Dtpi aniq va tabiiy fanlar fakulteti biologiya 11 b 20 guruh talabasi temirova mashhuraning genomika asoslari fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
Download 0.61 Mb.
|
GENOMIKA TEMIROVA M 5-MI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Viruslar klassifikatsiyasi
- Viruslarning ximiyaviy tarkibi va tuzilishi.
- Viruslarni o’stirish usullari va ozuqa muxitlari
- Faglar klassifikatsiyasi va ishlatilishi
- Adabiyotlar
DTPI ANIQ VA TABIIY FANLAR FAKULTETI BIOLOGIYA 11 B 20 GURUH TALABASI TEMIROVA MASHHURANING GENOMIKA ASOSLARI FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI.MAVZU: VIRUS VA FAGLAR GENOMIKASI Viruslar klassifikatsiyasi Virusologiya tabiatda nixoyatda keng tarqalgan va nixoyatda mayda bo‘lgan viruslar to‘g‘risidagi fandir. Virus Virus so‘zi xayvon zaxari ma’nosini bildirib, bu L.Paster tomonidan berilgan. Viruslar ko‘pgina yuqimli kasalliklarning sababchilari ekanligi aniqlangan. 1892 yilda D.I.Ivanovskiy tomonidan tamakining mozaik kasalligining sababchisi viruslar ekanligini birinchi bo‘lib isbotladi.Virusologiya fanining rivojlanishida olimlardan Morozov M.A., Zilber L.A.,CHumakov M.P.,Smorodinsov A.A., Jdanov V.M.lar ishlari nixoyatda katta axamiyatga ega. Viruslar klassifikatsiyasi Viruslar odam, xayvon, xashorat o‘simlik, zamburug‘lar va bakteriyalarning qattiy xujayra ichida yashovchi parazitlari bo‘lib, oqsilni sintezlash, ferment va energiya xosil qilish xususiyatiga ega emas. Viruslar struktura tuzilishi jixatidan xam, funksiyalari jixatidan xam prokariotlar va eukoriotlardan farq qiladi, chunki ular:
Viruslarning ximiyaviy tarkibi va tuzilishi. Viruslar tabiatda ikki xil 1. xujayradan tashqarida- virion.2. xujayra ichida vegetativ shaklida bo‘ladi.Viruslar xo‘jayinxujayrasiga kirguncha yirik molekula shaklida bo‘lib, xujaraga kirgach tirik sistemaga aylanadi.Virus xujayra tuzilishiga ega bo‘lmagan juda kichik zarrachadir, ularning shakli turlicha: sharsimon, tayoqchasimon, kubsimon, spermazoid va ikosaidir.To‘liq shakllangan virus zarrachasi virion deb ataladi. U nuklein kislota va oqsil qobig‘idan iborat. Kapsid oqsil molekulalari kapsomerlardan tuzilgan. Viruslar kattaligi 20 dan 350 nm gacha bo‘ladi. Ularni filtrlash, ultratsentrofugalash, diffuziya qilish va elektron mikroskop orqali uzunligini aniqlash mumkin. Viruslarni o’stirish usullari va ozuqa muxitlari Virusning hujayraga kirishi va infеktsion jarayon davrlari: Adsorbtsiya. Virus DNK sining sintеzi. Virus RNK si sintеzi. Konsеrvativ va yarim konsеrvativ rеplikatsiya. Virus zarrasining еtilishi. Hujayraga virus yuqtirilgandan so`ng, virus zarrachasi hujayra ichida ko`payadi va o`ziga o`xshash millionlab virus zarrachalarini hosil qiladi yoki hujayra irsiy moddasi bilan virus irsiy moddasi bilashib, ma'lum vaqtgacha virus zarralari hosil bo`lmay hujayra normal hayot kеchirishi mumkin. Faglar klassifikatsiyasi va ishlatilishi Bakteriofag xodisasini birinchi bo‘lib mashxur rus olimi N.F.Gamaley kuzatgan. Kuydirgi tayoqchasi bilan qilgan tajribalarida mikroblarni erishi aniqlangan. U mikrobning erib ketish sababini ko‘chib yuruvchi lizin deb atadi. Keyinchalik boshqa olimlar shunga o‘xshash litik agentlarni ajratib oladilar. 1917 yilda D.Errel bu xodisani batafsil o‘rganadi va bakteriofaglarning biologik kelib chiqishiga to‘g‘ri baxo berdi, ya’ni bakteriyalar virusi deb atadi. Morfologiyasi.Faglar golovastik yoki spermatozoidlar ko‘rinishiga ega bo‘lib, u ikki qismdan boshi va dumidan iborat. Ba’zi faglarda dumi nxoyatda kalta bo‘ladi,ayrimlarida umuman bo‘lmaydi.boshchasi 60-100 nm ga teng. Faglarning bir necha tiplari aniqlangan. SHulardan dizenteriya faglari yaxshi o‘rganilgan. Faglar dumining uchida 6 qirrali bazal plastinka joylashgan bo‘lib, uning xar birida qisqa ninachasi bo‘ladi.Bazal plastinkalar va ipchalar faglarni bakteriyalarga yopishishini ta’minlaydi. Faglarning boshchasidagi kapsid va dumidagi oqsil tartibli ravishda joylashgan iplardan iborat bo‘lib, ular boshchasida kubik xolda, dumchasida spiral xolida joylashagan.Fag dumchasi tagida lizotsim joylashgan bo‘lib, u faglarning mikrob ichiga kirishida yordam beradi. DNK tutuvchi faglarning boshchasida bir molekula DNK joylashgan bo‘lib, u xalqa kurinishiga ega bo‘ladi va uzunligi virion uzunligidan bir necha barobar ko‘p, chunki u spiral xolda uchraganligi uchun boshchasiga sig‘adi. Boshcha ichida 3% miqdorida “ichki oqsil” bo‘lib, uning tarkibidagi poliamin fag DNK sining spirallanishida aloxida o‘rin tutadi, chunki u faqat mana shunday spiral xolidagina boshchasiga joylanishi mumkin. Adabiyotlar:
Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling