Dori vositalari ta`minotini tashkil qilishda xalqaro tajriba Reja


Download 22.29 Kb.
bet1/3
Sana16.01.2022
Hajmi22.29 Kb.
#349407
  1   2   3
Bog'liq
Документ Microsoft Word (4)
yakuniy nazorat kun, 270 Maktab tabiiy fan oylig 2021, Pnevmotorakslar va ularni operativ davolash usullari, Pnevmotorakslar va ularni operativ davolash usullari, Fitopreparat, Dyushen miopatiyasi, TIBBIY, Sinf rahbari daftari namunasi 2020-2021, Sinf rahbari daftari namunasi 2020-2021, месопатамия, 4-бўлим, РАЗРАБОТКА ТЭО, 2011 Сборник задач по программированию Леонов, C masalalar to\'plami

Dori vositalari ta`minotini tashkil qilishda xalqaro tajriba

Reja:

1.Dori vositalarini ta`minotini tashkil etilishi tarixi: Jahonda va O`zbekistonda

2.Xalqaro amaliyotda farmatsevtik vasiylik

3.Dori vositalari sifatini nazorat qilishda jahon tajribasi


Hozirgi kunda amaldagi sog‘liqni saqlash bo‘yicha xalqaro huquqiy me’yorlar Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Birlashgan Millatlar tashkiloti (BMT) tomonidan qabul qilingan bir qator xalqaro huquqiy aktlarga asoslanadi. Shulardan 1948 yil 10 dekabrda BMTning Bosh assambleyasida qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi jahon urushi davrida vaxshiylik, inson huquqlarini poymol qilish va mensimaslikka javoban ishlab chiqilgan. Deklaratsiyada insonning hayotga, erkinlikka, shaxsiy dahlsizlikka va boshqa bir qator shu kabi “tabiiy” huquqlarga ega ekanligi ta’kidlanadi. Jumladan, Deklaratsiyaning 25-moddasida, har bir odam o‘zining va o‘z oilasining sog‘lig‘i va farovonligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan va o‘z ichiga ovqatlanish, kiyinish, yashash joyi, tibbiy va ijtimoiy xizmatlarni olgan hayot darajasida yashash huquqiga ega ekanligi belgilangan. Shuningdek, onalik va go‘daklik alohida parvarish va himoya uchun huquq berishi belgilangan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) (World Health Organization, WHO) Hukumatlararo kelishuvlar asosida tashkil etilgan BMTning ixtisoslashtirilgan tashkiloti. JSST 1946 yilda BMT Bosh assambleyasi qaroriga binoan tashkil etilgan. 2014 yil yarmi holatiga ko‘ra JSST tarkibiga 194 davlat kirgan. JSTning bosh organi Butunjahon sog‘liqni saqlash assambleyasi hisoblanib, uning rezolyusiyalari bilan JSSTning asosiy hujjatlari qabul qilinadi. Hozirgi kunga kelib, JSSTning vazifalariga quyidagilar kiradi: salomatlik uchun favqulotda ahamiyatga ega bo‘lgan masalalarda tashkilotning yetakchiligini ta’minlash va ularni yechish uchun davlatlararo sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish; ilmiy tadqiqotlar sohasida kun tartibini ishlab chiqish, qimmatli bilimlar olish va tarqatishni rag‘batlantirish; sog‘liqni saqlash sohasida me’yorlar va standartlarni o‘rnatish va ularga rioya etilishiga ko‘maklashish va nazorat qilish; sog‘liqni saqlash sohasida siyosatni amalga oshirishga bo‘lgan yondashuvlarni aniq sharoitlardan kelib chiqqan holda tahlil qilish, jumladan etika masalalarini yechish; texnik ko‘makni ta’minlash, ijobiy o‘zgarishlarni faollashtirish va mazkur o‘zgarishlarga olib keluvchi tegishli dasturlarni amalga oshirish; sog‘liqni saqlash sohasida vaziyatni nazorat qilish va uning o‘zgarish dinamikasini baholash.

  1. Sog‘liqni saqlash sohasining ijtimoiy yo‘nalishi va ahamiyati jamoa va davlatning e’tibor markazida turadi. Sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga bog‘liq. Masalan: AQSH va Meksikada bu holat yuqori darajada.”

2. Dori vositalari ta’minotini tashkil etishning asosiy qoidalari: JSST (Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti) tavsiyalari.

Dori-darmon vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha JSST strategiyasining boshlang‘ich nuqtasi 1975 yilda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining 28-yig‘ilishi bo‘lib, u JSSTga a’zo davlatlarga quyidagi vazifalarni bajarishda yordam berishga chaqirdi:

- milliy sog‘liqni saqlash tizimi uchun ustuvor vazifa bo‘lgan asosiy (hayotiy mahim) dori-darmonlar ro‘yxatini aniqlash;

- milliy dori siyosatini ishlab chiqish;

- aholini yuqori sifatli dori-darmonlar bilan ta’minlash;

- dori vositalari ta’minoti va ulardan foydalanishning turli jihatlari bo‘yicha mutaxassislarni o‘qitish va tayyorlash.

1977 yilda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari tomonidan asosiy dorilarning birinchi taxminiy ro‘yxati tayyorlandi.

1978 yilda Olmaota shahrida o‘tkazilgan Butunjahon Sog‘liqni Saqlash konferensiyasida asosiy dori vositalari bilan ta’minlash birlamchi tibbiy-sanitar yordam tarkibiga kiritildi.

1988 yilda JSSTning Milliy dori siyosati bo‘yicha mutaxassislar qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan. “Milliy dori siyosatini ishlab chiqish” bo‘yicha qo‘llanma a’zo davlatlar uchun e’lon qilindi. 2001 yilda ushbu qo‘llanmaning ikkinchi kengaytirilgan va yangilangan nashri paydo bo‘ldi (Howtodevelop..., 1988).

Xalqaro bolalar fondi.1946 yilda Ikkinchi jahon urushi paytida zarar ko‘rgan bolalarga yordam berish uchun favqulodda vaziyat tashkiloti sifatida tashkil etilgan xalqaro tashkilot (United Nations International Children’s Emergency Fund, UNICEF). 1953 yilga kelib, jamg‘armaning asosiy vazifalari bajarildi, ammo BMT bu doirani kengaytirdi va uning muddatini uzaytirdi, tashkilot UNICEFning qisqartirilgan qisqartmasini saqlab, hozirgi nomini oldi. Jamg‘arma Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya asosida boshqariladi va bu huquqlar ahloqiy tamoyillar va bolalarga nisbatan xulq-atvorning xalqaro standartlari bo‘lishini ta’minlashga intiladi. UNISEF Vaksinalar va Immunizatsiya bo‘yicha global alyans (GAVI) tomonidan moliyalashtirilgan bolalarni himoya qilish dasturlari, jumladan, emlash sohasida keng qamrovli dasturlarga ega.



BMTning OIV/OITS bo‘yicha qo‘shma dasturi.Qisqa atamasi UNAIDS (YUNEYDS). BMT tizimida o‘nta tashkilot (shu jumladan, UNISEF) tomonidan boshqariladigan OIV/OITS epidemiyasi bilan kurashish bo‘yicha maxsus dastur. 1994 yilda tashkil etilgan. YUNEYDS OIVning oldini olish va davolash, bemorlarni parvarish qilish va qo‘llab-quvvatlashning barcha uchun maqbulligini ta’minlashga bag‘ishlangan. YUNEYDS turli xalqaro tashkilotlar va guruhlarning sa’y-harakatlarini muvofiqlashtiradi, OIV/OITS epidemiyasi bilan kurashishga qaratilgan faoliyatni qo‘llab-quvvatlaydi, OIV/OITS faoliyati global darajadagi samaradorligini tahlil qiladi va nazorat qiladi. Global Jamg‘arma tomonidan OITS, sil va bezgakka qarshi kurashda moliyalashtirilgan dasturlarni amalga oshiradi.

BMTning aholishunoslik jamg‘armasi (YUNFPA)(The United Nations Population Fund, UNFPA).U rivojlanayotgan davlatlarga va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlariga reproduktiv salomatlikni saqlash, mas’uliyatli jinsiy hatti-harakatlarni rivojlantirish, individual qarorlar asosida oilani rejalashtirish xizmatlarini rivojlantirishga qaratilgan faoliyatlar bo‘yicha demografik muammolarni hal qilish bo‘yicha BMT tizimining operativ faoliyatini boshqaradi.

Jahon sogliqni saqlash tashkiloti tomonidan qabul qilingan kelishuvlar



  • Tamakiga qarshi kurashish JSST doiraviy konvensiyasi(2003)

  • Ovqat ratsioni jismoniy faollik va salomatlik sohasida global strategiya(2004y)

  • Xalqaro tibbiy sanitariya qoidalari

  • Spirtli ichimliklar zararli iste`molini kamaytirish bo`yicha global strategiya



Download 22.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling