Egalik va kelishik shakllari uslubiyati


Kelishik qo’shimchalari uslubiyati


Download 21.36 Kb.
bet3/4
Sana03.11.2021
Hajmi21.36 Kb.
1   2   3   4
Kelishik qo’shimchalari uslubiyati

Ot va otlashgan so’zlarga qo’shilib, uni boshqa so’zlarga tobelantirib bog’lab keladigan grammatik shakllar tizimi kelishik qo’shimchalari deyiladi. Kelishik qo’shimchalari har doim tobe so’zga qo’shiladi.

Kelishik qo’shimchalari belgili-belgisiz qo’llanishi, bir-biri bilan almashinishi mkoniyati, ayrim ko’makchilar bilan ma’nodoshligi, ayrimlarining qisqargan shaklda qo’llanishi kabi bir qator xususiyatlariga ko’ra turli uslubiy ma’no nozikliklarining yuzaga chiqishiga imkoniyat beradi.

Masalan, tushum kelishigi belgili qo’llanganda, obyektni ta’kidlash ma’nosi ifodalanadi, belgisiz bo’lganda esa bu ta’kid yo’qoladi: kitobni o’qidi- kitob o’qidi. Yoki birikmada tushum kelishigi qo’llanganda, obyektning barchasi nazarda tutilganligi, ayni o’rinda chiqish kelishigi qo’llanganda esa obyektning bir qismiga e’tibor qaratilganligi anglashiladi. Masalan: choyni ichdi-choydan ichdi. Yoki jo’nalish kelishigining, masalan, uchun ko’makchisi bilan ma’nodoshligi asosida almashtirilishi ham ifodada uslubiy farqni yuzaga keltiradi. Masalan: dostimga oldim- do’stim uchun oldim.

Qaratqich va tushum kelishiklari qo’shimchalari badiiy uslubda, xususan, she’riyatda –n shaklida qisqargan holda qo’shilishi va matnda ekspressivlik, poetik ohang baxsh etadi. Masalan: Qarshimda yer sharin surati turar, Salmog’i Quvaning anoricha bor.

Qaratqich kelishigi doimo tushib qolavermaydi. Quyidagi hollarda, albatta, qo’llaniladi:



  1. Qaratqich bilan qaralmish o’rasida boshqa so’z kelsa. Masalan: Derazaning qora oynasi.

  2. Qaratqich kelishigidagi so’z atoqli ot, olmosh yoki sifatdosh, shuningdek, boshqa otlashgan so’zlar bilan ifodalangan bo’lsa. Masalan: Ahmadning daftari, mening daftarim, o’qiganning foydasi, cho’lning mayin havosi.

Qaratqich va qaralmish munosabatida qaratqich va egalik qo’shimchalarining ifodalanishi to’rt xil ko’rinishga ega:


  1. Download 21.36 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling