«Dizayn-furnicha» aj 016 yil 25 iyulda rossiyalik xorijiy hamkori bilan qayin navidagi 000 m


Download 16.51 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi16.51 Kb.
#242050
Bog'liq
5-мустақил иш


«Dizayn-furnicha» AJ 2016 yil 25 iyulda rossiyalik xorijiy hamkori bilan qayin navidagi 5 000 m3 yog‘ochni 1 kub metri 2 800 rubldan sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzdi. Yetkazib berish shartnomasiga ko‘ra, xaridor umumiy yog‘och qiymatining 50 foiz miqdoridagi summani yetkazib beruvchi bankining akkreditiv schyotiga oldindan o‘tkazib berishi kerak. «Dizayn-furnicha» AJ 2016 yil 1 avgustda yetkazib beruvchi bankida akkreditiv schyot ochdi va unga shartnomada ko‘rsatilgan summani o‘tkazdi. Akkreditiv schyot ochilgan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan rublning so‘mga nisbatan qiymati (keyinchalik 1 rublning so‘mga nisbatan kursi) 35 so‘mni tashkil qildi. Akkreditiv schyot ochish bilan bog‘liq xarajatlar o‘tkazilayotgan valyuta summasining 0,3 foiziga teng bo‘ldi. Bunda bankning akkreditiv o‘tkazma uchun komissiyasi o‘tkazmaning 0,1 foizini tashkil qildi. Bitim loyihasini tayyorlash jarayonida yuridik firmaga 8 000 rub. to‘landi, bitimni ro‘yxatdan o‘tkazish va yopish bilan bog‘liq xarajatlar esa bitim summasining 0,1 foiziga teng bo‘ldi.

Bundan tashqari, milliy valyutani rublga konvertatsiyalashda konvertatsiyalangan xorijiy valyuta summasining 0,15 foizi miqdorida komission mukofot to‘landi. 2006 yil 6 avgustda yog‘ochning jami partiyasi yuklandi. Yog‘ochni yuklab berish sanasidagi 1 rublning so‘mga nisbatan kursi 36 so‘mni tashkil qildi. Bitim shartlariga ko‘ra, yog‘och FOB - jo‘natish punkti shartlariga muvofiq yetkazib berildi. Shu munosabat bilan, fraxt xarajatlari (transport, ekspeditsiyalash, yuklash-tushirish ishlari, yetkazib berishni sug‘urtalash, transport tarasi uchun to‘lov va boshqalar) 3 500 000 rublni tashkil qildi va bu bo‘yicha hisob-to‘lov hujjati yuk-bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtirish kunida taqdim qilinadi. 2016 yil 14 avgustda yuk-bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtirildi va tasdiqlandi, unga ko‘ra davlat boj to‘lovi invoysda ko‘rsatilgan qiymatning 5 foizini, bojxonada rasmiylashtirish uchun to‘lov esa bojxona deklaratsiyasida ko‘rsa­tilgan tovar qiymatining 0,1 foizi tashkil qildi. Import qilinayotgan tovarlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) stavkasi boj qiymatining 20 foiziga teng. Yuk-bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilgan sanada 1 rublning so‘mga nisbatan kursi 36,5 so‘mni tashkil qildi. Yet­kazib berilgan yog‘och partiyasi 2006 yil 18 avgustda ombor mudiri tomo­nidan qabul qilindi va omborga kirim qilindi.



«Dizayn-furnicha» AJning yog‘ochni sotib olish bilan bog‘liq operatsiyalar buxgalteriya hisobida qanday aks ettiriladi?

Жавоблар:

тр

сана

Операция мазмуни

Дт

Кт

Сумма (минг)

1

01.08.2016

Пул маблаблаги Аккредитив счетга утказилди

5510

5010

490 000

2

01.08.2016

Етказиб берувчилан аванс туланди

4200

5510


7 000

3

01.08.2016


Банк харажатлари

9690

5510


42

4

01.08.2016

Банк фоизи

9610

5510

7

5.

01.08.2016


таннарх

9110

5510

8

6

01.08.2016

Комиссион мукофот

9430

5220

21

7

06.08.2016

Юк таннархи

9110

5510

3 500

8

06.08.2016

Бож ва ККС туланди

1510

6410

31 140

9

18.08.2016

Товарлар омборга кирим килинди

2910

6010

5 111 000

Download 16.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling