​​​​Dunyodagi eng qisqa 15 ta hikoyani bilasizmi? Ularning hajmi kichik, mazmuni esa


Download 69.08 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.06.2020
Hajmi69.08 Kb.
#116026
Bog'liq
Eng qisqa hikoyalar

background image
​​​​Dunyodagi eng qisqa 15 ta hikoyani bilasizmi? Ularning hajmi kichik, mazmuni esa

juda katta yechimga ega! Marhamat ular bilan tanishib chiqing, ma'nosini tushinishga

harakat qiling.

1-hikoya 

 Hayrat

U xotinining qotiliga sut ichirardi.



2-hikoya 

 Robiya 


Ey, Xudoyim, yaqinda tug‘iladigan ukam ham qiz bo‘lishini xohlardim. O‘shanda biz

buvijonim bilan birga yashardik…

3-hikoya 

 Eng qisqa hikoya

Haydovchi tamaki tutatdi va qancha yoqilg’i qolganini bilish uchun benzin bakiga

egildi. Marhum atigi 23 yoshda edi.

4-hikoya 

 Qasd va xalos 

Jonimga qasd qilish uchun o’zimni pastga tashladim Keyin fikrimdan qaytdim.

5-hikoya 

 Taqdir 

Vaqtlararo sayohatchining dayoli: «Parol» nima edi-ya?

6-hikoya 

 E’lon 


Siniq derazaning sirtiga yozilgandi: Yangi oila qurganlar .

7-hikoya 

 Tarjimai hol 

Avvallari mening tekis yuzim, burma ko’ylagim bor edi, hozir esa… aksi.

8-hikoya 

 Umid 


“… Biz boshqa hech qachon uchrashmaymiz! Boshqa hech qachon to‘qnash

kelmaymiz! Boshqa hech qachon ko‘zlarimiz ko‘zlarimizga tushmaydi…

Ko‘rishguncha…”

9-hikoya 

 Yolg’izlik

Dunyodagi eng oxirgi inson xonasida o’tirgan edi. Eshik taqillab qoldi…

10-hikoya 

 Yotoqxona

Yotoqxonamizdan ikki kishining ovozi eshitilardi. Men eshikni taqillatdim…

11-hikoya 

 Gunohkor 

U haqiqiy gunohkor edi. Chunki bir yuz yigirma to’rt ming suvoriydan yolg’iz ugina

urushdan vataniga sog’-omon qaytdi.

12-hikoya 

 Optimist 

– Yangi poyabzal sotib olganimda doim bitta qo‘shimcha bog‘ichga ega bo‘lishimni

o‘ylab, quvonaman. Umuman kiyilmaydigan ikkinchi poy haqida esa o‘ylamaslikka

urinaman…

13-hikoya 

 6 so’zli hikoya 

Sotiladi. Chaqaloq tuflichasi. Biror marta kiyilmagan.

background image
14-hikoya 

 Mas’uliyat

Yetti bolaning kiyimlari og’irlik qilib uzilgan dor, uyidan bosh olib ketayotgan erkak

oyoqlarini chalishtirib yiqitdi.

15-hikoya 

 Qo’rquv 

-Endi uxla, toychog’im,- ona shunday deb chiroqni o’chirdi. – Oyi! O’chirmang,

iltimos. Qorong’ilikdan juda qo’rqaman! – dedi ko’zlari ojiz bolakay.



Download 69.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling