Egilish. O‘zakning ko‘ndalang kesim yuzasidagi ichki kuch faktorlari. Sof egilish. Egilish. Egilishda deformasiyalar


Download 121.6 Kb.
bet1/5
Sana09.04.2022
Hajmi121.6 Kb.
#630209
  1   2   3   4   5
Bog'liq
dokument microsoft word 2
Elementar oqimcha uchun Bernulli tenglamasi. Suyuqlikning beqaror harakati-конвертирован, portal.guldu.uz-NAZARIY MEXANIKA, mex.3, 1. Kesishuvchi kuchlar uchun Varinon teoremasi Kuchning nuqtaga -hozir.org, 9.Mavzu, ПИО-913 КИПиА.ru.uz, mex.9, i.d.YSTJ sirtqi tikuv (1), bosim-o0lchash-asboblari, Документ-Microsoft-Word-2-1, Endress-Hauser Prosonic S FMU90 RU, 3 Mavzu, openflow-spec-v1.3.0, 9-ma`ruza suyuqlikning tekis va notekis xarakatlari. Reja-конвертирован

EGILISH. O‘ZAKNING KO‘NDALANG KESIM YUZASIDAGI ICHKI KUCH FAKTORLARI. SOF EGILISH.


EGILISH. EGILISHDA DEFORMASIYALAR.

To’gri bruslarni egilishi. Sof egilish. Kuchlanishlarni aniqlash


REJA:
.1. Umumiy tushunchalar.
.2. Egilishdagi normal kuchlanishlar.
.3. Tekis kesimlarning qarshilik momentlari.
.4. Balkalarni normal kuchlanishlar bo’yicha mustahkamlikka hisoblash.
.5. Uch xil masalalardan namunalar.


Tayanch iboralar: To’gri bruslarni egilishi, sof egilish, kuchlanish, egilishdagi normal kuchlanishlar, tekis kesimlarning qarshilik momentlari, balka, normal kuchlanish, mustahkamlik.

Ko’pchilik hollarda bruslar ta’sir tekisligi ularning o’qi bo’yicha o’tadigan tashqi kuchlar ta’sirida bo’ladi. Bunda bruslarning ko’ndalang kesimlarida ta’sir tekisligi ularga tik tekislikda bo’lgan eguvchi momentlar hosil bo’ladi. Bunday kuchlar ta’sirida to’gri brusning to’gri chiziqli o’qi egiladi, yoki egri brus o’qining egriligi o’zgaradi.


Egilishga ishlaydigan bruslar balkalar deyiladi.
Egilish tekis yoki qiyshiq bo’lishi mumkin. Birinchi holda tashqi kuchlarning ta’sir tekisligi balkaning bosh inerstiya tekisliklaridan birontasi bilan mos bo’ladi va balkaning egilgan o’qi ham shu tekislikda yotadi. Keyinroq ko’riladigan qiyshiq egilishda esa tashqi kuchlarning ta’sir tekisligi balkaning bosh inerstiya tekisliklaridan birontasi bilan mos bo’lmaydi, balkaning egilgan o’qi ham, umumiy holda, bu tekisliklardan birontasi yotmaydi.
Bundan tashqari egilish sof va ko’ndalang bo’lishi mumkin. Sof egilishda balka kesimlarida faqat eguvchi momentlar ta’sir etsa, ko’ndalang egilishda bunga qo’shimcha ravishda ko’ndalang (kesib o’tuvchi) kuchlar ham ta’sir etadi.


2. Egilishdagi normal kuchlanishlar

Sof egilishdagi balka ko’ndalang kesimlarida uning bosh markaziy o’qlaridan birontasidan o’tuvchi tekislikda ta’sir etadigan eguvchi momentlargina ta’sir etadi.


Eguvchi moment kesimda taqsimlangan ichki kuchlarning teng ta’sir etuvchi momentini tashkil etadi.
Balka ko’ndalang kesimlarida ichki kuchlarning kattaligini va taqsimlanish qonuniyatini aniqlash uchun statika tenglamalari etarli bo’lmaydi. Ya’ni ushbu masala statik aniqmasdir. Shuning uchun balkaning deformastiyalanish shartlarini ko’rib chiqamiz.



Download 121.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling