Dunyo siyosiy xaritasining ahamiyati


Download 0.89 Mb.
bet1/11
Sana02.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#189137
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-mavzu maruza


II-mavzu. HOZIRGI ZAMON DUNYO SIYOSIY XARITASI

    1. Dunyo siyosiy xaritasining ahamiyati

Ma’lumki, qaerdaki boshqarish mavjud ekan shu erda ustunlikka intilish ham mavjud bo’ladi. Xususan dunyo mamlakatlarining shakllanishi hamda rivojlanishida ham aynan shunday jarayon kuzatiladi. Bugungi kunda dunyoda 230 dan ortiq mamlakat mavjud bo’lib, ular bir-biridan rivojlanish darajasiga ko’ra, davlat tuzumi va boshqarish shakliga ko’ra o’zaro farq qiladi.

Dunyo siyosiy xaritasi juda murakkab va dinamik o’zgaruvchan jarayon bo’lib, turli tuzumdagi davlatlarni va hududiy birliklarni o’z ichiga oladi. Dunyo siyosiy xaritasi miqdor va sifat jihatdan o’zgarib turadi. Dunyo siyosiy xaritasining miqdor jihatdan o’zgarishiga dunyo mamlakatlari soni ko’payishi yoki kamayishi bilan bog’liq bo’lsa sifat jihatidan o’zgarishiga esa, davlatlarni mustaqillikka erishishi, davlatlar siyosiy tuzumining o’zgarishi bilan bog’liq.

Siyosiy xaritaning ahamiyati g’oyat katta bo’lib, u mamlakatlarning xalqaro o’rnini, dunyoda egallagan mavqeini, ichki siyosiy-ma’muriy tuzilmasi xususiyatlarini o’zida yaqqol aks ettiradi.

Mamlakatlar va xalqlarning butun hayoti ularning davlat (siyosiy) chegaralari belgilangan o’z hududlarida o’tadi. Ularni aynan shu yo’nalishda o’rganish iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy geografiyaning asosiy vazifasi hisoblanadi. Bir tomondan, dunyo va regional muammolar ayrim mamlakatlarning muammolaridan o’sib chiqadi va shakllanadi, boshqa tomondan esa, ularning rivojlanishi boshqa ko’plab mamlakatlarga bevosita katta ta’sir ko’rsatadi.

Mustaqil davlatlarning tashkil topishi, shakllanishi, rivojlanishi, shuningdek, ularning barbod bo’lishi yoki suverinetining tugatilishi, o’zgarishi yoki tubdan o’zgartirilishi va boshqalar g’oyat murakkab tarixiy jarayonlar bo’lib, ko’plab ichki va tashqi omillar – siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, etnik, diniy va boshqalar bilan belgilanadi. Bunda ko’pincha mamlakatlar va xalqlar hayotining murakkab mummolari ko’p yillar, ba’zan asrlar davomida echilmoy qolishi mumkin.

Dunyo siyosiy xaritasi g’oyat o’zgaruvchan xususiyatga ega. U quyidagi asosiy siyosiy-geografik o’zgarishlarni aks ettiradi: muayyan davlatning boshqa davlat bilan qo’shilishi (birlashishi, bir davlatning boshqa davlat tarkibiga kirishi v.b); davlatchilikning (siyosiy suverenitetining) yo’qotilishi; davlatlar (mamlakatlar) maydonining-hududlar va akvatoriyalar, ular chegaralarning o’zgarishi; poytaxtning almashishi (o’zgarishi); davlat, mamlakat va poytaxt nomlarining o’zgarishi; davlat boshqaruvi shaklining o’zgarishi va boshqalar Bu elementlarning barchasi siyosiy geografik xaritaning asosiy mazmunini belgilab beradi.


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling