Dunyo o’rmon va yog’ochsozlik sanoati


Download 43.09 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi43.09 Kb.
#237131
Bog'liq
dunyo ormon va yogochsozlik sanoati


Aim.uz

Dunyo o’rmon va yog’ochsozlik sanoati.
Mazkur sanoat ko’p jihatidan o’rmon resurslarining joylashuviga bog’liq.O’rmon faqatgina sanoat xom-ashyosi emas.U tuproqni shamol va suv eroziyasidan saqlaydi, yerdagi namni saqlaydi, daryolarning toshishiga yo’l qoymaydi, ekinzorlarni garmseldan saqlaydi, “Yerning o’pkasi”dir (O2 manbaidir).

O’rmon sanoati xalq xo’jaligiga: qurilish materiallari, sun’iy tola, spirt, qog’oz, karton, skipidar, kanifol, smola, (yelim), yem achitqilari, mebel, idish (tara), lak-boyoq, hushboy efirlar va h.k. beradi.

O’rmon sanoati mahsulotlarining iste’molchilari: mashinasozlik, yengil sanoat, transport, aloqa va qurilishdir. O’z navbatida o’rmon sanoati ham boshqa tarmoqlardan soda, natriy, oqartiruvchi ximikatlar, avtomashinalar, traktorlar, stanoklar oladi.

O’rmon sanoatining tarkibi:

1.Yog’och tayyorlash: Daraxt qirqish,uni transport magistraliga olib chiqish,qayta ishlash markazlariga etkazib berish;

2.Yog’ochga mexanik ishlov berish: Yog’och-taxta,fanera,gugurt,mebel,idish,binokorlik detallarini ishlab chiqarish (eshik,deraza).

3.Yog’ochga ximiyaviy ishlov berish (o’rmon-ximiya): Qog’oz,karton,skipidar,kanifol,yem-achitqilari,lak-boyoq.

O’rmon sanoati o’zaro bog’langan bir qancha ishlab chiqarishlardan iborat.Birining ishlab chiqargan mahsuloti 2-si uchun xom-ashyo bo’ladi.Masalan: yog’och tayyorlash korxonalaridan chiqqan yog’ochlar mebel sanoati uchun xom-ashyodir.

O’rmonlar xalq xo’jaligida turli xil ahamiyatga ega.Sanitariya o’rmonlari (shaharlar atrofida), tuproqlarni, dalalarni (Sahroi Kabir atrofida), suvni muhofaza qiluvchi o’rmonlar (daryo,ko’llar,suv omborlari,kanallar yoqalarida), qo’riqxona va milliy bog’ o’rmonlari (AQShda sekvoya saqlanadi) bo’ladi.Bunday o’rmonlarda daraxtlarni sanoat uchun kesish man etiladi, balki parvarish qilish uchun kesiladi.

O’rmonlarni kesishda ularning yoshiga ham qaraladi. Masalan: Rossiyada 80 yoshdan oshgan daraxtlar etilgan hisoblanadi.O’rmon sanoati korxonalarini dengiz,daryo,shosse,temir yo’l tugunlarida joylashtirilishi iqtisodiy qulay.O’rmon sanoatida asosiy harajat yog’och tayyorlashga to’g’ri keladi.

O’rmon sanoatida qimmatbaho daraxt turi-igna bargli o’rmonlar hisoblanadi.(qayrag’och,qora qarag’ay,pixta,kedr,tilog’och).

Jahonda o’rmon resurslari shartli ravishda 2 mintaqaga ajratiladi:

1.Shimoliy o’rmon mintaqasida asosan igna bargli daraxtlar kesilib,ulardan yog’och taxta tilinadi,sellyuloza,qog’oz,karton ishlanadi.Rossiya,Kanada,Shvesiya,Finlyandiya o’rmon va yog’ochsozlik sanoatida yetakchi bo’lib, xalqaro ixtisoslashgan davlatlardir.Yog’och mahsulotlarini chetga chiqarishda dunyoda 1-o’rinda Kanada turadi.

2.Janubiy o’rmon mintaqasida keng bargli daraxtlar (eman,zarang,tikon daraxti,qizil,bals va h.k.)

Bu yerda o’rmon sanoatining 3ta asosiy areali tarkib topgan.Ular quyidagilar:

1.Amazoniya

2.Tropik Afrika

3.Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyo



Ularda tayyorlangan yog’och-taxta dengiz yo’llari orqali Yaponiya va Horijiy Yevropaga sotiladi.Janub mamlakatlarida qog’oz tayyorlashda o’rmon yog’ochi emas, g’arov,bagassa,sizal,jut kabi o’simliklardan foydalaniladi.


Aim.uz


Download 43.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling