Dorivor o‘simliklar


Download 23.04 Kb.
Sana27.09.2022
Hajmi23.04 Kb.
#822953
Bog'liq
3-topshiriq
8. Suyuqliklarda energiyaning yo’qotilishi, 6d9d7bfe0b35a1c654bc67eaf05c1e8c-4, 98b0c0ad-96f2-42ce-8a60-6a4961a50817, 7 8 9 amaliy MI, Xalqaro, JAs2, Jas222, Test for 7th cl-WPS Office, Test for 7th cl-WPS Office, Iogann genrix pestalotssining pedagogic qarashlari, ???????????????????????????????????? ???????????????? ????????????????????‍????, ???????????????????????????????????? ???????????????? ????????????????????‍????, ???????????????????????????????????? ???????????????? ????????????????????‍????, ???????????????????????????????????? ???????????????? ????????????????????‍????

DORIVOR O‘SIMLIKLAR.
Dorivor о‘simliklar haqida umumiy ma’lumot. Dorivor о‘simliklar qadimdan insoniyat tomonidan turli kasalliklarni davolashda ishlatib kelingan. Ularni turlari juda kо‘p bо‘lib yer yuzining hamma hududida (regionida) ishlatiladiganlaridan tashqari har bir hududning о‘ziga xos dorivor о‘simligi ham bо‘ladi. Ammo, xalq tabobatida va an’anaviy (traditsion) tibbiyotda qо‘llaniladigan dorivor о‘simliklarning hammasi hali ilmiy tibbiyotda о‘z о‘rnini egallagani yо‘q. Lekin ularning ba’zi birlari shu vaqtgacha davosi topilmagan kasalliklarga shifo bо‘lishi ham mumkin. Ma’lumki, xalq tabobatida qо‘llaniladigan dorivor о‘simliklar soni ilmiy tibbiyotda ishlatiladiganlaridan ancha kо‘p. Masalan, О‘zbekiston xalq tabobatida 500 dan ortiq о‘simliklardan shifobaxsh vosita sifatida foydalaniladi, lekin shulardan 100 dan ortig‘igina ilmiy tibbiyotda ishlatiladi. Agarda xalq tabobatida kо‘llaniladigan о‘simliklar har taraflama va chuqur о‘rganilsa, ular ichidan shifobaxsh xususiyatga ega bо‘lganlarini topilishi aniq. Odamlar kо‘pincha dorivor о‘simliklarni yig‘ib, undan uy sharoitida о‘zlari dori tayyorlab oladilar. Bu notо‘g‘ri, chunki о‘simlikning qandayligini bilmay turib tayyorlangan dori yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, tabiatda tashqi kо‘rinishidan dorivor о‘simliklarga о‘xshagan zaharli о‘simliklar ham uchraydi. Shuning uchun dorivor о‘simliklarni yig‘ishdan avval ularning botanik alomatlarini, yig‘ib olinadigan muddatini bilish kerak bо‘ladi. Dorivor moddalar о‘simliklarning ba’zilarida kurtagida, bargida yoki poyasida, ba’zi о‘simliklarning guli yoki mevasida, ba’zilarining esa ildizi yoki pо‘stlog‘ida tо‘planishi mumkin. Yuqorida aytilgandek, kо‘pchilik dorivor о‘simliklar tarkibida kuchli ta’sir kо‘rsatuvchi zaharli moddalar bо‘ladi. Bunday dorivor о‘simliklardan tayyorlangan dorilarda zaharli moddalar dozasi bir oz ortiqroq bо‘lsa ham kuchli zaharlaydi yoki turli kasalliklarga yо‘liqtiradi. Adonis, angishvonagul, bangidevona, belladona, itsigak, isiriq, kuchala, kо‘knori, maralquloq, mingbosh, mingdevona, omonqora, qirqbо‘g‘in, qonchо‘p va boshqa shunday zaharli dorivor о‘simliklar jumlasidandir. Shuning uchun ularni ishlatishda belgilangan dozalarga qat’iy amal qilish kerak. Hozirgi kunda ilmiy tibbiyotda qо‘llanilayotgan kо‘pchilik dorivor о‘simliklar aslida xalq tabobatidan olingan. Shuning uchun xalq tabobatining dorivor о‘simliklari yangi, samarador fitopreparatlar yaratish maqsadida ilmiy-tekshirish ishlari olib borishda bitmas-tuganmas manbadir. Ilmiy tibbiyotda qо‘llaniladigan dorivor о‘simliklar. Ilmiy tabobatda ishlatiladigan dorivor о‘simliklarning aksariyati asrlar davomida xalq ishlatib kelgan о‘simliklardan olingan. О‘zbekistonda dorivor о‘simliklardan kо‘proq anor, achchiqmiya, bodom, dorivor gulxayri, yong‘oq, jag‘-jag‘, zubturum, isiriq, itsigek, omonqora, pista daraxti, sachratqi, choyо‘t, REJA: 1. Dorivor о‘simliklar haqida umumiy ma’lumot. 2. Ilmiy tibbiyotda qо‘llaniladigan dorivor о‘simliklar. 3. Dorivor о‘simliklardan damlama va qaynatmalar tayyorlash. 4. Dorivor о‘simliklarning guruhlanishi. 5. Dorivor о‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi. Asosiy tushunchalar: xalq tabobati, ilmiy tibbiyot, damlama, qaynatma, zaharli dorivor о‘simlik, fitopreparat, yer ostki organlar, yer ustki organlar, dorivor vosita, dorivor yig‘ma, dorivor choy, xalq tabobati, ilmiy tibbiyot. O’zbekistonning foydali o’simliklari 2 shildirbosh, shirinmiya, shuvoq, yantoq, qizilcha, qoqiо‘t va boshqalar tarqalgan. Achchiqmiyadan paxikarnin, isiriqdan garmin, itsigekdan anabazin, omonqoradan galantamin, shildirboshdan sferofizin alkoloidlari olinadi. Anor pо‘stidan gijja haydovchi pelterin tanat va ekstrakt tayyorlanadi. Dorivor gulxayri preparatlari balg‘am kо‘chiruvchi va yumshatuvchi, jag‘- jag‘ va lagoxilus dorilari qon ketishni tо‘xtatuvchi, pista bujg‘uni va choyо‘tdan tayyorlangan dorilar meda-ichak kasalliklarini davolovchi sifatida ishlatiladi. Dorivor о‘simliklarni 2 xil tavsiflash qabul qilingan: 1. Ta’sir qiluvchi moddalarning tarkibiga qarab - alkoloidli, glikozidli, efir moyli, vitaminli va boshqalar. Bu guruh vakillari tо‘g‘risida kimyoviy tasnif mavzusida aytib о‘tildi. 2. Farmokologik kо‘rsatkichlariga qarab — tinchlantiruvchi, og‘riq qoldiruvchi, uxlatuvchi, shuningdek, yurak-tomir tizimiga ta’sir qiluvchi, markaziy nerv tizimini qо‘zg‘atuvchi, qon bosimini pasaytiruvchi va boshqa dorivor о‘simliklar. Toshkentdagi kimyo-farmatsevtika zavodlarida О‘zbekistonda о‘sadigan va ekib о‘stiriladigan dorivor о‘simliklardan turli-tuman dorilar tayyorlanadi. Masalan, oqqurayning ildizi va mevasidan pesni davolashda qо‘llaniladigan psoralen, yapon soforasi g‘unchasidan vitamin A dek ta’sir etuvchi rutin, omonqoradan galantamin alkoloidi, kendordan strofantin, simarin, yurak glikozidlari va boshqa preparatlar olina boshlandi. Bemorlarni davolashda qadimdan ishlatib kelinadigan an’anaviy dori turlaridan (qaynatma, nastoyka, ekstrakt, damlamadan) tashqari dorivor о‘simliklardan fitopreparatlar ham olinadi. Dorivor о‘simliklardan fitopreparatlar olish uchun oldin ularning kimyoviy tarkibi chuqur о‘rganilishi lozim. Buning uchun о‘simliklarning asosiy ta’sir qiluvchi moddasi aniqlanadi, uni ajratib olib, tuzilishi, fizik va kimyoviy xossalari hamda farmakologik xususiyati о‘rganiladi. Asosiy ta’sir etuvchi modda о‘simlikning о‘sishining qaysi davrida va qaysi qismida kо‘p tо‘planishi aniqlanadi, ajratib olish va birga uchraydigan moddalardan tozalash hamda sifat va miqdoriy aniqlash usullari ishlab chiqiladi. О‘simlik о‘sish davrida uni tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi moddaning miqdoriy о‘zgarishi va bu о‘zgarishga sababchi omillar о‘rganilib, mahsulotni tayyorlash vaqti aniqlanadi. Keyinchalik о‘simlikdan olingan fitopreparatning farmakologik ta’siri о‘rganilib, klinika (shifoxona) sharoitida tekshirilib kо‘rilgandan sо‘ng tibbiyot sohasida ishlatishga tavsiya qilinadi. Dorivor о‘simliklarning bunday о‘rganish albatta tibbiyotda ishlatish uchun fitopreparat yaratish bilan yakunlanishi kerak. Biz dori-darmonlardan foydalanayotganimizda, kо‘pincha ularni shifobaxsh о‘simliklardan tayyorlanayotganini xayolimizga ham keltirmaymiz. Masalan: kardiovalen — yurak kasalliklarini davolashda qо‘llaniladigan sifatli dorilardan bо‘lib, u dо‘lana, asarun (valeriana), sariqgul (adonis) va boshqa bir qancha о‘simlik turlaridan tayyorlanadigan murakkab birikmadir. Hozirgi vaqtda tibbiyotda ishlatiladigan 900 dan ortiqroq xil dori-darmonlarning uchdan bir qismi dorivor о‘simliklarning mahsuli hisoblanadi. Yurak kasalliklarini davolashda foydalaniladigan dorilarning 77% i, jigar va oshqozon-ichak yо‘llarida uchraydigan kasalliklarni davolaydigan dorilarning 74% i, bachadon kasalliklariga qarshi ishlatiladigan dorilarning 80% i shifobaxsh о‘simliklardan tayyorlangandir. Dorivor о‘simliklardan damlama va qaynatmalar tayyorlash. Dorivor yig‘malar qadimgi dori turlariga kiradigan, uy sharoitida ishlatishga qulay va dorivor о‘simliklarni ishlatishning eng oddiy shakli bо‘lgan dori turidir. Dorivor yig‘malar va choylar ma’lum bir kasallikni davolashga mо‘ljallangan bir nechta dorivor о‘simliklarning yirik maydalangan mahsulotlarining aralashmasidir. Yig‘malar va choylar qat’iy dozalanmagan (dozalarga - iste’mol qilinadigan miqdorlarga bо‘linmagan), taxminiy dozalanadigan dori turi bо‘lgani uchun, ularni odatda zaharli va kuchli ta’sir qiluvchi о‘simliklardan tayyorlanmaydi. Taxminiy dozalash ham yig‘ma yoki choydan dori turi tayyorlovchi shaxs (bemorning о‘zi yoki unga dori tayyorlab beruvchi) zimmasiga yuklangan. Masalan, bir osh qoshiqda (yoki choy qoshiqda) olib, bir stakan qaynab turgan suvda damlanadi O’zbekistonning foydali o’simliklari 3 va hokazo. Yig‘ma va choylar ishlatilishiga qarab quyidagicha bо‘lishi mumkin: 1. Og‘rigan yerga qizdirib (yoki qaynatib) bosiladigan (yoki bog‘lanadigan) yig‘ma va choylar. 2. Vanna qilish uchun yig‘ma va choylar. 3. Damlama va qaynatmalar tayyorlash (iste’mol qilish) uchun yig‘ma va choylar. 4. Chekish uchun yig‘ma va choylar va boshqalar. Bu yig‘ma va choylar bir-biridan tarkibi hamda tayyorlash texnologiyasi (usullari) bо‘yicha farq qiladi. Dorivor yig‘malar va choylar qadimdan dorixonalarda tayyorlanib kelingan. Lekin dorixonalar sharoitida kо‘p miqdorda dorivor о‘simliklar mahsulotini maydalash, aralashtirish qiyinligini hisobga olib, hozirgi vaqtda ularni farmatsevtika sanoatining korxonalarida tayyorlanadi. Ular quyidagicha tayyorlanadi: yig‘ma va choylar tarkibiga kiradigan dorivor о‘simliklar mahsuloti (jо‘ka, sigirquyruq va moychechak gullari, ba’zi mevalar va urug‘lardan tashqari) ayrim-ayrim holda maydalaniladi, maxsus elakda elanadi va retseptda kо‘rsatilgan miqdorda olib, to bir xil aralashma hosil bо‘lgunga qadar yaxshilab aralashtiriladi. О‘simlik poroshogi (changi) teshigining diametri 0,2 mm li qil elakda elab tashlanadi va qadoqlab idishlarga (karton qutichalarga) joylashtiriladi. Karton qutichalar ustiga yig‘malar — choylar nomi, tarkibi, ishlatilishi, tayyorlash texnologiyasi va boshqa ma’lumotlar yozilgan yorliq yopishtiriladi. Shu ahvolda tayyor bо‘lgan dorivor yig‘malar va choylar dorixonalarga sotish va laboratoriyalarga analiz qilish uchun yuboriladi. Dorivor yig‘malar va choylarning analizi, ular tarkibidagi dorivor о‘simlik mahsulotlarining chinligini va miqdorini aniqlash, ularni о‘zaro nisbati tо‘g‘ri ekanligi hamda yot aralashmalar yо‘qligini isbotlashdan iboratdir. Analiz qilish uchun yig‘ma va choylardan ularni og‘ir-yengilligini hisobga olgan holda namuna (0,5—10 g) tarozida aniq tortib olinadi, qalin oq qog‘oz varag‘iga tо‘kib, uni karton kurakcha yoki chо‘tkacha yordamida tarkibiy qismga ajratiladi. Ayni vaqtda aralashmalar bо‘lsa, ular ham ajratilib, keyin tarozida tortiladi, sо‘ngra yig‘maning tarkibiy qismini tо‘g‘ri yoki tо‘g‘ri emasligi haqida tegishli xulosa chiqariladi. Kо‘pchilik yig‘malar - choylar tarkibiga kiradigan mahsulotlar bо‘lakchalari osonlik bilan aniqlanadi, ayniqsa ular yirik yoki butun – maydalanmagan holda bо‘lsa. Mayda, aniqlanishi qiyin bо‘lgan mahsulotlarni analiz qilishda lupa va mikroskoplardan foydalaniladi. Quyida dorivor о‘simliklardan uy sharoitida dori tayyorlash tartib qoidalari haqida tо‘xtalib о‘tishni lozim topdik. Bunda Davlat farmakopeyasida qabul qilingan va hamma dorixonalarda qо‘llaniladigan dori tayyorlash usullari haqida gap boradi. Uy sharoitida dorilar faqat zaharli bо‘lmagan dorivor о‘simliklardan tayyorlanadi. Biz buni boshqa о‘rinlarda ham aytib о‘tdik. Odatda, dorivor о‘simliklarning yupqa va nozik qismlaridan — bargi, yer ustki qismi, guli va ba’zi meva hamda urug‘laridan damlama tayyorlanadi. Yer ostki organlari - pо‘stlog‘i, mevasi, urug‘i va ba’zi qalin barglaridan qaynatma tayyorlanadi. Zaharli bо‘lmagan dorivor о‘simliklardan damlama va qaynatma 1:10 nisbatda tayyorlanadi, ya’ni og‘irligi 10 qism mahsulotdan dokada siqib suzib olingandan sо‘ng hajmi 100 qism damlama yoki qaynatma olinishi kerak. Agar uy sharoitida damlama va qaynatmalar tayyorlaydigan bо‘lsangiz, ular quyidagicha tayyorlanadi. Maydalangan о‘simlikni sirli kastryulkaga solib, ustidan suv quyiladi. 100 ml damlama olish uchun 10 g maydalangan dorivor о‘simlik mahsuloti va 100 ml hisobida suv solinadi. Kastryulkaning qopqog‘ini yopib, kichikroq tog‘oradagi qaynab turgan suvga qо‘yib, 15 daqiqa qaynatiladi. Qaynatish vaqtida mahsulot tez-tez chayqatib turiladi. Keyin damlama uy haroratida 1 soat davomida sovutiladi. Doka yoki ip-gazlama о‘ralgan paxta qatlamidan suzib о‘tkazib, unga retseptda kо‘rsatilgan hajmgacha qaynatilgan suv quyiladi. (Masalan, 1:10 nisbatda olingan yig‘madan 100 ml damlama olinishi kerak: agar damlama 90 g bо‘lib qolgan bо‘lsa, u holda yana 10 ml suv qо‘shish kerak). Qaynatma ham damlama kabi tayyorlanadi, farqi shundaki, о‘simlik mahsulotiga qaynab turgan suv quyilib, suvli idishga quyib yoki past olovda 20-30 daqiqa qaynatiladi va sovugandan sо‘ng suzib olinadi.
Download 23.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling