Dorivor o‘simlik xom-ashyosini sifatida quyiladigan talablar


Download 16.68 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi16.68 Kb.
#1020372
Bog'liq
jamshid 1


DORIVOR O‘SIMLIK XOM-ASHYOSINI SIFATIDA QUYILADIGAN TALABLAR
REJA

  1. Dorivor mahsulotlar va ularning turlari

  2. Dorivor o‘simliklarning dorivor organlarini tayyorlash muddatI

  3. 3.Dorivor usmliklarga quyiladigan talablar

O‘simliklar o‘z tarkibida turli kasalliklarga shifo bo‘ladigan, inson organizmiga shifobaxsh ta’sir etadigan biologik faol moddalarni sintez qiladi va saqlaydi. SHu sababli ular dorivor o‘simliklar deb ataladi va tibbiyotda dorivor vositalar sifatida qo‘l-laniladi. Biologik faol moddalar o‘simliklarning hamma organlarida bir xil miqdorda to‘planmaydi, ular asosan o‘simliklarning er ostki organlarida – ildizi, ildizpoyasi, tuganagi yoki piyozida yig‘ilsa, ba’-zilari aksincha, er ustki qismida – bargi, guli, mevasi, urug‘i, po‘stlo-g‘ida to‘planadi.Dorivor xom-ashyo tayyorlash va ular asosida dori preparatlar tay-yorlash yoki ularni sof holda ajratib olish uchun o‘simliklarning aynan shu biologik faol birikmalar ko‘p yig‘ilgan organlaridan foydalani-ladi. Dori tayyorlash, dori preparatlari yoki sof holdagi dori modda-lar olish uchun ishlatiladigan biologik faol birikmalarga boy bo‘lgan o‘simlik organlari dorivor mahsulot deb ataladi. Dorivor mahsulot sifatida o‘simlikning barcha organlari (bargi, guli, mevasi, urug‘i, po‘stlog‘i, kurtagi, ildizi, ildizpoyasi, tuganagi, piyozboshisi) ayrim hollarda o‘simlikning butun er ustki qismi qo‘llanilishi mumkin. Ba’zan o‘simlik organlaridan birlamchi ishlov berish yo‘li bilan (efir moylari, yog‘lar, shira, sharbat) yoki o‘sib turgan o‘simlikdan (smola, daraxt elimlari, daraxt shirasi) olingan moddalar ham dorivor mahsulot bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash Vazirligi dorivor vositalarni standartlashtirish bo‘yicha ishlarni ilmiy-texnik boshqarmasi faoliya-tini koordinatsiyalaydi. Fan va texnika taraqqiyotiga hamda ilg‘or taj-ribalarga asoslangan holda standartlashtirish texnika taraqqiyotini jadallashtirish, ijtimoiy mehnat unumdorligini oshirish hamda ish-lab chiqariladigan mahsulot sifatini yaxshilashga qaratilgan majbu-riy me’yorlar, talablar va qoidalarni davlat korxonalariga, muassa-larga, tashkilot va idoralarga rejali ravishda tatbiq etish bilan halq xo‘jaligini idora qilishda katta xizmat qiladi. Dorivor vositalar va dorivor o‘simlik mahsulotlari uchun norma-tiv-texnik hujjatlar Sog‘liqni saqlash Vazirligi tomonidan tasdiq-langan soha standart OST 42-1-71 “Dorivor vositalar va dorivor o‘simlik mahsulotlariga normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartiblari”ga binoan tuziladi. Normativ-tex-nik hujjatlar dorivor vositalar sifatini doimiy ravishda yaxshila-nishini ta’minlashi hamda o‘z talablarini fan va texnika yutuqlari asosida doim mukammallashtirishi kerakDorivor mahsulotlar o‘simlik tarkibida biologik faol moddalar ko‘p to‘plangan, ya’ni sifati oshgan davrda tayyorlanadi va dorivor pre-paratlar uchun ishlatiladi. SHunga ko‘ra, mahsulotlar o‘simliklardan turli fasllarda yig‘iladi va ular o‘z qimmatini yo‘qotmasligi uchun zudlik bilan quritiladi yoki quritilmay farmatsevtika zavodi, fabr i-ka va laboratoriyalariga yuboriladi. Dorivor o‘simliklarni terishni soat 900-dan soat 1600 gacha o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Terilgan xom-ashyo quritish joyiga terilgandan 3-4 soatdan so‘ng kechiktirmay kelti-rilishi zarur. Odatda, o‘simliklarning er ustki yashil massalari –barglari, yashil poyalari- gullash davrida, mevalari- etilishi davrida, ildizlari va ildizpoyasi esa kech kuzda faol ta’sir etuvchi moddalarini o‘zida ko‘p saqlaydi. O‘simliklarning bargi, guli, yashil poyalari quruq xavoda, ertalab-ki shudring ko‘tarilganidan so‘ng yig‘ilishi lozim, shudringi bilan tayyorlangan xom-ashyo tezda qorayib qoladi. Dorivor o‘simliklarni er ustki qismlarini savatlarga zichlashtirmasdan joylashtirish kerak. Ho‘lligicha ishlatilmaydigan mahsulotlarni o‘z vaqtida quritilmasa, o‘simlik organlari namlik va issiqlik ta’sirida qizib, tarkibidagi biologik faol moddalar parchalanadi, dorivor o‘simliklar o‘z qimmati-ni yo‘qotadi. Dorivor xom-ashyo mahsulotlarini tayyorlash muddatlari har bir dorivor o‘simlik uchun turlichadir. Dorivor xom-ashyoni yig‘ish qisqa davrlarda amalga oshiriladi. O‘simlikning dorivor xom-ashyo tayyorlash maqsadlarida quyidagi organlari tayyorlanadi : NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:
1. Dorivor mahsulotlar va ularning turlariga tavsif bering? 2. Dorivor o‘simliklarning dorivor organlarini tayyorlash muddat-larini aytib bering? 3. Dorivor o‘simliklar xom-ashyosini tayyorlash va quritishning zamo-naviy usullarini ayting? 4. Dorivor o‘simliklar mahsulotlarini caqlash usullari va bosqichlarini sanab bering?
Download 16.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling