Dolzarbligi, maqsadi, vazifalari, axamiyati, uni oʻrganish darajasi va kurs ishi boʻyicha oʻz oldiga qoʻygan masalalar mazmunini


Download 18.36 Kb.
bet1/3
Sana03.04.2023
Hajmi18.36 Kb.
#1323017
  1   2   3
Bog'liq
Курс ишини ёзиш учун кўрсатма


KURS ISHINING KIRISH qismida
Kirish qismida talaba tanlagan mavzuning dolzarbligi, maqsadi, vazifalari, axamiyati, uni oʻrganish darajasi va kurs ishi boʻyicha oʻz oldiga qoʻygan masalalar mazmunini qisqa (2-3 bet) bayon etadi.


ASOSIY QISMda
Asosiy qismda belgilangan savollarni yoritishda masalaga uzviy bogʻliq boʻlgan nazariy bilimlar bilan bir qatorda talaba tomonidan toʻplangan materiallar, statistik ma’lumotlar, iqtisodiy koʻrsatkichlar tahlil qilinadi. Olingan natijalar, yangiliklar, gʻoya va fikrlar ilmiy jixatdan asoslanadi va oʻrganilgan adabiyotlar, me’yoriy xujjatlar va boshqa manbalardan toʻplangan ma’lumotlar toʻla tahlil qilinadi. Ushbu yoʻnalishda bajarilgan ishlarning mamlakatimiz va xorijiy davlatlar tajribasi xam bayon etilishi maqsadga muvofiq keladi. Agar talaba mavzu boʻyicha olgan natijalarni tanqidiy baxolay olsa kurs ishining qiymati yanada oshadi. Asosiy qismda rasmlarva jadvallar matn ichida xam keltirilishi mumkin.
Nazariy tomondan oʻrganilayotgan masala chuqur yoritilgandan soʻng kurs ishini bajaruvchi nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan oʻzaro bogʻlay olishi kerak. Ish boʻyicha berilayotgan takliflar asosli boʻlishi va takliflar aniq, loʻnda va tushunarli qilib bayon qilinishi kerak.
Talaba kurs ishi matnini yozishda adabiyotlar va manbalardan olingan tsitatalar va mualliflarning qarashlari qoʻshtirnoq ichida berilishiga e’tibor berilishi lozim.
XULOSA qismida
Xulosa qismida kurs ishining barcha qismlari doirasida bajarilgan ishlarga umumiy yakun yasaladi. Ushbu kurs ishi doirasida erishilgan asosiy natijalar koʻrsatib oʻtiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI qismida
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatini tuzishda ishning xulosa qismidan keyin keltiriladi, roʻyxatga faqat ishni yozish jarayonida muallif tomonidan foydalanilgan adabiyotlar, qonunlar, qarorlar, maqolalar, tezislar, avtoreferetlar, jurnallar, gazetalar va x.k.lar kiritiladi.
Amaldagi «Xujjatlarni biblografik roʻyxatga olish» davlat standartiga muvofiq kurs ishlarida foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatida quyidagilar keltiriladi:
-kitob, monografiya, darslik, oʻquv qoʻllanmalar uchun muallif (lar) ning familiyasi, ismi, va otasining ismi bosh xarflari, kitobning nomi, nashr joyi (shaxar), nashriyot nomi, nashr yili, betlar ;
-toʻplamdagi maqolalar va tezislar uchun muallif (lar) ning familiyasi, ismi va otasining ismi bosh xarflari, maqola nomi, toʻplamning nomi, nashr joyi (shaxar) nashr yili, betlar toʻplamdagi maqola nomi toʻplam nomidan // belgisi bilan ajratiladi.
-jurnaldagi maqolalar uchun muallifning familiyasi, maqola nomi, jurnal nomi yili, betlari, maqola nomi xam jurnal nomidan // belgisi bilan ajratiladi.
Kurs ishida foydalanilgan manbaalar adabiyotlar roʻyxatidan alfavit boʻyicha joylashtiriladi. Agar talaba ayrim ma’lumotlarni internetdan olgan boʻlsa, muallif va ishning nomi keyin WEB sayti koʻrsatiladi.
Kurs ishini yozish jarayonida talaba adabiyotlarida keltirilgan boshqa olim va mutaxassislarning fikrlarini keltirish mumkin. Bunda y xollarda matnda ushbu adabiyotlardan foydalanilganlik belgisi qoʻllaniladi.
Ayrim vaqtlarda mavzuga oid qonunlar, xukumat qarorlari va me’yoriy xujjatlardan aynan koʻchirmalar keltiriladi. Bunda y xollarda satrosti izoxi beriladi.
Satr osti izoxlari saxifa soʻngida berilib, matnda xar bir saxifa uchun ketma – ketlik asosida raqamlanadi yoki yulduzchalar bilan belgilanadi.

Download 18.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling