Djabbarov Ulug`bek Sana: 12/09/19 Sinf: 6 Fan nomi


Download 45.5 Kb.
Sana17.09.2020
Hajmi45.5 Kb.

Djabbarov Ulug`bek

Sana: 12/09/19 Sinf: 6 Fan nomi : Biologiya Darsning mavzusi: Gulli o’simliklarning hayotiy shakllari Dars maqsadi: a)ta’limiy maqsad: O`quvchilarga o‘simliklarning hayotiy shakllari to`g`risida nazariy bilim berish. Tabiat bilan munosabatda o‘z xatti-harakatlarini ongli ravishda belgilay olish, O‘simliklarning hayotiy shakllarini farqlay oladi, tashqi muhit o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushunadi va izohlay olish kompetensiya elementlarini yanda rivojlantirish. b)tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarni atrof-muhitga oqilona munosabatda bo`lishga o`rgatish, ona tabiatga, o`simliklar dunyosiga nisbatan mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash, gigiyenik, ekologik ma`daniyat kabi umummadaniy kompetensiya elementlarini shakllantirish. c)rivojlantiruvchi maqsad: Mustaqil o`qib o`rganish, erkin fikrlash, o`z fikrlarini asoslab berish ko`nikmalarini shakllantirish. O`z bilimini mustaqil ravishda oshirib borish kompetensiyalarini rivojlantirish
Dars turi: Aralash. Dars metodi: Savol-javob, klaster Darsda foydalaniladigan jihozlar: Tarqatma materiallar,darslik,mavzuga oid plakat. Darsning texnologik xaritasi

T/r

Dars bosqichlari

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism ( Navbatchi axboroti)

2

2

O’tgan mavzuda o’rganilgan BKMlar bo’yicha qisqa suhbat

10

3

Yangi mavzu bayoni

20

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10

6

Darsni xulosalash

a) O’quvchilarni baholash

b) Uy ishi berish


3


Yangi mavzu

0‘simliklaming tashqi muhitga har xil shaklda mosla-shishi hayotiy shakl deyiladi.

Gulli o‘simliklar hayotiy shakllariga ko‘ra daraxt, buta, yarimbuta, bir yillik, ikki yillik va ko‘p yillik o‘tlarga bo‘linadi.

Daraxtlar - bitta yo‘g‘on yog‘ochlashgan tanali, baquv- vat ildizli va keng shox-shabbali, baland bo‘yli ko‘p yil- lik o‘simliklar. Olma, o‘rik, yong‘oq va shaftolining shox- shabbasi yoyiq; qarag‘ay va terakniki g‘uj va tik; sadaqay- rag‘ochniki sharsimon bo‘ladi .

Tabiiy holda o‘sadigan daraxtlar sharoitga qarab bir- biridan keskin farq qiladi. Tog‘laming o‘rta qismidagi archa bo‘ydor bo‘lib o‘ssa, eng balandliklardagisi esa yerdan 0,5- 1 m ko‘tariladi, xolos. Bu hol o‘simliklami doimiy esib turadigan shamoldan va qishning qattiq sovuqlaridan saqlaydi.



Butalar - bir nechta yog‘ochlashgan poya - tanaga ega ko‘p yillik o‘simliklar. Ildizdagi qo‘shimcha kur- taklardan yangi yosh novdalar o‘sib chiqadi. Bularga irg‘ay, singirtak, na’matak, zirk, bodomcha, uchqat, anor, limon, qoraqat, ligustrum, nastarin kabi o‘simliklami misol qilib keltirish mumkin.

Yarimbutalar poyasining pastki qismi yog‘ochlashgan, yuqori yashil qismini qishda sovuq urib ketadigan ko‘p yil­lik o‘simliklardir. Cho‘llarda keng tarqalgan o‘simliklardan izen, keyreuk, teresken, sarsazan va shuvoq kabilar shular jumlasidandir .

Ko‘p yilik o‘tlar - yerusti qismi qishda qurib, o‘sish kurtaklari tuproq ostida qishlaydigan o‘simliklar. Bularga beda, ajriq, g‘umay, sachratqi, piskom piyozi, kiyiko‘t, sal- lagul, qoqio‘t, shirinmiya, iloq, lola, qamish, andiz, yalpiz, kovrak, gulsafsar singari o‘simliklar kiradi. Ikki yillik o‘tlar - birinchi yili urug‘dan ko‘karib chiqib, vegetativ organlar hosil qiladigan, ildizi va barglarida oziq moddalar to‘playdigan o‘simliklar. Ular ikkinchi yili gullab meva tugadi. Bularga lavlagi, sabzi, sholg‘om, sigirquyruq va boshqalar kiradi.

Bir yillik o‘tlar bir yil ichida urug‘dan unib chiqadi, o‘sadi, gullaydi va meva tugib, o‘z hayotini tugatadi

Qishloq xo‘jaligida o‘stiriladigan madaniy o‘simliklaming juda ko‘pchiligi bir yillik o‘simliklardir. Bularga g‘o‘za,bug‘doy, arpa, zig‘ir, yeryong‘oq, mosh, no‘xat, sholi, po- midor, qalampir, qovun, tarvuz, rayhon va boshqalar ki- radi. Bir yillik o‘tlar orasida juda mayda, yer yuzidan 5- 20 sm ko‘tarilib o‘sadigan momaqaltiroq, qo‘ytikan kabilarni, bo‘yi 1 m dan ham oshadigan kanakunjut, makkajo‘xori hamda kanopga o‘xshash o'simliklami ham ko‘plab uchra- tish mumkin. Shunday qilib, gulli o‘simliklar hayotiy shakllariga ko‘ra daraxt, buta, yarimbuta, ko‘p yillik, ikki va bir yillik o‘tlardan tashkil topgan.



Yangi mavzuni mustahkamlash:

1.Daraxtlar, butalar, yarimbutalar ko‘p yillik o‘tlardan nimasi bilan farq qiladi?

2.Yarimbutalarga xos qanday belgilami bilasiz?

3.Qishloq xo‘jaligida o‘stiriladigan bir yillik o‘simliklarga misol keltiring. Ulami madaniy o‘simlik deyish mumkinmi? Nima uchun?.



O’quvchilarni baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi
Uyga vazifa: Mavzuni o`qib konspektlashtirish.
Download 45.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling