Dori vositalarini ishlab chiqarishda sertifikatsiyalashtirish tartibi reja


Download 109.82 Kb.
bet8/10
Sana09.09.2022
Hajmi109.82 Kb.
#803547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
DORI VOSITALARINI ISHLAB CHIQARISHDA SERTIFIKATSIYALASHTIRISH TARTIBI
BIRLASHGAN ARAB AMIRLIKLARIDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK RIVOJLANISHI, Rus tili Madinabonu, axborot texnologiyalar test, Hujjat (1), Mavzu Nominal va real yalpi milliy mahsulot, ularning nisbati v-fayllar.org, Erkinov A 1-lab, referat kk, Tarmoqni dasturlash asoslari, 2 5382177153892749499, 13.Лекция кк этнологтя 4-к, 1-semenar mashg\'ulot, 7. Funksiya hosilasi, Туркменская литература, O’qitish vоsitalari va ko`rgazmali qo`llanmalar, Обучение письму
13-modda. Farmakologik nazorat
Farmakologik nazorat dori vositasidan uning qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomaga muvofiq foydalanilganda odamda kuzatiladigan, organizm uchun bexosdan va noxush ta’sir ko‘rsatadigan nojo‘ya reaksiyalarni aniqlashga, baholashga va ularning oldini olishga qaratilgan faoliyatdir.
Davolash-profilaktika muassasalari, dorixonalar hamda dori vositalarini ishlab chiqaruvchi, realizatsiya qiluvchi va qo‘llovchi tashkilotlar dori vositalarining qo‘llanilishi chog‘ida nojo‘ya reaksiyalar aniqlangan barcha holatlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligini yozma shaklda xabardor qilishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi dori vositalarining qo‘llanilishi chog‘ida aniqlangan nojo‘ya reaksiyalarga baho beradi, baholash jarayonida nojo‘ya reaksiyaning klinik ko‘rinishlari va dori vositasining qo‘llanilishi o‘rtasidagi sabab-oqibat bog‘lanishlari, shuningdek kutilayotgan foydaning dori vositalari qo‘llanilishining ehtimol tutilgan xavfiga nisbati aniqlanadi.
Kutilayotgan foydaning dori vositalari qo‘llanilishining ehtimol tutilgan xavfiga nisbatining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi faktlar aniqlangan taqdirda ishlab chiqaruvchilar va ularning vakillari salbiy oqibatlarni bartaraf etishga, odamning hayotiga yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilishining oldini olishga, bunday dori vositalarining qo‘llanilishidan muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rishi shart.
Dori vositasi qo‘llanilganda dori vositasining xavfsizligi va samaradorligiga doir belgilangan talablarga uning nomuvofiqligi to‘g‘risidagi dalillar aniqlangan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bunday dori vositasini muomaladan chiqarish yoki uning qo‘llanilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi.
14-modda. Dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika to‘g‘risidagi axborot va dori vositalarining reklamasi
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytiga:
Tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestrida;
Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan orfan dori vositalari ro‘yxatida;
Kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga tashxis qo‘yish va ularni davolash uchun mo‘ljallangan tibbiy buyumlar ro‘yxatida;
Retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxatida;
Asosiy dori vositalari ro‘yxatida;
O‘ta xavfli infeksiyalar, shuningdek epidemiologik jihatdan xavf tug‘diradigan infeksiyalar profilaktikasida, ularga tashxis qo‘yishda va ularni davolashda qo‘llaniladigan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyurtmasi bo‘yicha import qilinadigan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ro‘yxatida;
Tibbiy buyumlar ro‘yxatida ko‘rsatilgan axborot joylashtiriladi.
(14-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi O‘RQ-629-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son)
Retseptsiz beriladigan dori vositalari to‘g‘risidagi axborot ommaviy axborot vositalarida, shuningdek ixtisoslashtirilgan bosma nashrlarda, dori vositalarining tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomalarda berilishi mumkin.
Retsept bo‘yicha beriladigan dori vositalari to‘g‘risidagi va tibbiy buyumlar haqidagi axborot faqat tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan bosma nashrlarda, dori vositalarining va tibbiy buyumlarning tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomalarda beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Dori vositalarining reklamasi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(14-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 22-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-dekabrdagi 341-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan dori vositalarini reklama qilishga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom, “Reklamani joylashtirish to‘g‘risida”gi nizomning 8,9-bandlari, 16-bandining “t” kichikbandi, 17 — 181-bandlari (ro‘yxat raqami 1024, 06.04.2001-y.).

Download 109.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling