Dvsssm yo’nalishi 102a guruh talabasi Turdialiyeva Sevinchning jismoniy tarbiya fanidan tayyorlagan mustqil ishi


Download 394.12 Kb.
Sana22.02.2023
Hajmi394.12 Kb.
#1221881
Bog'liq
jistar8

DVSSSM yo’nalishi 102a guruh talabasi Turdialiyeva Sevinchning jismoniy tarbiya fanidan tayyorlagan mustqil ishi

Mavzu;Osiyo oyinlari tarixi

Reja

Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida hisob bo‘yicha XVIII Osiyo o‘yinlari tantanali ochildi.

  • Mazkur bellashuvlarga 1951-yilda asos solingan. Musobaqa Osiyo Olimpiya kengashi shafeligida tashkil etilib, unda faqatgina sariq qit’a atletlari o‘zaro bahslashadi. Bu yerda ham xuddi zamonaviy olimpiya o‘yinlarida bo‘lgani kabi g‘olib sportchilar oltin, kumush va bronza medallari bilan taqdirlanishadi. Ushbu bellashuvlarning o‘tkazilishiga

.

  • Uzoq sharq o‘yinlari asos bo‘lib xizmat qilgan, desak xato bo‘lmaydi. Olis 1913-yilda Yaponiya, Filippin hamda Xitoy atletlari Manilada o‘zlarining ilk birdamlik o‘yinlarida g‘oliblik uchun bahs olib borishgan. Uzoq sharqning boshqa davlatlari esa keyinroq ushbu musobaqaga qo‘shilgan. Ammo, ikkinchi jahon urushi boshlangach bu o‘yinlar to‘xtab qoladi.

.

  • Ikkinchi jahon urushi tugagach Osiyoning ko‘plab davlatlari mustaqillikka erishadi. 1948-yil Buyuk Britaniyaning London shahrida o‘tkazilgan XIV yozgi olimpiya o‘yinlari vaqtida Osiyo qit’asi vakillari o‘zlarining musobaqasini o‘tkazish borasida kelishib olishadi va nihoyat 1951-yil Hindistonning Nyu-Dehli shahrida tarixiy Osiyo o‘yinlari o‘tkaziladi. 

.

  • Unda atigi 11 ta davlat atletlari g‘oliblik uchun bahs olib borishadi. Ammo yildan yilga musobaqaning nufuzi ortadi va tabiiyki, unda ishtirok etuvchi mamlakatlar, shu bilan birga sportchilar soni ham o‘sib boradi. 1954-yildan esa Osiyo o‘yinlari har to‘rt yilda o‘tkaziladigan bo‘ldi, xuddi olimpiya o‘yinlari kabi.

.

  • 1990-yil Xitoyning Pekin shahri mezbonlik qilgan hisob bo‘yicha XI Osiyo o‘yinlarida ilk bor ishtirokchi davlatlar soni 30 dan ortadi. 1991-yilda sobiq Ittifoq parchalanadi va Osiyo Olimpiya kengashi Markaziy Osiyo davlatlari, xususan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston Respublikalari hisobiga kengayadi va ushbu mamlakatlarning atletlari 1994-yil Yaponiyaning Xirosima shahrida o‘tkazilgan XII Osiyo o‘yinlariga taklifnoma olishadi. O‘sha yilgi musobaqalarda ilk bor ishtirokchi davlatlar soni 42 tani tashkil etadi va bu ko‘rsatkich bugungi kunda 45 taga yetgan.

.

  • Shu kunga qadar o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlariga sariq qit’aning 9 ta davlati mezbonlik qilgan. Bular Hindiston, Filippin, Yaponiya, Indoneziya, Tayland, Eron, Janubiy Koreya, Xitoy hamda Qatar davlatlaridir. Taylandning Bangkok shahri esa bellashuvlarni to‘rt marta qabul qilgan va bu borada mutloq rekordchi sanaladi.

.

  • Shu kunga qadar o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlariga sariq qit’aning 9 ta davlati mezbonlik qilgan. Bular Hindiston, Filippin, Yaponiya, Indoneziya, Tayland, Eron, Janubiy Koreya, Xitoy hamda Qatar davlatlaridir. Taylandning Bangkok shahri esa bellashuvlarni to‘rt marta qabul qilgan va bu borada mutloq rekordchi sanaladi.

Download 394.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling