Dts bòyicha O‘quvchining o‘zlashtirishi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar


Download 53 Kb.
Sana18.06.2020
Hajmi53 Kb.


1. DTS bòyicha O‘quvchining o‘zlashtirishi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar
I sinf
Bilim:

Tovush va harfni farqlay olish; harflarni to‘g‘ri yoza bilish; tinish belgilarini o‘rinli qo‘llay olish; shaxslarga, joylarga, hayvonlarga atab qo‘yilgan nomlarni bosh harfda yoza bilish;

Malaka: O‘rganilgan bilimlar doirasida imlo xatolarga yo‘l qo‘ymaslik;

II sinf

Ko‘nikma: Tinish belgilarini o‘rinli qo‘llay bilish; ketma-ket kelgan bir xil unlilar imlosini farqlay olish; ketma-ket kelgan bir xil undoshlar imlosini ajrata bilish;

Malaka: 30-40 so‘zdan iborat matn asosida diktant va bayon yozish; o‘zlashtirilgan

bilimlar doirasida imlo xatolariga yo‘l qo‘ymaslik;

III sinf

Ko‘nikma: So‘z va iboralarni to‘g‘ri yoza olish;

Malaka: 50-60 so‘zdan iborat diktantni matn asosida to‘g‘ri yozish

IV sinf

Ko‘nikma: Ketma-ket kelgan bir xil unlilar imlosini ajrata olish; ketma-ket kelgan bir xil undoshlar imlosini farqlay olish; so‘z oxirida talaffuzda tushib qoladigan undoshlar imlosini farqlay olish; so‘z va iboralarni to‘g‘ri yoza olish; gap tarkibida tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘ya olish, egalik va kelishik qo‘shimchalarining imlosini farqlay bilish; fe’l zamonlari, shaxs-son qo‘shimchalarining imlosini ajrata olish; sanoq son, tartib sonlarning imlosini bilish;

Malaka: 75-80 so‘zdan iborat diktantni to‘g‘ri yozish;
2.imloga doir mashq turiga misol

2-sinf ona tili darsligining 17 betida quyidagicha imloga oid mashq berilgan ekan:

42-mashq. «Imlo lug‘ati»dan u va o‘ unlisi bor so‘zlarga 5 tadan misollar topib yozing.

Ularni talaffuz qiling. Yozilishini eslab qoling.
3.Imloni òrgatishda tahlil turlari:
grammatika va imlo o'qitish suhbat metod, yarim izlanishli muammoli metod, analitik (tahlil), sintetik (tarkib), induktiv metodlarda o'rganiladi.

4. Imlo luģatidan foydalanishning ahamiyati.

Imlo lug’ati” faqat o’quvchilarning imlo savodxonligini emas, balki so’z boyligini oshirishda ham muhim qo’llanmadir.

Ot” so’z turkumini o’rganishda otlarning ma’no guruhlariga misollar tanlash, juft shaxs otlari, qo’shib va ajratib yoziladigan qo’shma otlar ro’yxatini tuzish, “sifat +turdosh ot”, “son + turdosh ot”, “ot +fe’l + - ar” qolipli hosilalar ustida ishlash kabi mustaqil ishlar shu lug’at yordamida bajariladi.
Xullas, “Imlo lug’ati”dan ona tilining barcha bo’limlarini o’rganishda unumli foydalaniladi. U o’quvchining doimiy yo’ldoshi, darslik materilallarini to’ldiruvchi zarur qo’llanma sanaladi.

Dars ishlanma

Mavzu. U va o' unlilari.22-24- mashqlar.

Maqsad. U va o' unli tovushlarini alohida va so'z ichida to'g'ri talaffuz qilish, shu harfli so'zlarni to'g'ri yozish ko'nikmasini o'stirish.



Darsning borishi.

I. Uy vazifasini tekshirish.

II. U tovushini alohida va so'z ichida to'g'ri talaffuz qilish va u hatfli so'zlarni to'g'ri yozish ko'nikmasini o'stirish.

1. Bulbul, uzum kabi ikki so'zni tovush tomonidan tahlil qilish, u unli tovush ekanini tasdiqlash.

Uzum— ikki bo'g'inli so'z: u - zum; to'rt tovushdan tuzilgan: u-z-u-m; u — unli tovush; u tovushini talaffuz qilganda havo og'izda to'siqqa uchramaydi, erkin o'tadi (qancha cho'zib talaffuz qilsak ham u tovushi eshitiladi), ovoz eshitiladi; o'zi bo'g'in hosil qiladi: u-zum; z — undosh tovush, m — undosh tovush; bulbul so'zi ham shunday tahlil qilinadi.

2. 22- mashq.

Mashq topshiriqlari tartibida bajariladi. Birinchi bo'g'inda u unlisi kelgan so'zlarning ikkinchi bo'g'inida ham u tovushi talaffuz qilinishi va u harfi yozilishini yodda tutish uqtiriladi.

3. Berilgan bo'g'inga rasm yordamida bo'g'in qo'shib so'z tuzish va uni yozish. 23- mashq. Bu mashq ham topshiriqlari tartibida bajariladi.

III. O' va i unli tovushlarini alohida va so 'z ichida to 'g 'ri talaffuz qilish ko'nikmasini o'stirish.

1. O'yin, qo'shiq so'zlarini tovush tomondan tahlil qilish.

2. Birinchi bo'g'inda o', ikkinchi bo'g'inda i tovushi kelgan so'zlarni to'g'ri talaffuz qilish va to'g'ri yozish ko'nikmasini shakllantirish.

Xattaxtaga yozilgan to'ti, to'lqin, o'ttiz, qo'shiq, ko'prik, ko'rik so'zlarini o'quvchilaiga o'qitish va to'g'ri yozilishini tushuntirib, so'z diktant yozdirish.

IV. Darsni yakunlash.

— Darsda nimalarni bilib oldingiz? (1- bo'g'inda u unlisi kelgan so'zlarning 2- bo'g'inida ham u unlisi kelishi va ikkala bo'g'inda ham u harfi yozilishini; 1- bo'g'inida o' tovushi kelgan so'zlarning 2- bo'g'inida i unlisi talaffuz qilinishi va shunday yozilishini bilib oldik.)



V. Uyga vazifa. 24- mashq.
Download 53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling