Dxx ga ishga kirish uchun hujatlar


Download 17.76 Kb.
Sana27.01.2022
Hajmi17.76 Kb.
#509638
Bog'liq
415-21
4-практика№4, Algebra va matematik analiz fanidan lug at (R.Yarqulov, M.Barakayeva), Маъмуралиев Авазбек 1, Мустакил иш, Мустакил иш, Амалиёт-15, fulltext, sss, civil proj advt, civil proj advt, problem, integral tenglamalarni yechish metodlari — копия, VLSI Implementation of Cellular Neural N, Sayt nomi, Sayt nomi

DXX GA ISHGA KIRISH UCHUN HUJATLAR

Dastlab, ishga kirish tartibi haqida qanday hujjatlar talab etilishi to'xtalib o'tamiz: Mehnat Kodeksining 80-moddasiga asosan ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni:

1) pasport yoki uning oʻrnini bosadigan boshqa hujjatni, oʻn olti yoshgacha boʻlgan shaxslar esa, — tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va turar joyidan maʼlumotnomani;
2) mehnat daftarchasini, birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno. Oʻrindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat 3) daftarchasi oʻrniga asosiy ish joyidan olgan maʼlumotnomani;
4) harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar tegishincha harbiy biletni yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnomani;
5) qonun hujjatlariga muvofiq maxsus maʼlumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega shaxslargina bajarishi mumkin boʻlgan ishlarga kirayotganda oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar oʻquv yurtini tamomlaganligi toʻgʻrisidagi diplomni yoxud mazkur ishni bajarish huquqini beradigan guvohnomani yoki boshqa tegishli hujjatni taqdim etadi.

E'tibor bering! Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan yuqoridagi hujjatlarida boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.



Endi, Davlat xavfsizlik xizmatiga ishga kirish tartibi haqida to'txaladigan bo'lsak, “Davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida”gi qonunning 40-moddasida davlat xavfsizlik xizmatiga harbiy xizmatga (ishga) qabul qilinayotgan, shuningdek Davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanishiga ijozat beriladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlardan foydalanishga ijozatni rasmiylashtirish tartib-taomilidan oʻtadi. Mazkur normaga muvofiq, fuqarolarni ishga qabul qilish tartib-taomili sir tutilish belgilangan.
Yuqoridagi normaning ikkinchi qismida Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi, davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlardan foydalanishiga ijozat berilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ularni oshkor etganlik uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladi. Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 162-moddasi.
Xulosa qiladigan bo'lsak, ishga qabul qilish masalasida qay tartibda oʻtish, DXX ishga kirishda qanday talablar qoʻyilishi shuning bilan birga qaysi soha mutaxasisslari ishga qabul qilinishi maxfiy maʼlumot ekanligini sizga maʼlum qilamiz.
Mehnat kodeksining 80-moddasiga ko'ra ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni:
pasport yoki uning o‘rnini bosadigan boshqa hujjatni, o‘n olti yoshgacha bo‘lgan shaxslar esa, — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani;
mehnat daftarchasini, birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno. O‘rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasi o‘rniga asosiy ish joyidan olgan ma’lumotnomani;
harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar tegishincha harbiy biletni yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnomani;
qonunchilikka muvofiq maxsus ma’lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega shaxslargina bajarishi mumkin bo‘lgan ishlarga kirayotganda oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplomni yoxud mazkur ishni bajarish huquqini beradigan guvohnomani yoki boshqa tegishli hujjatni taqdim etadi.
Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan qonunchilikda ko‘rsatilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida qonunning 33-moddasiga asosan fuqarolarni Davlat xavfsizlik xizmatiga xizmatga qabul qilish, ularni lavozimga tayinlash, mansabini ko‘tarish va boshqa lavozimga o‘tkazish ularning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy holatidan qat’i nazar amalga oshiriladi. Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilariga nisbatan maxsus talablar Davlat xavfsizlik xizmati raisi tomonidan belgilanadi.
40-moddada davlat xavfsizlik xizmatiga harbiy xizmatga (ishga) qabul qilinayotgan, shuningdek Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanishiga ijozat beriladigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlardan foydalanishga ijozatni rasmiylashtirish tartib-taomilidan o‘tadi.
Davlat Xavfsizlik Xizmatiga ishga kirish uchun ushbu tashkilotning viloyat boshqarmasiga yoki tuman bo'linmasiga yuqorida keltirilgan hujjatlarni taqdim qilishingiz kerak bo'ladi.

Download 17.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling