qonning osmotik bosimi kuchli darajada pasayadi (mexanizmi noma’lum). Qisman bunday ta’sir buyrakning konsentrlash qobiliyati oshishi va chanqash markazi faoliyatini susayishi bilan bog‘liq deb taxmin qilinadi. Qon bosimi yuqori bo‘lgan hollarda dori vosita uni tushiradi. MITdan dixlotiazid tez so‘riladi. Ta’siri ancha tez boshlanadi (30-60daqiqadan so‘ng) 10-12soat davom etadi. Dori vositaga o‘rganish (ko‘nikish) rivojlanmaydi, lekin dixlotiazid peshob kislotasini ajralishini kamaytiradi va giperurekimiyani rivojlanishiga, shu tufayli podagra xastaligini kechishiga salbiy ta’sir etadi.
Qo‘llanilishi: katta va kichik qon aylanish doirasida qon dimlanish holatlarida (yurak-tomir etishmovchiligi), jigar sirrozida, nefritlar va nefrozlarda, homiladorlar nefropatiyasida, buyrak usti bezi gormonlari va AKTG ta’sirida yuzaga kelgan shishlarda, xafaqonlik xastaligida(tuzsiz parxez bilan), glaukomada. Dixlotiazidni bemorlar yaxshi qabul qiladilar, lekin davomli qo‘llanilganda gipokaliemiya, gipoxloremik alkaloz, podagrani kuchayishi, quvvatsizlik, dispepsiya rivojlanishi mumkin. Bularni oldini olish uchun, kaliy dori vositalari KCl, asparkam, panangin berish kerak.
Siklometiazid – tuzilishi va farmakologik xossalari bo‘yicha dixlotiazidga o‘xshaydi, lekin undan taxminan 50marta kuchli. Ta’siri 2-4 soatdan keyin boshlanib, 10-12 soat davom etadi. Bir sutkali peshob miqdori 1,5-2,5 marta oshadi.
Klopamid va oksodolin – dori vositalari davomli ta’sirga ega. Klopamid kuchli ta’sirga ega va 8-18 soat, oksodolin esa taxminan 3 kun ta’sir etadi. Ta’sir mexanizmi asosan distal (va qisman proksimal) naychalarda natriy ionlarini reabsorbsiyasini susaytirish bilan bog‘liq. Ikkala dori vosita ham MITdan yaxshi so‘riladi. Buyrak va ichak orqali chiqariladi.
Qo‘llanishga ko‘rsatmalar va noxush ta’sirlari dixlotiazidnikiga o‘xshash.
Furosemid – juda kuchli tez va qisqa ta’sir etuvchi diuretik hisoblanadi. Kimyoviy tuzilishi dixlotiazidnikiga o‘xshash. Enteral va parenteral qo‘llanilganda ham samarador.
Ta’sir mexanizmi natriy va xlor ionlarini nefronlarning egri-bugri naychalarining nafaqat distal, balki proksimal qismlarida, hamda genli sirtmog‘ining ko‘tariluvchi qismining yo‘g‘on bo‘g‘imida reabsorbsiyasini susaytirishi bilan bog‘liq. Dori vosita kaliy ionlarni reabsorbsiyasini sustroq kamaytiradi. Karboangidraza fermenti faolligiga deyarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Atsidoz va alkalozda ham, bir xil ta’sir etadi, davomli qo‘llanilganda ham samaradorligi kamaymaydi. Ta’siri tez boshlanadi. M-n: venaga kiritilgach, bir necha daqiqadan so‘ng boshlanib, 1,5-3 soat davom etadi. Ichilganda 45-60 minutdan so‘ng boshlanib 4-8 soat davom etadi. Yaxshi tomoni shuki, furosemid boshqa diuretiklar samara bermagan xolatlarda ham yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Furosemid buyrakda qon aylanishini oshiradi. Organizmda peshob kislotasini to‘planishiga olib keladi. Kalsiy ionlarini ajralishini (organizmdan) kuchaytiradi, shu tufayli giperkalsiemiyada yaxshi natija beradi (giperparatireoidizm). Furosemid qon bosimini mo‘tadil tushiradi, chunki periferik qon tomirlarini kengaytiradi.
Ko‘rsatmalar: peshob haydovchi vositalar sifatida, xafaqonlik xastaligida o‘pka, bosh miya shishida, surunkali buyrak etishmovchiligida, o‘tkir zaharlanishda peshobni tezkorlik bilan ko‘paytirish uchun va dixlotiazidni qo‘llash zarur bo‘lgan barcha xolatlarda.
Noxush ta’siri: dixlotiazidlarnikiga o‘xshash. Furosemid qo‘llanilganda kaliy tuzlari ko‘p bo‘lgan parxez bo‘lishi kerak.
Diakarb – karboangidraza fermentini tanlab susaytiradi. Natijada karbonat kislotasining hosil bo‘lishi va bikarbonat va natriy ionlarning naychalar shilliq qavatidan so‘rilishi kamayadi. Hamda ularning miqdori peshobda ortadi. Bu o‘z navbatida peshob tarkibida suvni ko‘p ajralishiga olib keladi. Peshob pH ortadi, kaliyni ajralishi ham ortadi. Lekin xlor ionlarining ajralishi o‘zgarmaydi. qonning ishqoriy rezervi kamayadi va atsidoz rivojlanishi mumkin, bunda dori vositaning samaradoriligi kamayadi. Diakarb ta’sirida boshqa a’zolardagi karboangidraza fermenti faolligi susayadi. Jumladan, ko‘zda shu tufayli suyuqlik kamayadi. Orqa miya suyuqligi, oshqozon shirasi va boshqalar… Diakarb MITdan yaxshi so‘riladi. Ta’siri 1-3 soatdan so‘ng boshlanib, 10 soatgacha davom etadi. Lekin peshob ajralishi faolligi furosemid va benzotiadizinlarnikidan past.
Noxush ta’siri: uyqusirash, paresteziyalar, gipokaliemiya. Hozirda peshob haydovchi vosita sifatida kam qo‘llaniladi, lekin glaukoma, tutqanoq xastaliklarida qo‘llaniladi.
Etakrin kislotasi – faolliligi bo‘yicha furosemiddan kuchsiz bo‘lsa ham, ancha kuchli diuretik.
Ta’sir mexanizmi: furosemidnikiga o‘xshash, ya’ni bikarbonatlar ajralishini kuchaytirmaydi, qonning elektrolitlar tarkibini o‘zgartirmaydi. Dori vosita asosan proksimal naychalarda, natriy ionlarini, nefronning ko‘tariluvchi genli sirtmog‘i qismining semiz bo‘g‘imini butun yuzasi bo‘yicha, xlor ionlarini reabsorbsiyasini kamaytiradi. Kuchsiz bo‘lsa ham kaliy ionlarining ajralishini oshiradi. Organizmning kislota-ishqor muvozanati buzilgan xolda ham, diuretik xossasi yaxshi saqlanadi. Tomirga kiritilganda ta’siri 15 minutdan so‘ng boshlanib, 3-4 soat davom etadi. Ichilganda ta’siri 1-1,5 soatdan keyin boshlanib, 8 soatgacha davom etadi. Etakrin kislotasi qon bosimini o‘rtacha tushiradi. Bemorlar uni furosemidga nisbatan yomonroq qabul qiladi (ayniqsa, surunkali buyrak etishmovchiligida).
Noxush ta’siri: gipokaliemiya, gipoxlorimiya, alkaloz, bosh aylanishi, quvvatsizlik, dispepsiya, (karlik-eshitishni keskin susayishi). Anuriya va homiladorlikda qo‘llanilmaydi.
Ko‘rsatmalar: dixlotiazidnikiga o‘xshash.
Merkuzal (novurit) Hg-simob, Suksinatdegidrogenaza (SDG) fermentdagi –SH guruhini bloklaydi va shu tufayli suksinatdan vodorod atomini ajralishi keskin kamayadi. Natriy ionlarining qayta so‘rilishi uchun sharoit yaratilmaganligidan u peshob tarkibida, suvni biriktirgan holda ajraladi. Gipoxlorimik alkaloz chaqiradi, dori vositaning ta’siri unda keskin susayadi. Mushak ichiga kiritilsa, ta’siri 2-3 soatdan so‘ng boshlanib, 1 kun davom etadi.
Temisal, eufillin – ksantin hosilalari. Tomirlarni kengaytirib, buyrakda qon aylanishini tezlashtiradi va birlamchi peshob ko‘p hosil bo‘ladi. Lekin natriy va xlor ionlarining reabsorsiyasiga ta’sir etmaganligidan peshob ajralishini uncha kuchli oshirmaydilar. Kaliy ionlari peshob tarkibida ortadi. Asosan yurak-tomir etishmovchiligida samara beradilar.
Spironolakton – aldosteronning reseptorlarini qamal qiladi, natijada natriy ionlari qayta so‘rilmaydi va u xlor ionlari va suv bilan peshob tarkibida ajraladi. Lekin kaliy ionlari sekretsiyasini kamaytiradi va uning miqdori qonda oshadi. Bu asnoda spironolakton triamterenga o‘xshaydi. Spironolakton ta’sirida kislota-ishqor muvozanati o‘zgarmaydi. SHu sababli atsidoz va alkalozlarda ham samarador. Organizmda peshob kislotasini to‘planishiga olib kelmaydi. Lekin spironolakton kuchsizroq diuretikdir. Ta’siri asta-sekin rivojlanadi. (2-3 kun). Dori vosita qon bosimini tushiradi. Dori vosita odatda ichiladi.
Noxush ta’siri: giperkaliemiya, ginekomastiya, bosh aylanishi, terida toshmalar; Buyrak xastaliklarida qo‘llash mumkin emas.
Mannit – diuretik ta’siri organizmdan ko‘p miqdorida erkin suvni ajralishi bilan bog‘liq. Peshob tarkibida ko‘p miqdorda natriy ionlarini ajralishiga olib keladi. Kaliy ionlarini peshob tarkibida ajralishiga ta’sir etmaydi. Dori vosita konsentratsiyasi qonda qancha katta bo‘lsa, uning diuretik ta’siri shuncha yuqori bo‘ladi. Lekin buyrakning filtratsiyalash qobiliyati pasayganda ta’siri yuzaga chiqmaydi.
Ta’sir mexanizmi: dori vosita nefron ichida osmotik bosimni oshiradi, natijada natriy va suvning qayta so‘rilishi susayadi. Mannitni asosan tomirga kiritiladi. Peshob haydovchi va suvsizlantirish vositasi sifatida o‘pka, miya shishlarida ba’zan ko‘zning ichki bosimini pasaytirish uchun qo‘llaniladi.
Mochevina – mannitga o‘xshab ta’sir etadi. Lekin dori vositaning 50% qayta so‘rilib, qonda qoldiq azot miqdorini oshiradi. GEBdan yaxshi o‘tadi.
Triamteren – pteridin unumi. Distal va yig‘uvchi naychalar epiteliysini natriy ionlari uchun o‘tkazuvchanligini kamaytiradi va natriy so‘rilmaydi, peshob tarkibida suv bilan ko‘plab chiqariladi. Kaliy ionlarini chiqarilishini oshirmaydi, chunki kaliy ionlarining distal qismida sekretsiyasi pasayadi. Tiazid unumi bo‘lgan diuretiklar ta’sirida rivojlangan gipokaliemiyani kamaytiradi. Ular ta’sirini kuchaytiradi, shuning uchun ularni qo‘shib ishlatish yaxshi natija beradi. Triamterenning peshob haydash kuchi o‘rtacha. Triamteren spironolaktonga o‘xshab kaliy ionlarini jamg‘aruvchi (to‘plovchi) diuretiklar guruhiga kiradi. Peshob kislotasini ajralishini ajralishini biroz oshiradi. Dori vosita MITdan tez so‘riladi va ta’siri 15-20 daqiqadan so‘ng boshlanib, 8-12 soat davom etadi. Alkaloz, atsidozga va peshob kislotasini organizmda to‘planishiga olib kelmaydi.
Qo‘llanilishi: yurak tomir etishmovchiligida, jigar sirrozida va nefrotik sindromda yuzaga keladigan shishlarda.
Noxush ta’siri: dispepsiya, bosh og‘rig‘i, qon bosimini pasayishi. Ba’zan giperkaliemiya, azotemiya. Kamdan-kam hollarda giperglikemiya, giperurikimiya.
Amilorid – triamterenga o‘xshash, lekin uzoqroq ta’sir etadi (24 soatgacha). Tiazid unumlari bo‘lgan diuretiklardan ta’sir kuchi past. Ular bilan birga ishlatiladi.
Ammoniy xlorid – kislota hosil qiluvchi diuretiklarning tipik vakili. Ammoniy xlorid qonda NH3, H+ va Cl- aga parchalanadi. Xlor va vodorod ionlari bikarbonatlar bilan birikib H2O, CO2, NaCl hosil qiladi. Qonning ishqoriy zahirasi kamayadi va atsidoz rivojlanadi. Xlor ionlarining ortiqchasi natriy ionlari bilan birikadi va ularga mos ravishda suv peshob tarkibida ajraladi. Bunda oz miqdorda bo‘lsa ham, kaliy ionlarining ajralishi ortadi. Natijada peshob hajmi ortadi. Lekin ammoniy xloridning diuretik ta’sir kuchi sustroq va shuning uchun mustaqil dori sifatida ahamiyatga ega emas. Uni alkaloz chaqiruvchi diuretiklar bilan birgalikda qo‘llaniladi (simobli diuretiklar, etakrin kislotasi).

Download 52.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling