- DNK qo`sh spiralining sxematik ko`rinishi
- Qo`shni azot asoslari orasidagi o`zak uzunasiga 0,34 nm ga teng va ularning
- biri ikkinchisiga nisbatan 36° ga buralgan. Binobarin, bitta to`la spiral 10 ta qo`sh
- asosni, ya’ni 10 ta nukleotidni o`z ichiga oladi va 3,4 nm uzunlikda bo`ladi.
- Spiralning diametri 2 nm ga teng. Ikki zanjir bir-biriga antiparallel, chunki
- dezoksiribozalar orasida fosfatdiefir bog`lari bir zanjirda 5¹→ 3¹ yo`nalishda,
- ikkinchisida esa 3¹→5¹ yo`nalishda o`qiladi.
- Ba’zi virus DNK lari yakka zanjirli tuzilishga ega. Yakka va qo`sh zanjirli
- DNK molekulalari ikki oxiri ulangan halqa shaklida ham bo`ladilar. DNK ning
- bunday xillari asosan bakteriyalarda va mitoxondriyalarda uchraydi.
- DNK ning uchlamchi strukturasi qo`sh spiralli molekulaning qo`shimcha
- buralishi natijasida hosil bo`ladi. U superspiral yoki egilgan qo`sh spiral
- ko`rinishiga ega.

- Xromosomada DNK ning struktura tuzilishi (nukleosomalar). Yuksak rivojlangan organizmlarda DNK xromosomalarda joylashgan. Xromosomalar
- shakli murakkab struktura tuzilishiga ega. Har bir xromosomada xromatin asosini
- tashkil etadigan bitta gigant DNK molekulasi joylashgan, uning molekulyar
- og`irligi taxminan 10¹¹, uzunligi bir necha sm atrofida.
- Xromatin tuzilishi bo`yicha molekuladan yuqori strukturaga ega bo`lib,
- tarkibida qo`sh zanjirli DNK molekulasi, oqsil, kam miqdorda RNK va anorganik
- moddalardan tashkil etilgan murakkab kompleks bor.
- Xromatin komponentlari
- nisbati foizlarda quyidagicha: DNK 30-45, gistonlar 30-50, giston bo`lmagan
- oqsillar 4-33 va RNK 1,5-10.
- Xromatin tarkibiga zich taxlangan DNK joylashgan bo`lib, asosiy qismi
- faol emas. Turli hujayralarda faol xromatin 2-11 % ni tashkil etadi. Bosh miya
- hujayralarida uning miqdori ko`proq – 10-11%, jigarda – 3-4 %; buyrakda – 2-3%.
- Elektron mikroskopda xromatin munchoq shaklida ko`rinadi: uning
- sharsimon kengaygan qismlari 10 nm atrofida, bir-biridan ipsimon qismlari bilan
- ajralgan. Kengaygan sharsimon bo`lagi nukleosomalar deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |