Doktor voyjonim


Download 29.18 Kb.
bet1/2
Sana28.01.2022
Hajmi29.18 Kb.
#552427
  1   2
Bog'liq
DOKTOR VOYJONIM
e7ed8f8fb570d65420abbd4cd4b49b3045fde87b, Paxtakor 13-maktab 1-sinf O`qish Artikova U. 050419225631, Shaptakov Muxitdin investitsiya, Shaptakov Muxitdin investitsiya, pdf, fizikaviy kimyo, python-intro, Funksiya parametrlari va argumentlari Kelishuv bo’yicha argument, Funksiya parametrlari va argumentlari Kelishuv bo’yicha argument, Funksiya parametrlari va argumentlari Kelishuv bo’yicha argument, Andijon 50 yil, Funksiyalarini Nyuton formulalari yordamida approksimatsiyalash va egri chiziq yasash, Funksiyalarini Nyuton formulalari yordamida approksimatsiyalash va egri chiziq yasash, Alisherov Muhiddin DASTRULASH, 5-semenar

DOKTOR VOYJONIM
(parcha)
DOKTOR VA UNING HAYVONLARI
Bir doktor bor edi. U juda rahmdil odam bo‘lib, oti Voyjonim edi. Uning Varvara degan badjahl bir singlisi ham bor edi.
Doktor hammadan ko'ra hayvonlami yaxshi ko'rardi. Uning javonida quyonlar yashardi. Shkafida olmaxon, divanida tiprati- kan, sandig‘ida oq sichqonlar turardi. Shu uyning o‘zida qari ol, uning yonida sigir yashardi. Doktor Voyjonim hamma hayvonlari- dan ham Kika o'rdakni, Avva itni, kichkinagina Xur-xur cho'chqani. Karudo to'tini va Bum boyo‘g*lini yaxshi ko‘rardi.
Doktor Voyjonimning uyida shuncha hayvonlar bo‘lgani uchun singlisi Varvara unga do‘q qilib:

  • Bularingni hoziroq yo'qot! Ular faqat uylarni bulg'atadi, xolos. Bu iflos sichqon va cho'chqalar bilan birga turishni istamayman! — deb baqirdi.

Doktor unga qarab:

  • Yo‘q, Varvara, ular iflos emas. Ular mening uyimda turganiga juda xursandman, — dedi.

Doktorga ko'rinish uchun dunyoning hamma yog'idan bemor cho'ponlar, kasal baliqchilar, o'lin kesuvchilar, dehqonlar kelishardi, doktor ulaming har qaysisiga dori berardi, ular darrov tuzalib ketishardi.
Mabodo bironta qishloqi bolaning qo‘li chiqsa yoki bumi qonasa bormi, u darrov doktor Voyjonimning oldiga yugurib kelardi — qarabsizki, o‘n minutdan keyin u hech narsa ko'rmaganday soppa- sog‘, xushchaqchaq, to‘ti Karudo bilan bekinmachoq o‘ynab ke- tardi, boyo‘g‘li bo‘lsa uni shirinlik va olmalar bilan ziyofat qila boshlardi.
Bir kuni doktor oldiga juda qari bir ot keldi-da, sekingina:

  • Lama-vonoy-fifi-ku-ku! — dedi.

Doktor buning otlar tilida nima ekanini darhol payqadi. Buning ma’nosi: „Mening ko‘zim og'riyapti. Marhamat qilib, menga ko'zoynak bering“, — degani edi.
Doktor hayvonlar tilida gapirishni allaqachonlar o'rganib olgan edi. U otga qarab:

  • Kapuki-kapuki! — dedi.

Otlar tilida bu: „Marhamat, o‘tiring!“ — degani edi.
Ot o'tirdi. Doktor unga ko'zoynak taqdi, shu bilan otning ko‘zi tuzalib qoldi.

  • Chaka! — dedi ot, dumini silkitib, keyin ko'chaga chopib chiqib ketdi.

Ot tilida „Chaka" degani — ,,Rahmat“ degani bo'ladi.
Ko'zlari xiralashib qolgan hamma hayvonlar doktor Voyjonim- dan tezda ko'zoynak oladilar. Otlar, sigirlar, mushuklar va itlar ko'zoynak taqib yura boshladilar. Hatto keksa qarg'alar ham inlaridan ko'zoynaksiz uchmadilar.
Doktorga ko'rinish uchun keladigan hayvon va qushlar kundan-kun ko'payaverdi.
Toshbaqalar, tulkilar va echkilar kelaverdilar, turnalar va burgutlar uchib keldilar. Doktor Voyjonim ulaming hammasini davolayverdi, lekin hech qaysisidan pul olmadi, chunki it, qarg'a va ko'rshapalakda pul nima qilsin!
Tezda o'rmondagi daraxtlarga shunday e’lonlar yopishtirildi:
Qushlar-u hayvonlarga Kasalxona ochilgan.
Ko'ringani u yerga Boring albatta tezdan!
MAYMUN CHICHI
Bir kuni kechqurun, barcha hayvonlar uxlab yotgan paytda doktor eshigini allakim taqillatdi.

  • Kim u? — deb so'radi doktor.

  • Men, — deb javob qaytardi past ovoz bilan birov.

Doktor eshikni ochdi, uyga oriq va iflos bir maymun kirdi.
Doktor uni divanga o‘tqizdi-da:

  • Qayering og'riydi? — deb so'radi.

  • Bo'ynim! — dedi-da, maymun yig'lab yubordi.

Shu gapdan keyingina doktor uning bo'ynida arqon borligini ko'rdi.

  • Men yovuz sharmankachiningI qo‘lidan qochdim, — dedi- da, maymun yana yig'lab yubordi. — Sharmankachi meni urdi, qiynadi va arqonga bog'lab qayoqqa borsa, o'sha yoqqa sudrab bordi.

Doktor qo'liga qaychi olib, arqonni qirqdi va maymunning bo'yniga shunday ajoyib malham surtdiki, uning bo'ynidagi og'riq shu zahotiyoq qoldi. Undan keyin u maymunni tosda cho'miltirdi, unga ovqat berdi, keyin bunday dedi:

  • Maymunjon, menikida yashayver. Men sening xafa bo‘- lishingni istamayman.

Maymun juda quvonib ketdi. Lekin u doktor bergan katta- katta yong'oqlarni chaqib, stol oldida o'tirganda, uyga badjahl sharmankachi yugurib kirdi:

  • Maymunimni ber! — deb qichqirdi u. — Bu maymun meniki!

  • Bermayman! Hech ham bermayman! Maymunni qiyna- shingga toqatim yo'q, — dedi doktor.

Sharmankachi jahli chiqqan doktor Voyjonimning yoqasidan bo'g'ib, urmoqchi bo'lgan edi, doktor xotirjam turib:

  • Hoziroq jo‘nab qol bu yerdan! Agar yoqalashadigan bo'lsang, Avvani chaqiraman, etingni g'archcha uzadi.

Avva uyga yugurib kirdi-da:
„R-r-r-rW — dedi xo'mrayib turib.
Itlar tilida buning ma'nosi: „Qoch, bo'lmasa qopaman" degani edi.
Sharmankachi qo'rqib ketib, orqa-oldiga qaramay qochdi. Maymun doktornikida qoldi. Tezda hayvonlar maymunni yaxshi ko'rishib, unga Chichi deb nora qo'ydilar.
,,Chichi“ so'zi hayvonlar tilida ,,jimjit“ deganidir.
Tanya bilan Vanya uni ko'rishlari bilan baravariga:

  • Oho, rauncha antiqa-ya! Muncha ajoyib-a! — deb xitob qilishdi.

Keyin, shu zahotiyoq eng yaxshi o‘rtoq, dugonalari bilan o‘ynaganday, u bilan o'ynab ketdilar. Ular bekinmachoq ham, koptok otib ham 0‘ynadilar, keyin uchovlari qo‘l ushlashib olib, dengiz qirg‘og‘iga chopib bordilar, u yerda-chi, maymun ularga quvnoq maymunlar o’yinini o'rgatdi, bu o'yin hayvonlar tilida ,,Tkelli“ deb ataladi.
DOKTOR VOYJONIM ISH BILAN BAND
Har kuni doktor Voyjonimning oldiga davolangani hayvonlar kelishardi. Tulkilar, quyonjonlar, tulenlar, yovvoyi cho‘chqalar, bo'taloqlar — hammalari uzoq yurtlardan kelishardi. Birovning qomi, birovning tishi og'rir edi. Doktor ulaming hammasiga dori berar, ular bo‘Isa o‘sha zahoti sog'ayib ketishardi.
Bir kuni Voyjonimning oldiga dumi yuluq buzoqcha keldi, doktor bo‘lsa uning dumini ulab qo'ydi.
Undan keyin, uzoq yurtdagi o’rmondan, ko'zlaridan duv- duv yosh to‘kib, ona ayiq kelib qoldi. U oh-voh chekib ingrar, xo'rsinar, yig'lar edi: uning kaftiga kirgan kattakon zirapcha do‘g‘rayib chiqib turardi. Doktor zirapchani olib tashladi, yarani yuvdi va unga o‘zining ajoyib shifo dorisini surtdi.
Shu zahotiyoq ona ayiqning og‘rig‘i bosildi. Keyin itlar g'ajib tashlashiga sal qolgan kasal quyon surgalib keldi. Undan keyin qo‘y keldi, u juda qattiq shamollagan, hadeb yo'talar edi. Ulardan keyin ikkita jo‘jaxo‘roz kelishdi, ular yomon qo‘ziqorinlarni yeb qo‘yib, zaharlangan kurkani olib kelishdi. Doktor har bittasiga dori berdi, dorini ichganlar o‘sha zahotiyoq sog'ayib ketdilar va har bittasi unga ,,chaka“ deb aytdi.
Hamma kasallar ketib bo‘lgandan keyin, doktor Voyjonimning qulog‘iga eshigining narigi yog'ida allanimaning shuvillagan ovozi eshitildi.


Download 29.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling