Dnkni bukkal epiteliydan ajratish


Download 15.45 Kb.
Sana07.01.2023
Hajmi15.45 Kb.
#1081679
Bog'liq
2 5213066853882009205

DNKni bukkal epiteliydan ajratish


O’tkaziladigan tajriba yordamida qurollanmagan ko’z bilan nuklein kislotalarni ajratishning oddiy va tezkor usuli amalga oshiriladi.


Kerakli materiallar: og‗iz bo‗shlig‗i shilliq qavati; 5% NaCl; etil spirti yoki izopropilen spirti muzlatilgan holda, xech bo‗lmasa yuzi muzlatilgan bo‗lishi maqsadga muvofiqdir; sovun eritmasi; kimyoviy buyoq eritmasi; shisha voronka; bir martalik qog‗oz salfetka; yog‗och tayoqcha; disstillangan suv; shisha stakan, kimyoviy probirkalar.
60 ml 5% NaCl eritamasi yordamida og‗iz bo‗shlig‗ida 1 daqiqa davomida chayqaladi. Hosil bo‗lgan eritmani kimyoviy stakanga solinadi. Ko‗pirtirmasdan eritma ustiga sovun eritamsidan 3 ml solinadi. Alohida stakanda 100 ml spirt ustiga kimyoviy bo‗yoq solinadi. Bukkal to‗qimaning sovunli eritmasi ustiga spirtli bo‗yoqni ehtiyotkorlik bilan stankan devor bo‗ylab solinadi. Natijada alohida ikki qatlamli eritma hosil bo‗ladi. So‗ng hosil bo‗lgan eritmani 2,5 daqiqaga qoldiriladi. Vaqt o‗tgach stakanga yog‗och tayoqcha solinganda stakandagi aralashma yopishqoq holga keladi.
Suyuqliklar chegarasida DNK cho‗kishi jarayonini oq ipsimon cho‗kma sifatida kuzatish mumkin. Ularni yog‗och tayochaga olish mumkin. Eritmadan olingan yog‗och tayoqcha quriganidan so‗ng ko‗rinmaydi, suvda yaxshi eriydi.
Olingan DNK eritmasida sifat reaksiyasi o‗tkaziladi va olingan natijalar kuzatish daftariga qayd etiladi.
Download 15.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling