Drossel’-transformator (DT) mavjud bo’lgan rel’sli zanjirlarni hisoblash va tahlil etishda, ushbu dtlarni parametrlarini aniqlash lozim 1-rasm)


Download 0.91 Mb.
bet1/3
Sana27.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#474618
  1   2   3
Bog'liq
Q.T.Maxsus olchov 4-maruza
5-SINF BARG 10.2019, Biologiya Mustaqillik darsi (Q. Boltaeva), Ijtimoiy falsafa mavzular, ikki ozgaruvchili tenglamalar va ten, file name, 7, 7, division of labour, BSAT 6 topshiriq 4 sinf, BSAT 6 topshiriq 4 sinf, 27-dars, Laboratoriya 3 mustaqil ish PHY 013 L2, PHY 021 L1 2020 (2), Axtamov N. 37-19 LB1, SUHBAT TURLARI VA UNING MAZMUNI, Ionlarning harakatchanligi va tashish sonini aniqlash

Drossel’-transformator (DT) mavjud bo’lgan rel’sli zanjirlarni hisoblash va tahlil etishda, ushbu DTlarni parametrlarini aniqlash lozim (8.1-rasm). Bunda ko’pincha tranformator to’rtqutblik ko’rinishdagi ekvivalent o’rinbosish sxema bilan almashtiriladi. Bu sxemada tranformatordagi o’ramlar orasidagi magnitli bog’lanish elektrli bog’lanish bilan almashtiriladi.
DT to’rtqutblik koeffitsiyentlarining hisobi.
DTni to’rtqutblik A, V, S, D koeffitsiyentlari bilan ko’rinishdagi sxemasini tasavvur qilaylik (4.2-rasm).



4.1-rasm Temir yo’llardagi ikkita drossel-transformator vaizolyasiyalovchi tutashma





4.1-rasm. DTning sxemasi



CHegaralovchi yuklamaligida (salt yurish va qisqa tutashuv) kirish qarshilikni aniqlashga asoslangan to’rtqutblik koeffitsiyentlarini topish usuli umumiy hisoblanadi.



4.2-rasm. To’rtqutblikning umumiy sxemasi.



DT to’rtqutblik qarshiligi quyidagicha o’lchanadi (rasm 4.3.)
1). Salt yurishda 2-2’ klemmalarda yuklama yo’q;





4.3-rasm. DT parametrlarini o’lchash sxemasi.



2. Qisqa tutashuvda sxema o’xshash lekin 2-2’ klemmalarni qisqa tutashtiramiz (punktir chiziq).
1-1’ klemmalar tomonidan oziqlanishda quyidagi to’rtqutblik tenglamasini ishlatamiz:

2-2’ klemmalar tomonidan oziqlanishda to’rtqutblik tenglamasi quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi.

Salt yurish (xx) rejimda Ik=0 va qisqa tutashuv ( KZ) rejimda Uk=0 ni hisobga olgan holda, bizning to’rtqutbligimiz uchun tenglamalarni tuzib olamiz. So’ngra xx va KZ rejimlarda kirish qarshilikni aniqlaymiz.
; ;
; ;
Bu yerda argumentlarni fazometr  orqali aniqlash mumkin.
Agar o’zaro munosabat tamoyilidan kelib chiqadigan AD-VS=1 koeffitsiyentlar orasidagi nisbatni hisobga olsak, unda koeffitsiyentlarni aniqlash uchun yetarli uchta kattalik o’lchoviga Z1xx, Z2xx va Z2 KZ ega bo’lamiz.
Bundan quyidagilarga ega bo’lamiz:31
; ; ; .
(4) tenglamani a’zolarini AD ga bo’lamiz:
; ; .
Ifoda (2) ni (1) ga bo’lamiz. Hosil bo’ladi:
Keyin (5) ifodani (6) ga ko’paytiramiz:
.
Bu yerda quyidagilarni topamiz:
; ; ;
; ; .
Ko’rib chiqilgan usuldan tashqari, uchta ma’lum yuklama usulini ham ishlatish mumkin. U shundan iboratki, to’rtqutblikning bir chiqishiga ketma-ket uchta turli ma’lum yuklama R1, R2 R3 ulanadi. Keyin shu yuklamalar uchun kirish qarshiliklari aniqlanadi. To’rtqutblikda kirish qarshilikni aniqlash formulasining umumiy ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:

bu yerda Ri- ma’lum yuklama (i=1,2,3,. . .). Keyin nisbatni hisoblab to’rtqutblik koeffitsiyentlari aniqlanadi.
Ishlab chiqarish sharoitida DT to’liq qarshiligi ampermetr va vol’tmetr yordamida aniqlanadi. SHunda ham to’liq qarshilik DT o’zagini har xil toklar bilan magnitlanishida o’lchanadi, chunki bunda kirish qarshilik ham o’zgaradi.
Zaruriyat tug’ilganida DTning transformatsiya koeffitsenti salt yurish rejimda asosiy va ko’shimcha cho’lg’amlarida U1 va U2 kuchlanishlar nisbatidan aniqlash mumkin: K=U2/U1 yoki cho’lg’amlardagi W1 va W2 o’ramlar sonidan: K=W2/W1. Lekin bunda magnit o’tkazgichdagi quvvat isrofini hisobga olish mushkul.


TORTKI TOK ASIMMETRIYASI VA HALAQITLARINI O’LCHASH.
Elektrotortish uchastkalarda tutashma ulagichlarning nosozliklaridan hamda rel’slarning yerga nisbatan har xil o’tkazuvchanligi sababli rel’sli iplar bo’yicha ahamiyati bir xil bo’lmagan toklar oqib o’tishi mumkin, bu ularni asimmetriyasini belgilaydi.
Asimmetriya miqdori, ya’ni rel’sli yo’llarda teskari tortish tokning turli qiymati rel’sli zanjirning ishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi (masalan, ALSN impul’slarni o’zgartiradi, rel’sli zanjirning soxta bandligini yuzaga keltiradi).
Rel’slarda qaytish tokning asimmetriyasi rel’sli zanjirning asimmetriyasini tavsiflaydi va uni koeffitsiyenti qo’yidagi formula orqali aniqlanadi:
bu yerda I1 va I2 – 1 va 2 rel’sdagi toklarning miqdori.
O’zgaruvchi tokli elektrotortishda rel’sli zanjirdan elektroharakatlanuvchi tarkib xarakati vaqtida ikkala drosselli bog’lagichlarda toklar Dits qisqichlari yordamida o’lchanadi (tok transformatori s-91). Tortish toki 300A gacha bo’lgan uchastkalar uchun, asimmetriya koeffitsiyenti 4% dan oshmasligi kerak, ya’ni K4%. DT-1-150 yarimcho’lg’amlarida tortish toklar tavofuti 15 adan oshmasligi kerak.
O’zgaruvchi tokli elektrotortishda asimmetriya kuchlanishi rel’sli zanjirning oziqlantiruvchi uchi elektroharakatlanuvchi tarkib bilan bandligida releli uchlar rel’slarida bevosita o’zgaruvchan tok vol’tmetri bilan o’lchanadi. Asimmetriya kuchlanishi ikki ipli rel’sli zanjirlar uchun 2,5 V dan oshmasligi kerak, bitta drossel’-transformatorli ikki ipli uchun esa 5 V dan oshmasligi kerak. O’zgarmas tokli elektrotortish rel’sli zanjirlar profilaktikasida, tortish tokning asimmetriyasi aniqlanmaydi. Zarur bo’lganda (r.z. ni nosozliklarini aniqlash uchun) o’zgarmas tortish tokning asimmetriya koeffitsiyenti DT yarimchulg’amlarida kuchlanishni o’lchash yo’li bilan aniqlanadi. Asimmetriya koeffitsiyenti quyidagi formuladan topiladi:
Bunda DT - 0,2-500 va DT – 0,6-500 uchun asimmetriya koeffitsiyenti 20% oshmasligi lozim. Agar asimmetriya koeffitsiyenti me’yordan ko’p bo’lsa, unda tutashma ulagichlarni, DT ning asosiy chulg’amlarni ulanish kontaktlarini, zaminlanishlar ahvolini tekshirish zarur.
Tortish tokning garmonik tashkil qiluvchilarni o’lchash
O’zgarmas tokli elektrotortishli uchastkalarda tortish nimstansiyalarda o’zgaruvchan tokni to’g’rilanganda bir qator 50Gs karra garmonik tashkil qiluvchilar kelib chiqadi. 100, 150, 200 Gs chastotali garmoniklar fil’trlar bilan stansiyada yo’qotilmaydi va avtoblokirovka bilan ALSning mo’’tadil ishini buzishi mumkin. Ayniqsa, stansiyada to’g’rilagichlarning nosozligida garmoniklar ta’siri keskin kuchayadi. Rel’sli zanjirlarda garmonik tashkil qiluvchilar hajmini otsilllograf yoki garmoniklar analizatori bilan o’lchash mumkin. Biroq transportda, bunday asboblarni ishlatish ma’lum qiyinchiliklar bilan bog’liq bo’lgani uchun, sNII (MITI) da ishlab chiqilgan selektiv qurilmadan foydalaniladi. U PK1 va PK2 qabul g’altaklardan fil’tr va elektron vol’tmetrdan iborat. Qabul g’altaklarni DT asosiy chulg’amni rel’slar bilan ulovchi simlarga qo’yiladi. g’altaklarda induksiyalangan EYUK ikki bug’inli fil’tr bilan ajratilib, millivol’tmetr bilan o’lchanadi (4.4-rasm).32
Talab qiladigan chastotaga fil’trni sozlash Kn 50Kn 300 knopkalar yordamida kondensatorlarni ulash yo’li bilan amalga oshiriladi. qabul g’altaklarni Kn 1 knopka yordamida qarama-qarshi yoki mos ravishda o’lash mumkin. Kn 50 va Kn 75 knopkalar yordamida rel’sli zanjirlarda signal tokning hajmini ham o’lchash mumkin.





4.4-rasm. SNII-MPS Garmonik o’lchagich sxemasi.



300, 500, 600, 900, 1200 Gs chastotali tortish tokni tashkil qiluvchilar garmoniklari, asosan aloqa yo’llarda shovqinlar xosil qiladi. Garmonika koeffitsiyenti KgIg/It deb aniqlanadi va bu yerda It – tortish toki; Ig - garmonika toki.



Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling