Dramada janrlar madifikatsiyasi (musiqali drama, musiqali komediya, drama-manolog, minatura)


Download 107.5 Kb.
Sana29.05.2020
Hajmi107.5 Kb.
#111443
Bog'liq
6-topshiriq javobi


  1. Dramada janrlar madifikatsiyasi (musiqali drama, musiqali komediya, drama-manolog, minatura)

Syujetlilik,harakatlarning ziddiyatga asoslanishi va ularning sahna, epizodlarga boʻlinishi,bayonning yoʻqligi, personajlar munosabatlarining oʻzaro soʻzlashuvga asoslanishi Dramaning oʻziga xos xususiyatidir.Dramaning quydagi janrlari mavjud musiqali drama – bunda drama voqelari musiq asosida bo'lib o'tib yakka yoki xo'r ishtirok etishi mumkin.Musiqali komediya –bunda komediya qahramonlari nutqi musiqali qo'shiq tarzida ijro etiladi,Drama monologda esa faqat yakka shaxs bo'ladi

Musiqali drama: 1) musiqa (vokal va cholgʻu) hamda soʻz sanʼatiga asoslangan sax.na asari, musikali teatr janri. Ilk namunalari Sharq (mas, 5-asr Xindiston, 12-asr Xitoy)da shakllangan. Mazkur janr Ozarbayjonda 20-asr boshida, Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda 1920 yillarda vujudga kelgan. Musiqali dramada sahna voqealari, qahramonlarning ichki kechinma va holatlari, oʻzaro mu-nosabatlari soʻz, musiqa, dramatik harakat, shuningdek, raqs orqali ifodalanadi, musiqa va soʻz bir-birini toʻldirib, asar mazmunini ochishga xizmat qiladi. Oʻzbekistonda musiqali drama janri 1910—20 yillardan milliy adabiybadiiy tomosha sanʼati va musika merosi zaminida shakllana boshladi. Uning tarkib topishida oʻzbek xalq tomoshalarida musiqadan foydalanish tajribalari, shuningdek, ozarbayjon teatrining musiqali dramatik spektakllari muhim rol oʻynadi. Hamzaning "Hoy, ishchilar", "Qarmoq", "Quzgʻunlar" kabi inssenirovkalari, "Fargʻona fojiasi" tetralogiyasi; Gʻulom Za-fariyning "Halima" pyesasi; Xurshidning Navoiy dostonlari asosida yaratilgan "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun" asarlarida Musiqali dramaning oʻziga xos jihatlari mustahkamlana boshladi. Oʻzbek Musiqali dramasi oʻz taraqqiyotida bir necha davrni bosib oʻtdi. Dastavval pyesaga mos musiqa materiali xalq ijodidan saralab olingan boʻlsa, 1930-yillarning boshida S Abdullaning "Poʻrtana", MINIATURA Muhamedov va K. Yashinning "Ichkarida" kabi zamonaviy asarlari sahnalashtirilganida xalq musiqa merosi namunalarini qayta ishlashga urgʻu berilgan. Oʻzbek bastakor va kom-pozitorlari Musiqali drama musiqasining ifodaviy imkoniyatlarini kengaytirishdi. "Layli va Majnun" (Navoiyning shu nomli dostoni asosida Xurshid librettosi; T. Sodiqov va N. Mironov musiqasi), "Farhod va Shirin" (Navoiy-Xurshid, V. Uspenskiy), "Gulsara" (K. Yashin; R. Glier) kabi Musiqali dramalar shular jumlasidandir. Musiqali dramaning adabiy va musiqa jihatidan yuksalishida dramaturglardan K. Yashin, S. Abdulla va bastakor T. Jalilovning xizmatlari katta. Ular qalamiga mansub "Nurxon", "Ravshan va Zulxumor" (K. Yashin; T. Jalilov), "Tohir va Zuhra", "Alpomish", "Muqimiy", "Gul va Navroʻz" (S. Abdulla, T. Jalilov) kabi yetuk Musiqali dramalar mavjud. 1950-yillardan boshlab bu janrda mustaqil ijod qiluvchi oʻzbek kompozitorlari yetishib chikdi: MINIATURA Leviyev, A. Muhamedov, S. Boboyev, H. Rahimov. Ik. Akbarov, D. Zokirov, D. Soatqulov, S. Jalil, MINIATURA Yusupov, S. Hayitboyev, MINIATURA Bafoyev, MINIATURA Mahmudov, F. Olimov va boshqa Ular oʻzbek musiqa merosi, Yevropa professional musiqa uslubi, ifoda vositalari va shakllari (jumladan, ariya, duet va boshqa ansambllar, xor va raqs sahnalari)ga tayanib, oʻz Musiqali dramalarida haqiqiy musiqiy dramaturgiya hosil qilishga intilishdi. Dramaturg , kompozitor va ijrochilarning malakasi oshishi natijasida Musiqali drama zamonaviy professional musiqalidramatik janr darajasiga koʻtarildi va uziga xos xususiyatlariga ega boʻldi. "Vatan ishqi" (3. Fatxullin, Sh. Saʼdulla; S. Boboyev), "Momo yer" (Ch. Aytmatov qissasi asosida T. Tula inssenirovkasi; I. Akbarov musikasi), "Navoiy Astrobodda" (I. Maxsumov; Yu. Rajabiy, S. Jalil), "Prometey" (Yu. Marsinkyavichyus; MINIATURA Bafoyev), "Yusuf va Zulayho" (R. Bobojon; F. Olimov), "Kumush shahar malikasi" (I. Sulton; Ik. Akbarov) kabi Musiqali dramalar bunga misoldir. Sof drama kabi Musiqali drama ham musikali drama, musiqali fojia, musikali komediya kabi turlarni oʻz ichiga oladi. Oʻzbek kompozitorlari ijodidan katta urin olgan musiqali komediyani musiqashunoslar mustaqil janr sifatida tadqiq qiladilar; 2) operaning dastlabki nomlaridan biri (ital. dramma in musica, dramma per(la) musica). 16-asr oxiri — 17-asr boshlarida Italiya (mas, K. Monteverdi ijodi)da paydo boʻlgan. 1639 yil paydo bulgan yangi "opera" nomi Musiqali drama urnini egallay boshlagan. 19-asr oʻrtalarida R. Vagner oʻzining yuksak musiqali-dramatik rivojiga ega boʻlgan "Nibelunglar uzugi" tetralogiyasi, "Tristan va Izolda", "Parsifal" operalarini Musiqali drama deb taʼriflagan, MINIATURA Musorgskiy esa "Boris Godunov", "Xovanshchina" kabi asarlarini xalq Musiqali dramalari deb atagan.

Musiqali komediya - kulgili, hajviy mazmun asosida (frans. vodevil, neminiatura zingshpil, ital. buff opera, operetta kabi) yaratilgan musikaviy sahna asari. Tarkiban muyeshali dramata yaqin boʻlsada, lekin undan musiqiy tili va hajviy mazmuni bilan ajralib turadi. Bu janrning ildizlari qadim zamonlarga, Sharq va Gʻarb xalqlarining ogʻzaki ijodiyoti, qiziqchi va masharabozlar sanʼatlariga borib taqaladi. Oʻzbekistonda Musiqali komediya yuzaga kelishi, musiqali dramaning jadal rivoji, mavzu doirasining kengayishi bilan uzviy bogʻliq. Dastlab (1920 yillar oxirida) hajviy syujetga asoslangan musiqali spektakllar qoʻyilib, ularga musiqalarni rejissyor (baʼzan dramaturg)lar oʻzbek xalq kuy va qoʻshiq (xususan lapar, yalla)laridan tanlashgan. Hamzaning "Qarmoq" va "Maysaraning ishi", K. Yashinning "Aji-aji", Xurshidning "Yomon oʻgʻil", "Tullak", "Bahor", B. Xalilning "Oshiqlar", S. Abdullaning "Uzunquloqli qazrat" kabi asarlari shu tarzda sahnalashtirilgan. 1940-yillar oxirida oʻzbek Musiqali komediyasi mustaqil janr sifatida shakllandi. Asardagi mavzu va gʻoya hajviy-yumoristik vaziyat, xrlat, harakterlar bilangina emas, balki ularga monand musiqa (yakka qoʻshiq, ashula, xor va raqsbop kuylar) vositasida ifodalandi: xalq teatri xususiyatlari, dialoglarda askiya anʼanalariga keng tayanildi. Uygʻun va MINIATURA Leviyevning "Oltin koʻl" (1949) asari Musiqali komediyaning ilk yuksak namunasidir. 50—60-yillarda Musiqali komediyaga eʼtibor kuchayib, mazkur janr oʻzbek bastakor va kompozitorlari ijodidan mustahkam oʻrin egalladi. Mac, H. Gʻulom pyesalari asosida MINIATURA Leviyev "Toshbolta oshiq", "Ajab savdolar", Gʻ. Gʻulom pyesasi asosida "Zamonali va Omonali", H. Muhammad pyesasi asosida "Toshkentning nozanin malikasi", J. Jabborov pyesalari zaminida Ik. Akbarov "Oʻjarlar" va "Yillar oʻtib", Turob Toʻla pyesasi asosida "Qizbuloq", K. Shangʻitboyev asari asosida A. Muhammedov "Jon qizlar" Musiqali komediyalari yaratilgan. Keyinchalik MINIATURA Tojiyev ("Chol va kampir"), MINIATURA Mahmudov ("Hiylai shaʼriy", "Toʻylar muborak"), MINIATURA Bafoyev ("Yettinchi jin"), F. Olimov ("Soyibxoʻja operatsiyasi", "Superqaynona") kabi kompozitorlar Musiqali komediya janrida muvaffaqiyatli ijod qilishdi.

Monolog (yunon monos + logos - nutq) - 1. aytilganlarga to'g'ridan-to'g'ri javob berishni anglatmaydigan nutq (dialogdan farqli o'laroq - qarang); 2. rivojlanish psixologiyasida - yosh bolalarning o'zlari bilan yolg'iz gapirishlari. Ba'zida kattalarda, ayniqsa chalg'itishga moyil bo'lganlarda uchraydi; 3. psixopatologiyada - yo'qolgan yoki ilgari muloqot ko'nikmalarini rivojlantirmagan bemorlarning nutqi. Ko'pincha bu nutq buzilishi otistik bemorlarda, xususan, shizofreniya kasalligida aniqlanadi.

Miniatyura (frans. miniature; lot. minium — qizil boʻyoq) — badiiy usullari oʻta nafis boʻlgan kichik hajmli (moʻʼjaz) tasviriy sanat asarlari. Oʻrta asr qoʻlyozmalarini ziynatlash uchun yaratilgan nafis moʻʼjaz rasmlar, shuningdek, suyak, pergament, magʻzi soxta (toshqogʻoz), metall, chinni, baʼzan maishiy buyumlar (tamakidon, soat, uzuk va boshqalar)ga ishlangan kichik hajmdagi rangtasvirga ham MINIATURA atamasi qoʻllanadi.

  1. Dramada badiiy mahorat va zamonasozlik

Drama adabiy asar sifatida aktyor,rejissyor tomonidan sahnada oʻz talqinini topadi. Drama tufayli teatr sanʼati yuzaga kelgan va u kino sanʼati uchun ham asos boʻlgan.Buyuk ingliz dramaturgi V.Shekspir ''Dunyo bu- teatr odamlar esa aktyorlardir'' degan edi.Dramani Shekspir uchta birlik qonuninga bo'ysunishi kerak deb hisoblagan.1.Makon birligi.2.Zamon.3.O'rin birligi.ana shu talab bajarilgandagina yaxshi asar yaratish mumkin.

Komil Yashin xarakterlarni harakatda ochish san’atida dramaturgiyamizda o’ziga xos adabiy maktab yaratdi. Bu maktab san’atkorlarning qanchadan-qancha shogirdlarini tarbiyalab voyaga yetkazdi, yetkazyapdi, qanchadan-qancha shogirdlarni ijodiy cho’qqilarga ruhlantirdi, ruhlantirayapdi. Ayni chog’da, dramaturgiyamiz bayroqdorining qalamkash- safdoshlariga ta’siri, safdoshlarning unga ta’siri bir-biriga ustoz, bir-biriga shogirdlari ham o’z an’ana samaralariga ega. Dramaturgiyamizning dramatizm va kollegiyalarga boy pe’salar, ayniqsa, “Gulsara”, ”Nurxon”, musiqali dramalari shogirdlari bilan bir safdoshlarga ham ibratli namunalardir. Xarakterlarni harakatda ochish san’atida mazkur asarlarni mavjud xislat-traditsiyalarini muallif bilan bir safdoshlari ham davom ettiradi, ular yangi-yangi navatorona xususiyatlar bilan boyitadi. Shu jihatdan ayniqsa, Uyg’un va Izzat Sultonning “Alisher Navoiy” (1944) p’esasi alohida etiborlidir. Har bir davr adabiy jarayonining o’z shoh asari, o’z durdonasi bo’ladi. Dramaturgiyamizning yigirmanchi va o’ttizinchi yillari “Boy ila xizmatchi”, “Maysaraning ishi”, “Paranji sirlari”, “Gulsara”, “Nurxon” larsiz tasavvur qilishimiz qiyin. Qirqinchi yillarni esa “Alisher Navoiy” siz idrok etishimiz qiyin. Binobarin bu asarni dramatik nuqtai nazardan mahsus ko’rib o’tamiz. Butun umrini xalq baxti uchun kurashga bag’ishlaganlar, xalqchill ideallarni deb jon olib, jon berganlarning nomlari mangulikka barhayotdir. Bundaylarni hayotdagi kabi adabiyotdad ham abadiylashtirish, doimo birinchi darajali vazifalarimizdan bo’lib keladi. Zotan adabiyotimizda zamonaviy mavzu juda ham muhim bo’lgani holda, tarixiy mavzular mavjud. Chunki zamonaviylik muammosi faqat shu kunlardan olib yozilgan asarlar orqali hal qilinmaydi. Yozuvchi tarixga murojaat qilish bilan undan zamonaviy masalalarni hal qilishga ko’maklashuvchi faktlarni izlaydi, tarixga zamonamiz tendentsiyalari nuqtai nazaridan yondashib, uni davrimiz xizmatiga bo’ysundiradi. Misilsiz jangovor sahifalarga boy tariximiz zamondoshlarimizga hamma vaqt yaqin va qimmatli.

“Alisher Navoiy” dramasining mualliflaridan biri Izzat Sulton bunday hikoya qiladi: “ Alisher Navoiy” ni dastavval biz uch kishi –Hamid Olimjon, Uyg’un va men hammualliflikda yozmoqchi bo’ldik. Biz asarni yozishga kirishihsdan oldin buyuk daho Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga oid Navoiy, Mirxond va Bertel’s asarlaridan materiallar to’pladik, so’ng Uyg’un bilan birga Oqtoshga chiqib asar ustida bir oy jiddiy ishladik. Navoiy hayoti va ijodiga, u yashagan davr muhitiga oid yig’ilgan materiallarni sinchiklab o’rgandik va dramaning rejasini tuzib, shaharga qaytdik. Bu paytda Hamid Olimjon Maskvaga ish bilan ketgan edi. Maskvadan qaytgach, bizning drama ustida olib brogan ishimiz bilan tanishib, “ikkalangiz asar ustida ancha ishlabsiz, endi mening ishtirokimning hojati yo’q”, deb p’esani bizga havola qildi. Biz Uyg’un bilan birga asarni yoza boshladik. Dramaning vujudga kelishiga bizning hissamiz bir xil, ikkimiz ham teng mehnat qilganmiz. Men bir kartina yozsam, uyg’un boshqa kartina yozgan. Masalan, men Astrobot kartinasini yozsam, Uyg’un bo’lak kartinani yozgan. Xullas, asar ustida shunday yaqin hamkorlikda ish olib borganmiz. Drama avval prozada yozilgan edi. Men Uyg’unga asarni she’riy uslubda yozishni tavsiya etdim biz asarning poetik uslubda juda durust chiqayotganligini ko’rib, uning ustida yanada qizg’in ishlay boshladik. Natijada dramaning yarmi she’r yarmi prozada yozildi. Bu esa asarning qimmatini oshoradi, unga qanot paydo qiladi. Dramani yozish jarayonida Uyg’un sevgi va muhabbat liniyasiga ko’proq etibor berish kerakligini aytdi. Men asarda Alisher Navoiy va u yashagan tarixiy muhitni butun murakkabligi bilan aks ettirishni lozim ko’rdiminiatura Natijada biz dramaning satsial tomoniga e’tibor qaratdik. Biroq shuni ham alohida takidlashim kerakki dramaning estetik jihatdan puxta chiqishida Uyg’unning xizmatlari katta bo’ldi’’.

“Alisher Navoiy” dramasi 1941-yilda yozilib, 1945-yil may oyida Hamza nomidagi edavlat akademik drama tiyartrida talantli rejissiyor Mannon Uyg’ur tomonidan sahnaga qo’yildi, so’ngra bu asar ko’pchilik viloyat tiyatrlarida ham sahnalashtirildi. “Alisher Navoiy” ning muhim fazilatlaridan biri uning zamonamiz bilan hamohangligi va hamnafasligidadir. Dramaturglar Navoiy qiyofasidagi eng muhim tamon, olmos qirra – gumonizmni topa bildilar va uni o’z asarlarida yetakchi planda katta ehtiros bilan aks ettirdilar. Bu eas dramaga chuqur hayotiylik va umrboqiylik baxsh etadi. “Engur zulmatni nur albatta shaksiz”, degan fikr Navoiy obrazining markaziy nuqtasini, shoir ideali va falsafasining asosini , umuman, asarning harakatini boshqaruv g’oyasini tashkil qiladi. Draqmadagi barcha katta kichik voqea va hodisalar ham, bosh va yordamchi syujet va konflikt yo’llari ham anashu asosda bo’ysundirilgan.

Zulmat bilan nur, reaktsiya bilan adolat o’rtasidagi kurash p’esaning bosh syujet va konflikt yo’llarinio tashkil etadi. Dramaturglarning mahorati ham anashu hayotiy ziddiyatni o’z asarlarida haqqoniy ifoda etishlari, badiiy to’qimadan ustalik bilan foydalanishlari, syujetni kuchli dramatizm asosida talqin qilishlari, harakterlarini yorqin gavdalantirishlarni va nihoyat , tarixiy o’tmishga zamonaviy ko’z bilan yondoshishlarida aniq namoyon bo’ladi. Alisher Navoiyning shoir, davlat va jamoat arbobi sifatida faoliyatining gullagan payti ham ansahu tarixiy davrda bo’lgan.

Tarixiy asar uchun muhim bo’lgan tarixiy haqiqatga sodiqlik dramada o’zining to’liq ifodasini topgan. XV-asr feadalizm davrida yuz bergan tarixiy xodisalarning va shu muhitda yashab ijod etgan Navoiy, Behzod, Sohibdaro, Husayn, Majididdin, Binoiy va Mo’minmirzo kabi tarixiy shaxslarning asarga asos qilib olinishi fikrimizning aniq isboti bo’la oladi. Bular esa dramaning chuqur tarixiyligini, o’tmishni bilishy jihatdan ham muhim ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi. Dramaturgalar asarning g’oyaviy-badiiy jihatdaqn mukammalligini oshirishda badiiy to’qimadan ham ustalik bilan foydalanganlar. Natijada dramada yuqorida nomlari qayd etilgan tarixiy shaxslar bilan bir qatorda Guli, Abdumalik, Turdiboy, Qulmuhammad, Hosiyat, Qunduz, Qutbiddin, Ubaydullo, Mansur, Abdulvose, Munajjim kabi persanajlar ham o’rin olgan. Bu persanajlar yozuvchilar ijodiy fantaziyasining mahsuli bo’lib, ular ma’lum hayotiy haqiqatga egadir. Busiz to’qima obrazni tasavvur etish qiyin. San’atkorlar ijodiy xayolning hayotiyligi ayniqsa, Navoiy bilan Guliy o’rtasidagi muhabbatga va shoir bilan Mansur munosabatlariga asoslangan yordamchi syujet chizziqlarida yorqin namoyon bo’ladi.



Alisher Navoiy har bir voqea va hodisaga “Aql va idrokning talabiga ko’ra” yondoshadi va har bir masalaga xalq va davlat manfaati nuqtai nazaridan baho beradi. Navoiy Hirotdagi xalq isyonini ham bostirishda masalaga adolat va haqiqat nuqtai nazaridan qaraydi “xalqning haqli talablariga odilona quloq solmoq lozim” ligini shohdan talab etadi. Majididdin esa tezda isyonchilar ustiga qo’shin tortib bosqinni bartaraf etishni taklif qiladi. Bayqaro esa “Temur avlodi qilichning qudrati” ni ko’rsatishga shoshiladilar.Yodgormizo poytaxtga kirish va Bog’iston qal’asini egallashi vaziyatni yanada murakkablashtirardi. Mamlakat tinchligi va osoyishtaligi uchun jiddiy xavf bo’lgan ushbu voqeani bartaraf etishda ham Navoiy “bunday musibatlarni hayajon va his bilan emas, har bir mushkulni aql va sovuqqonlik bilan, hal qilish” ni lozim ko’radi. Bu og’ir vaziyatda ham Alisher xalq va davlat manfaati yuzasidan yurtni tinchitish va Yodgor Muhammadni tinchitish borasidagi butun ixtiyorni o’z zimmasiga oladi. Navoiy poytaxt qo’zg’olonchilari oldiga borib, Hirot beklari tomonidan nohaq solingan soliqlarni hirojni bekor qiladi. Xalqning odil talabiga quloq solib, zolim beklarni jazolaydi. Me’mor Jaloliddin yordamida Bog’iston qal’asiga yashirin yo’l bilan kirib Yodgormirzoni tiriklayin qo’lga tushirib, Husayn huzuriga keltiradi. Bu ikki bu ikki masalani xal qilishda Navoiy xarakteridagi xalq va davlat manfaati yo’lida har qanday og’ir vazifani bajarishga qodirlik, xaqiqatparvarlik va adolatparvarlik xususiyatlar yorqin holda ko’rinadi. Navoiy davlat arbobi sifatida ushbu fazilatlari bilan Husayn Bayqaro va Majididdinlardan yuqori turadi. Chunki Husayn saltanat ishlariga o’zining “dunyo bevafo, toj-tah bebaho” qabilidagi falsafiy qarashi bilan yondoshsa, Majididdin esa urush va tengsizlik tarafdori.

Dramaturgalar Navoiy obrazini puxta yaratish uchuntarixdan muhim voqealarni saralab oldilar misol uchun asardagi Darveshali qo’zg’olonini olaylik. Tarixdan ma’lumki, Alisher Navoiyning inisi darveshali saltanatga qarshi bosh ko’targan. Dramadan Darveshali qo’zg’oloni Navoiy tamonidan bostirilganligi va u Husayn huzuriga yuborilganligidan xabardor bo’lamiz. Demak dramaturglar bu tarixiy faktdan ham Navoiy harakteridagi xalq va mamlakat tinchligi yo’lida har qanday og’ir vazifalarni bajarishga qodirlik kabi muhim hislatlarni yanada yorqinroq ko’rsatishda ustalik bilan foydalanganlar. Darveshali qo’zg’olonini tinchitib, Balhda osoyishdalik o’rnatib, Hirotga qaytgan Alisher katta hurmat va izzat o’rniga asossiz zulm va razolatga duch keladi. “Fitnachi o’rgimchak” ning omon qolishi, inisi Darveshalining zindonga solinishi, ariq qazish ishlarining to’xtatilishi, Jaloliddinning qatl etilishi va Gulining haramga keltirilishi kabi voqealar Majididdin boshliq reaktsion guruhlarning Navoiy va uning tarafdorlariga qarshi ochiqdan-ochiq kurashga o’tish edi. Gulining o’limi bilan ham Alisherning qaddini buka olmagach, shoir bilan Husayn o’rtasiga nizo sola olmagach, Majididdin “mish-mishlarga qaraganda shahzoda Badiuzzamonning feli bir aynigan emish. Alisher siz o’tirgan taxtga o’g’lingiz Badiuzzamonin yoki nabirangiz Mo’minmirzoni ko’rmoq orzusida yurgan emish!” deb yana fisqu fasodni avjiga mindirib, shohni Alisherdan voz kechishga undaydi va o’zining razil muddaosiga erishadi. U nurning zulmat ustidan g’alabasi yo’lida kurash olib borishdan charchamaydi. “Astrabotdek notinch bir viloyatda ham tinchlik va osoyishtalik o’rnatadi”. “Balh ustida chiqqan ota bilan bola o’rtasidagi xavfli mojaroni bartaraf etadi ” va mamlakatta nisbiy tinchlik o’rnatish, insonlar o’rtasida adolat va haqiqat urug’larini sochish Alisher Navoiy uchun eng mo’tabar, eng oliyjanob ish edi. Navoiy simosidagi bu oliyjanob fazilatlar bizga yaqin zamondoshlarimiz uchun ibratlidir. Asar mualliflarinig Navoiyning ijtimoiy-siyosiy faoliyatini puxta aks ettirishga aloxida e’tibor berishlarining sababi ham shunda. Chunki tarixiy shaxs sifatida shoir faoliyatidagi ushbu fazilatlar bir tomondan, asarda Navoiy xarakterini qirrqlarini yorqin aks ettirishda ikkinchidan esa dramaning zamonaviy ruhini yanada oshirishda katta ahamiyatga ega edi. Navoiy Hirotdagi xalq isyonini bartaraf etish, Yodgormirzoni da fetish uchun jo’nar ekan Bayqorodan “xalq xuzurida, butun kuchuni yurtni obot qilishga sarf eturlar”, diya vada berishga vakolat so’raydi. Shoh ham bunga rozi bo’ladi. Biroq Bayqoro Majididdinning ta’sirida o’z va’dasidan voz kechadi xalq vakili sifatida saroyga yuborilgan Jaloliddin pulsiz qaytadibu Majididdin boshliq salbiy kuchlar tamonidan Navoiyga berilgan birinchi zarba edi dramada Navoiyning ijtimoiy-siyosiy faoliyati yoritilishi jarayonida shoir ideali, Navoiy va xalq masalalari ham ochiq oydin namoyon bo’ladi. “Adolat barchadan afzal va oliy” deb tushingan Navoiy mamlakatda adolat va haqiqatning qaror topishi faqat yurt bog’boni podshoh amri bilangina ro’yobga chiqishi mumkin deb o’ylaydi va barcha masalalarga shu mezon asosida yondoshadi. Uning Husayinni odillikga chaqirishi, yurt va xalq g’amini yeyishiga da’vat etishning boisi ham shunda. Haraktaerlarni harakatda ochish san’atdamazkur asarlarda mavjud xislat-traditsiyalarini muallif bilan birga safdoshlari ham davom ettiradi, ularni yangi-yangi navatirona xususiyatlar bilan boyitdi. Shu jihatdan ayniqsa, Uyg’un va Izzat Sultonning “Alisher Navoiy” (1944) p’esasi alohida etiborlidir. Har bir davr adabiy jarayonining o’z shoh asari, o’z durdonasi bo’ladi. Dramaturgiyamizning yigirmanchi va o’ttizinchi yillarini “Boy ila xizmatchi”, “Maysaraning ishi” , “Paranji sirlari”, “Gulsara”, “Nurxon” larsiz tasavvur qila olmaganimizdek uning qirqinchi yillarini “Alisher Navoiy” siz idrok etaolmaymiz.

Drama maqsad, izchil rivojlantirilishi, ustunlik bilan amalga oshirilishi namuna bo’larli darajaga yetkazilgan. Asarda konflikt ibtidosi g’oyat qisqa. Shoh Husayn Bayqaroning yangi xiroj olish to’g’risidagi buyurug’iga qarshi xalq g’alayoni va poytaxtga Yodgorbekning kutilmaganda bostirib kelishi bilan dramatik kanflikt tugallanadi. Lekin “Alisher Navoiy” ga xos xususiyatlar ayniqsa uning murakkab rejalanganligi, mualliflarning maqsadi o’tkir qiyinchilik vaziyatlardan chuqur hayotiy zaminda ta’sirli ifodalashga intilib, yordamchi konfliktlarga murojaat etishlari dramatik harakat tugunini tag’in ham kattaroq tugishga olib keladi: yuqoridagi tugun yuzaga kelgach, Navoiyning ashaddiy dushmani makkor, g’alamis va fitnachi vazir Majididdin shohning maishatparast va buzuq tabiatidan foydalanadi. Uning bog’da yurgan qiz (bu shirning sevgilisi Guliy edi) ni ko’rib, xayoli qochgan shohga “haromboz” deyishi bilan boyagi tugun yana bir bor qattiq tugiladi. Bu yordamchi chiziq Navoiy ideali bilan uning zamoni va zamondoshlari axloqiy va dunyoga qarashlari maslaklaridagi ziddiyatlarzaminidan tug’uluvchi bosh kanfliktni kuchaytirishda, xarakterlar xususiyatlarini ochishda, ularning ruhiy dunyosini ifodalashda ichki va tashqi harakat birligini taminlashda muhim zveno bo’lib qatnashadi. Dramatik konfliktning puxta va qattiq tugulishi, unda murakkab hayotiy ziddiyat va insonning taqdirlarini qamrab olinishi voqealarini tez rivojlantiradi, persanajlar munosabatini darxol keskinlashtiradi, Navoiyning xalqparvarligi, adolat o’rnatishida qat’iy va o’z so’ziga amal qilishi ikkkinchi ko’rinishda tag’in ham kuchliroq qarshiliklarga- bekzodalar va ularning homiylari noroziligiga, Mansur kabi yangi ayg’oqchi dushmanlarning ko’payishiga sabab bo’ladi. Majididdin bilan Yodgorbek o’rtasidagi xoyinlikni ochuvchi xatning Navoiy qo’liga tushishi, Darveshali qo’zg’olonida uning og’asi ulug’ shoirimizning ishtiroki bor deya tuxmat qilinishi, sir ochilmasligi uchun Yodgorbekning qatil etib yuborilishi kabi hodisalar ayniqsa tashqi harakatni tobora kuchaytiradi, chuqurlashtiradi, ichki harakatga zamin hozirlaydi.

Ikkinchi parda oxirida (to’rtinchi ko’rinish) Navoiy dalillar bilan Majididdinning xoyin va razil shaxsligini ochib tashlagach, shoh tomonidan uni o’ldirish uchun jallodning chaqirilishi bilan drama, ayniqsa tashqi harakat ma’lum nihoyaga yaqinlashgandek, uning marrasi ko’rinib qolgandek tuyiladi. Biroq dramaturglarimizning, san’atkorligi konfliktni mahorat bilan rivojlantirishlari, unga munosib harakat tanlaganlari, voqealarni ilgaridan kuchaytirishga, dramatizmning oshishiga olib keladi: Majididdinning ustaomonligi va Darveshali qo’zg’oloni bostirilguncha uning o’limini kechiktirishga shohni ko’ndirishga kifoya qiladi. Bu hol o’z o’rnida yana yangi kurashuvlarning, yangi kuch bilan ilgariga jadal borishiga, murakkablashishiga olib keladi. Yangi jumboq - endi nima bo’lar ekan, degan mushkil savol va sir kitobxon yoki tomoshabinning hayajon va besabrlik bilan kutishga, asardagi dramatizmning asiri bo’lishga mahkum etadi. Kanflikt keskin va murakkab bo’lsa bir shna asarida dramatizm bir necha bor yuqori cho’qillarni egallashi mumkin. Lekin ularning navbatdagisi oldindagisidan kuchli bo’lishi mumkin. Zotan bu janr dramatizmi tabiati shunitalab qiladi. “Alisher Navoiy” da xuddi shunday xislatlar mavjud. Jumladan, beshinchi va oltinchi ko’rinish (uchinchi pardada) Gliyning, shoh haramiga keltirilgach, og’ir va fojeali qismatga yo’liqishi, Jaloliddinning qatl etilishi, obodonchilik ishlarining yo’ldan chiqarilishi xaeakterlarni yangi vaziyatga munosib ravishda chuqur ochadi, dramani murakkablashtiradi. O’z niyatlari rejalarini muholifat tomonidan barbot etilayotganini ko’rgan Navoiy daxshatga tushadi, ayniqsa, yaqin do’sti Jaloliddinning o’ldirilishi Navoiyni larzaga solidi.

Ey! Voh!


Bu sho’rlik! Bu stam! Bu qonli vahshat!

Bu zulmat! Bu jafo! Bu zulm! Bu dahshat!

Gunohi ne erdi u tilla boshning?

Gunohi ne erdi u porloq quyoshning?

…Javohir saqlagan dengiz erdi u.

Hunar, fan bobida tengsiz edi u.

U san’at yurtining shunqori erdi.

U elning iftihori ori erdi.

Edi qilishlari pok o’zi ham pok.

Dili pok, ham tili pok, ham so’zi pok

-Bosh qahramon tilidan aytilgan va tashqi harakatlar majmuasining ichki harakatga olib kelishi sifatida yuzaga chiqqan monologda dramatizim o’zining yuqori cho’qqilaridan biriga chiqqan. Lahza o’tmay shu zahotiyoq dramatizm ilgarigidan ham yuqoriga ko’tariladi: Gulining haramdaligini eshitgan Navoiyning shu ondagi holati, uning ruhi va kayfiyatini dramaturglar ifodasi, bosh qahramon nuqtai orqali tasavvur etish mumkin:

Yo rabbiy, bu ne hol!?

Tushummu yo bu o’ngummi. Tangriminiatura!?

Bu mashum mujdani kim sharh etar? Kim?

… Falak solmish mening boshimga g’ashlik.

Yiqil zolim falak, xormi stamkor!

Balolar domiga qilding girifdor!

Yiqil ustimga, gardun, yiql tez!

Yiqil boshimni yanch! Gavdamni bos, ez!

Navoiy ichki dunyosini, aniq vaziyatlardagi holatini g’oyat ta’sirli ifodalovchi va ichki harakterga boy bu monologdan so’ng shoir haram tomon otiladi. Natijada ichki harakat tashqi harakat bilan almashinadi. Dramatik oqim shu asnoda yaxlit va yagona yo’nalish kasb eta boradi. Keying ko’rinisharda ham dramatizm nafaqt pasayadi va susayadi, aksincha yangi- yangi vaziyatlarda zo’rayib, harakterlarning qirralarini keng ocha beradi. Bunga yettinchi ko’rinishda (to’rtinchi parda) Navoiyning Guliyga haramda duch kelib, “ko’zim chiqsin seni ko’rguncha mundoq, kesilsin til seni ko’rguncha mundoq” deya og’ir va mushkul ahvolda qolishi, Husayn Bayqaro bilan to’qnashuvchi vaziyatlar bilan shahidlik qila oladi. Sakkizinchi ko’rinishda harakatni ilgariga yo’naltiruvchi yangi hayotiy vositalar mavjud etiladi.Majididdin va uning maslakdoshlari taziqi bilan shoh tomonidan Astrabotga surgin xabar kelishi qilingan Navoiyning og’ir qismati, shoir ideallarining fojeasi yangi real sharoitda namoyon bo’ladi. Orzulari zamonning zo’rligi bilan barbot bo’lgach, uning ustiga Gulidan ham ayrilgach, ko’ngli hasta shoir ijodga butunlay sho’ng’iydi. Bu o’rinda asar sujetini rivojlantiruvchi, murakkablashtiruvchi tashqi harakatdan ko’ra persanajlar, qalbini, xususan, Navoiy psixologiyasini ochuvchi tashqi harakat ustin turadi. Hatto Mo’minmirzoning Balx ustida ota-bola – Husayn shoh bilan Badiuzzamon o’rtasida janjal chiqqani to’g’risida xabar kelishi Mansurning josusligi va qotilligi oshkor bo’lishi haqidagi tashqi harakatlar va ichki harakatlar ta’sirini bosib ketolmaydi. Shuning uchun ham p’esaning bu o’rindagi dramatizm qalblarga chuqur kira oladi.



  1. Dramada obyekt va subyekt munosabatlarining o’ziga xosligi.

Drama (yun. drama — harakat) — 1) badiiy adabiyotning 3 asosiy turidan biri (epos, lirika bilan bir qatorda). Drama teatrga ham taalluqli. Syujetlilik, harakatlarning ziddiyatga asoslanishi va ularning sahna, epizodlarga boʻlinishi, bayonning yoʻqligi, personajlar munosabatlarining oʻzaro soʻzlashuvga asoslanishi Dramaning oʻziga xos xususiyatidir. Ijtimoiy (konkret tarixiy va umuminsoniy) muammolarni aks ettiruvchi dramatik ziddiyatlar qaxramonlarning xatti-harakatlarida, avvalo dialog va monologlarda ifodalanadi. Drama matni koʻrishga (imo-ishora, harakat), shuningdek, eshitishga moʻljallanadi; u sahnaviy makon, zamon va teatr texnikasi (mizanssenalar qurilishi) imkoniyatlariga ham muvofiq keladi. Drama adabiy asar sifatida aktyor, rejissyor tomonidan sahnada oʻz talqinini topadi. Drama tufayli teatr sanʼati yuzaga kelgan va u kino sanʼati uchun ham asos boʻlgan (qarang Kinodramaturgiya).



Drama janrlari: tragediya, komediya, drama (janr sifatida) va tragikomediyalardir. 2) Dramaturgiya janrlaridan biri. Maʼrifatparvarlik davri (Didro, Lessing)dan boshlab Drama badiiy adabiyotning yetakchi janrlaridan biriga aylangan. Unda insonning ziddiyatli hayoti ifodalanadi. Tarixiy Dramaga fojiaviylik xos. Oʻzbek dramaturgiyasi 20-asr boshlarigacha ogʻzaki shaklda mavjud edi. 20-asrning 1-yarmida dastlabki yozma milliy sahna asarlari yaratildi: "Padarkush yoki oʻqimagan bolaning holi" (Behbudiy), "Toʻy" (Nusratulla Qudratulla va Hoji Muʼin), "Boy ila xizmatkor", "Koʻknor", "Mazluma xotin" (Hoji Muʼin), "Juvonmarg", "Ahmoq" (Abdulla Badriy), "Baxtsiz kuyov" (Abdulla Qodiriy), "Zaharli hayot", "Ilm hidoyati" (Hamza), "Pinak", "Advokatlik osonmi?" (Avloniy) va b. Bular Drama janri imkoniyatlarini oʻzida toʻla ifodaladi. 20—30-yillarda oʻzbek dramaturgiyasi Gʻulom Zafariy, Fitrat, Choʻlpon, Ziyo Said, Sobir Abdulla va b. dramaturglar ijodi tufayli yanada rivojlandi. 40-yillar dramaturgiyasi Ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi davr vazifalariga muvofiq taraqqiy etdi. Zamonaviy dramatik asarlarda oʻzbek xalqi tarixi, buyuk siymolar koʻproq yoritildi. H. Olimjon, Izzat Sulton, Uygʻun, Shayxzoda kabilar insonparvarlik va vatanparvarlik ruhi bilan sugʻorilgan "Muqanna", "Jaloliddin", "Alisher Navoiy", "Mirzo Ulugʻbek" kabi tragediya va dramalar yaratdilar. Oʻzbek dramaturgiyasining yetuk namunalari bu janrning eng yaxshi anʼanalari asosida yaratildi. D.da davr muammolari va hayotiy ziddiyatlarni ichki ruhiy kechinmalar asosida ifodalash oʻzbek sahna asarlarining yetakchi xususiyatiga aylandi. Abdulla Qahhorning "Shohi soʻzana", "Tobutdan tovush", I. Sultonning "Imon", Uygʻunning "Parvona", Oʻ. Umarbekovning "Qiyomat qarz" pyesalari shular jumlasidan.

  1. Dramatik asarning sinkretik tabiati.

«Drama hozirgi zamonda o'quvchi yoki tomoshabin ko'zi oldida bo'layotgan kabi ko'ringan kechmish voqedir», — deydi (V.G.Belinskiy) va unda shaxslar o'zlarini harakatda ifoda qilishlari kerakligini ta’kidlaydi.

Dramada harakat bosh alomat sanalgani uchun, u quyidagi sir-asrorlami o'zida jamlaydi: 1. Muallifning hayotga munosabati nuqtai — nazaridan. San’atkor «hamma tasvirlanayotgan shaxslarni harakat etuvchi va faol shaxslar sifatida» tasvirlaydi. Bunda xatti -harakat , voqea bizga birdaniga va tamom tayyor bo‘lib qolgan holda ko'rinmaydi, bizdan yashiringan samarador kuchlardan chiqqan, o‘z ichida erkin bir doira chizgan va keyin o‘z ichida taskin topgan voqea sifatida ko‘rinmaydi — yo‘q, bu yerda biz xatti — harakatning individual ifodalar va xarakterlardan boshlanish, kelib chiqish protsessining o‘zini ko'ramiz ( V.G.Belinskiy). Bu dunyoning obyektiv va subyektiv tomonini birlashtirib, shaxs harakati orqali tasvirlashdir. 2. «Vaqt hissi» nuqtai nazaridan. «Temir xotin» (Sh.Boshbekov)ni tomosha qilar ekansiz, unda Qo'chqor, Olimtoy, Alomat kabi obrazlar bilan bog‘liq hayotiy voqealar ko'z oldimizda hozir bo'Iib turganidek, bo‘lib o'tayotgan voqealardek namoyon bo'ladi. 3. Hajmi va tashqi ko'rinishi jihatidan. Dramaning hajmi taxminan 2,5 - 3 soat mobaynida ko'rsatishga mo'ljallangani uchun, unchalik katta bo'lmaydi. U dialog va monologlardan, sahna va pardalardan tashkil topadi, ijrochilar-artistlar orqaligina asarning mazmuni ro'yobga chiqadi. 4. Xarakter. Hayot go'yo bir azim daryo bo'Isa, drama ana shu azim daryoning tezoqar, eng nishab joylarini tasvir predmeti qilib oladi (I.Sulton). Lev Tolstoyning fikricha, drama bizga odamning butun hayotini hikoya qilib berish o'miga, shu odamni shunday vaziyatga qo'yishi kerakki, shunday bir tugun bog'lamog'i kerakki, bu tugunni yechish mahalida odam butunisicha ro'yobga chiqsin. Tolstoy aytgan «vaziyat» va «tugun» esa doimo inson hayoti oqimining eng shiddatli paytlariga to'g'ri keladi: xuddi shunday «vaziyat» va «tugunlar» mavjudligida inson eng faol ruhiy hayot bilan yashaydi, voqealar girdobida javlon uradi, ehtiroslar olovida yonadi, chiniqadi». Shuning uchun ham dramadagi xarakterlar va ular xarakteridagi biror qirra g'oyatda bo'rttirilgan bo'ladi. 5. Syujet. Dramada syujet xuddi eposdagidek sokin, mukammal bo'lmaydi va u voqeaga bog'lanmaydi, balki u tez va shiddatkor dramatizmga judayam boydir. Syujet dramadagi xatti-harakat bilan mustahkam bog'lanadi. Unda tig'izlik va shiddatni, «ayovsiz» olishuvni sekinlatadigan hayotiy tafsilotlar emas, balki yanada rivojiga turtki beradigan voqealar tanlanadi va ular zanjirsimon — bir-biridan kelib chiqadigan tarzda voqe bo'ladi. Shu xislati tufayli undagi xarakterlar kutilmaganda o'zligini yaqqol ko'rsatadi va «tanish bo'lgan notanish»lar taqdiri bizning ko'z o'ngimizda gavdalanadi 6. Badiiy til. Dramada muallif nutqi (remarkalarni hisobga olmaganda) ishlatilmaydi. Personajlar o'zlarini o‘zlari va bir-birlarini so‘z orqali ochadilar. Dramada ishlatiladigan gaplar — sodda, qisqa va ravon bo'ladi. Ularda tomoshabin tushunmaydigan bironta ham so‘z yoki ibora ishlatilmaydi... Ushbu farqli xususiyatlar va qonun-qoidalarni istagancha davom ettiraverish mumkin. Lekin shu aytilgan gaplardan ayonki, har bir tur hayotning u yoki bu tomonini shunday yorqin va batafsil ifoda etadiki, bunga boshqa tur qodir bo‘lmaydi. Izzat Sulton asosli ta’kidlaganidek, «Epik yoki lirik asar bajargan o‘ziga xos g‘oyaviy-estetik vazifani drama to‘la ravishda bajarolmaydi: dramatik turda epik turga mansub bir qancha sifatlar (hayotni juda keng qamrab olish, uning turli ko‘rinish va jilolarini bir asarda aks ettira bilish va hokazo) yo‘q. Dramatik tur hayotni shaxsning ehtirosli hislari orqali, yuraklarni larzaga soluvchi oniy holatlarda ko‘rsatish qobiliyatiga lirika darajasida qodir emas. Xullas, adabiy turlar bir-birlarini toidirib yashaydilar va bir-birlarining ojizliklarini «qoplab ketadilar». Ularning har biri ham inson ruhining turlicha holatini aks ettiruvchi vositalar boiib, teng huquqli va juda zarurdir»

  1. Zamonaviy dramalarda makon va zamon. Konflikt va syujet qurilishi.

Dramaning tasvir predmeti – harakat, u obyektning plastic obrazini yaratadi, dramada subyekt – ijodkor shaxsi ham obyektga singdirilib yuboriladi. Agar bular dramaning turga xos belgilovchi xususiyati bo’lsa, dramatic asarning qurilishi, poetic o’ziga xosligini belgilovchi eng muhim xususiyat uning sahna uchun yaratilishidir, ya’ni sahnaga mo’ljallab yozilgan asar ijroni ham ko’zda tutishi zarur bo’ladi. Shunga ko’ra, dramadadi harakar – syujet voqelari makon va zamonda cheklangan bo’ladi. Ijro vaqtiga sig’ish uchun asarning keskin konflikt asosida shiddat bilan rivojlanuvchi syujetga qurilishi taqozo qilinadi. Ravshanki, bu xil syujetning rivojlanish vaqti ham chegaralangan, shu sababli ham syujet voqealari sabab-natija munosabatlari asosida konsenratsiyalanadi. Voqealar orasidagi sabab-natija munosabatlari esa ularning makoniy va zamoniy juhatlaridan-da yaqin bo’lishini taqozo qiladi. Dramaturg asarni yaratish jarayonidayoq uning syujet voealari ijro vaqtiga sig’ishi masalasida qayg’urishi darkor. Shunga ko’ra, dramatic asarda syujet voqealarining kekin konfliktlar asosida shiddat bilan rivojlanishi zaruratga aylanadi. Bundan tashqari, dramatic asardagi syujet voqealari yuz beradigan makon ham cheklangan, voqealar sahnada shartli qayta yaratish mumkin bo’lgan (ya’ni sahna ustalari, rassom tomonidan o’sha joy illuziyasini hosil qila oladigan dekoratsiyalarning ishlanishi mumkin bo’lgan) makonda kechadi. Boz ustiga, harakat makoniy o’zgarishlar jihatidan ham cheklangan, ya’ni dramatic asar voqealari ko’pi bilan to’rt – besh joydagina kechishi mumkin. Masalan. K.Yashinning “Nurxon” dramasidagi voqealar asosan ikki joyda: hojining hovlisi va Nurxonning Samarqanddagi kvartirasida kechadi.

  1. Dramaturgiyada badiiy mahorat va zamonasozlik. Zamob bilan hamnafas bo’lishda, xalqimiz ma’naviy talablarini qondirishda dramaturgiyaning o’rni. U.Nazarning “Oyna”, Shukrulloning “Unisiz faryod”, O’.Umarbekovning “Kuzningbirinchi kuni”, Ulug’bek Hamdam “Muvozanat”, Usmon Azim dramalari tahlili.

Shukrulloning 2 parda 7 ko‘rinishdan iborat «Unsiz faryod» nomli she’riy  fojiasi ham davrning g‘oyat dolzarb masalasi–qo‘shib yozishlar, o‘zibo‘larchilik, bir-biriga e’tiborsizlik, zarur paytda o‘zni chetga olish va buning yomon oqibati haqidadir. Asarning umumiy mohiyatini drama qahramonlaridan biri, oddiy kolxozchi Komil ota tili bilan aytganda «bitta menmi, bitta o‘zimmi? Ko‘pning boshiga tushgan to‘y deb sabr qilishning oqibati»da ma’naviy ko‘r bo‘lib qolish g‘oyasi tashkil etadi. Ko‘rinadiki, hikoya qilib berilmoqchi bo‘lgan muammo juda muhim va dolzarb. Lekin muallif bu muammoni o‘tkir badiiy konflikt, keskin harakat, jiddiy voqealar asosiga qurolmaydi. Masalan, o‘sha oddiy kolxozchi Komil otaning boshiga og‘ir ko‘rgulik tushadi: nevarasi zaharlanib qladi, qizi Nasibaning eri kolxozning yaxshi mexenizatori o‘zini osib qo‘yadi, biroq bularning sababi ochilmaydi. o‘quvchi – tamoshabin nega shunday bo‘lganligini bilolmay qoladi. Komil ota ko‘r bo‘lib qoladi. Bu mudhish voqealarning ro‘y berishiga kimlar sababchi bo‘lganligi qorong‘i bo‘lib qolaveradi.

O‘lmas Umarbekovningdramalarida kommunistik mafkura hukmron davrda ham istiqlol ma’naviti, axloqqa xizmat etuvchi muhim va asosiy sifatlar o‘z ifodasini topgan. Dramaturgan’anaviy otalar va bolalar munosabatlari, o‘zaro axloqiy qarashlari zaminida istiqlol davri uchun o‘ta zarur ma’naviy-axloqiy sifatlarini saqlash, asrab-avaylash yo‘lida qat’iy o‘ziga xos yo‘l tutganligi ham kuzatiladi. Xususan «Sud», «Kuzningbirinchi kuni»  kabi dramalari rarakterlidir.  «Kuzningbirinchi kuni» nomli pg’esasi shu jihatdan alohida ajrab turadiki unga to‘xtalmasdan iloj yo‘q. Asarda uch oila boshiga tushgan fojianingsabab va mohiti uch xil anglash, uch xil baholash tarzida umumlashtiriladi. Masalan, professor Tohir To‘laganovningo‘g‘li  Ramz oilada  erka o‘sgan. Farhod esa otasiz, onasi Qumri opa voga etkazgan yolg‘iz farzand. Sobir bo‘lsa uzoq yillar ichki ishlar sohasida samarali va halol mehnat qilgan va nafaqaga chiqqan SHokir Sultonovningkamtorona oilasi farzandi. Taqdir ularni institutda uchrashtirgan, Ular orasida Ramzningqo‘li baland, qaerga cho‘zsa etadi. Sobir va Farhod ham uningta’siriga tushib qolgan. Kunlardan birida fojia sodir bo‘ladi. Ramz otgan miltiq o‘qi ko‘chadan ketayotgan odamningumriga zavol bo‘ladi. Xuddi shu  fojia uch oilaningbir - biridan ayrib turuvchi ma’naviy a’loqiy qarashlarini muhokama qilishga, dramatik talqinga va umumlashtirishga asos beradi. Pirovardida, fojianingzamini ochilib, professor To‘laganovningo‘g‘li Ramz o‘z gunohini bo‘yniga olib:  «Endi nima bo‘ladi, dada, - deganida ota o‘g‘liga qarata:  «Dard bo‘ladi. ramaslar. Itdan tarqaganlar. Xuliganlar. Banditlar. - deb haqorat qiladi. SHunda Ramzningonasi Barchin opa «endi qilmaydi, dadasi, rahm qiling» deb  iltimos qiladi. G‘azablangan ota jahl ustida oilada gazak olib kelgan ma’naviy-axloqiy nopoklikningsir-asrorini ochib tashlaydi.


  1. Mustaqillik davri dramatik asarlariga xos belgi - belgi sifatlarning adabiy tanqidchilikdagi tahlil va talqinlari.

Mustaqillik davri dramaturgiyasi. O'zbek milliy tafakkuri, estetik qarashlari tizimida sodir bo'lgan yangilanishlar bugungi dramaturgiya taraqqiyotiga ham jiddiy ta'sir ko'rsatdi. O. Yoqubovning "Bir koshona sirlari", Usmon Azimning "Bir qadam yo'l", Erkin Samandarning "Arabmuhammad Bahodirxon", Ilhom Hasanning "Bir kam dunyo", Abdulla A'zamning "Dugohi Husayniy", "Jek London hikoyasidan so'ng" kabi asarlari hozirgi o'zbek dramaturgiyasida erishilgan yutuqlardan bo'ldi.

U. Azimning "Bir qadam yo'l" dramasida inson ko'ngli mayllariga e'tiborsizlik, vaqtida odamni qadrlamaslik singari illatlar bir umr mehnat qilib, halol yashagan keksa kishining murakkab taqdiri misolida aks ettirilgan. Samarqandni ko'rish, uni ziyorat etishni umr bo'yi orzu qilib yashagan, ammo vaqtida qo'lining kaltaligi, keyinchalik turmush tashvishlari bilan ovoraligi, undan so'ng farzandlarining e'tiborsizligi sabab yonginasidagi shaharni ko'rmay o'tib ketgan qariya va uning o'g'illari ruhiyati asarda katta mahorat bilan ko'rsatilgan.

Istiqlol dramaturgiyasida shakliy izlanishlar, ijodiy tajribalar bir zum ham to'xtagan emas. Dramaturglar sanog'iga yetib bo'lmas hayotiy holatlar shu holatlarda harakat qiladigan qahramonlar tabiatida ham jiddiy evrilishlar yasashi mumkinligini nozik his etgan holda drama-versiya, drama vaziyat singari yangi ifoda shakllarini o'ylab topganlarki, bu hol asarlarning muvaffaqiyatli chiqishini ta'minlagan.

E. Samandarning "Arabmuhammad Bahodirxon" tragediyasida insoniyat paydo bo'lgandan beri hal bo'lmay kelayotgan va bundan keyin ham to'la hal etilishi mumkin bo'lmagan yaxshilik va yovuzlik, nafs va qanoat, hokimiyat va farzandlik burchi singari qarama-qarshi qadriyatlar o'rtasidagi to'qnashuv o'tmishda yashab o'tgan bobolarimiz taqdirlari misolida ta'sirli tasvirlab berilgan. Qo'lida imkoniyati bo'lishiga qaramay, o'zining yovuz farzandlariga qarshi qo'shin tortishni istamagan Arabmuhammadxon shaxsiyatidagi yuksak sifatlar va o'z otalarining ko'zlariga mil tortish darajasida yirtqichlashgan Habash va Elbars timsollaridagi tubanliklar asarda butun ko'lami bilan juda ta'sirli yo'sinda ko'rsatib berilgan.

Ayni vaqtda milliy dramaturgiyaning tilga olishga loyiq badiiy yutuqlar qo'lga kiritilishi og'ir kechayotgan soha bo'lib qolayotganligini ta'kidlash kerak. Mustaqillik davri dramaturgiyasi bozor iqtisodi talablariga eng ko'p berilgan adabiy tur bo'ldi. Bu hoi sahna asarlarining sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatmay qolmadi, albatta.

Komediyalarning saviyasi kishida haqli e'tiroz va jiddiy xavotir uyg'otadi. Negaki, o'zbek komediyachiligining dastlabki qadamlariyoq juda zalvorli va esda qolarli bo'lgan. Hamza, Abdulla Qahhor, Sharof Boshbekovlarning teran ma'noli kulgi asarlarini eslashning o'zi fikrimizning nechog'liq haq ekanligini ko'rsatadi. Bugungi komediyalarning badiiyati nochor bo'lgani uchun na ijrochilarga, na tomoshachilarga va na o'quvchilarga biror estetik ozuqa bera oladi. Sahnaviy ijodning komediya deb atalmish bir turiga ko'cha so'zlari, tiyiqsiz chuchmallik hamda pardasizlik katta sur'at bilan kirib kelmoqda. Mualliflar qahramonlar ruhiyatidagi to'qnashuvlar tarangligi haqida emas, so'zlarning pardasizligi haqida ko'proq bosh qotirishmoqda.



She'riyat va nasr borasida mustaqillikkacha bo'lgan yaqin o'tmishdagi estetik yuksakliklarga yetibgina qolmay, undan balandroq cho'qqilarni egallash imkoniyati yuzaga kelganligi ayon haqiqat bo'lsa, dramaturgiya bobida shu vaqtgacha erishilgan sahnaviy yuksaklikka yetib borilmayotganligi achinarlidir. Davr ahli ruhiyatidagi oshkoralik, sezimlar nozikligi, munosabatlar dramatizmidagi taranglik hali-hanuz pyesalarga ko'chib, sahna realligiga aylangani yo'q. Holbuki, har qanday keskin ijtimoiy o'zgarish va yangicha hayotiy vaziyat dramatik turdagi asarlar yaratilishi uchun mo'1-ko'l material bera oladi. Biz yashayotgan davr ana shunday keskin o'zgarish yangilanishlar davridir. Ma'lumki, milliy adabiyotimiz uchun haq gapni aytish badiiy ijodning oddiy talabiga aylanib qoldi. Bugun adabiyot zarur gapni, dolzarb muammoni odamning taqdiriga bog'lab, ta'sirli yo'sinda ifodalash kerakligiga odatlanib bormoqda. Milliy dramaturgiyada esa hanuzgacha zarur gapni yalang'och yo'sinda, keskin tarzda aytish fazilat sanab kelinmoqda. Har bir alohida odamda bo'lgani kabi har bir millatning va har bir davrning ham o'z mo'ljallari, egallanishi orzu etiladigan marralari bo'ladi. Mustaqillikka erishilganidan keyingi davr o'zbek adabiyoti uchun inson ma'naviyati qirralarini tekshirish, odam ruhiyatidagi ko'z ilg'amas sezimlarni tadqiq etishga erishish ana shunday baland marradirki, milliy adabiyotimiz uni egallash sari og'ishmay borayotir. Xullas, mustaqillik davri adabiyoti sog'lom tamoyillar asosida rivojlanmoqda. Hozir yaratilayotgan turli janrlardagi asarlarda zamondoshlar ruhiyatini tasvirlashning eng ta'sirchan usullarini kashf etishga jiddiy e'tibor berilyapti.
Download 107.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling