Egizaklar mo`jizami?
Download 23 Kb.
|
Egizaklar mo`jizami
Egizaklar mo`jizami? Menimcha har qanday kishi egizliklar tug‘ilishini tabiiy holat sifatida quvonch bilan kutib oladi. Ularga yaxshi niyat bilan mashhur shaxslarning nomlarini qo‘yadilar. Egizak so‘zi «ikki» degan ma’noni anglatishiga qaramay, ikkidan ortiq tug‘ilgan zurriyodlarni ham egizak deb ataydilar. Odatda ular 2, 3, 4, 5 va undan ham ortiq bo‘lishi mumkin. 1971-yil may oyida Polshaning Gdanek shahrida Rixert oilasida besh egizak tug‘ildi. Adam, Yeva, Pyotr, Ancheshka va Roman deb nom qo‘yilgan bu egizaklar tibbiyot xodimlari nazoratida sog‘lom voyaga yetgan bo‘lsa, Litvaning Shelute shahridagi qishloq xo‘jaligi texnikumi xodimasi Albina Cheponasning to‘rt egizak — bir qiz va uch o‘g‘lining kichikligi va yengil vazni, hatto tajribali mikropediatorlarni ham tashvishga solgan bo‘lishiga qaramay, ular ham sog‘lom o‘sdilar.Egizaklar tug‘ilishining jo‘g‘rofiy jihatlarini olib qarasak, Vladimir Mezentsev o‘zining «Mo‘jizalar qomusi» nomli ilmiy asarida quyidagi ma’lumotlarni qayd etadi: «Sobiq SSSRda har yuz tug‘ruqdan birida egizak, Afrikada ikki barobar ortiq egizak tug‘iladi. Yaponiyada esa bu hodisa kamdan-kam uchraydi. Qizig‘i shundaki, — deydi muallif, — baland bo‘yli ayollarda egizak tug‘ish tez takrorlanib turadi». Ommaviy axborot vositalarida egizaklar haqida ko‘pgina qiziqarli ma’lumotlarga duch kelasiz. 1970-yil gazetalarda quyidagi xabar tarqatildi: «35 yoshli italiyalik (Rim shahri) ayol Loredana Petrani olti egizak (uch o‘g‘il, uch qiz) bilan ko‘zi yoridi. Bolalar kichik, ammo sog‘lom. Bu ayolning o‘n bir yillik farzandsizlikdan so‘ng ilk bor farzand ko‘rishi ekan».1964-yilda Rossiyaning Kremotirek shahridagi Andrisovlar oilasida to‘rt egizak (bir qiz, uch o‘g‘il) dunyoga keldi. Ota-onalari yaxshi niyat bilan Valentina, Andriyan, Yuriy va Pavel deb mashhur kosmonavtlarning nomlarini qo‘ydilar. Odatda ikki-uchtadan tug‘ilgan egizaklar deyarli yaxshi va sog‘lom o‘sib yashaydi. Masalan, mashhur xokkeychilar aka-uka egizaklar Boris va Yevgeniy Materovlarni, yoxud Aleksandr, Anatoliy va Mixail Ragulimlarni kim bilmaydi, deysiz? Odessalik aka-uka egizaklar Viktor va Valeriy Razumovlarni-chi? Ular 1974-yilda klassik kurash bo‘yicha o‘tkazilgan jahon musobaqalarida oltin medalga sazovor bo‘ldilar. Yaqinda Bleking shahri (Shvetsiya)da yashovchi aka-uka egizak Martin va Rudilf o‘zlarining 100 yillik yubileylarini nishonladilar. Endi quyidagi ajoyib-g‘aroyib ma’lumotlarga qarang. 1945-yili bir ayol 38 yoshga qadar 44 nafar farzand ko‘rgan va 13 marta ikkitadan, 6 marta uchtadan egizaklar tuqqan. A.Bashutskiyning o‘tgan XIX asrda nashr etilgan asarida bundan-da qiziqarli ma’lumot bor: 1782-yil 27-fevralda Shuysk uezdining Nikolsk Monastridan Moskvaga yuborilgan axborotnomada mahalliy dehqon Fyodor Vasilev ikki marta uylanib, ikki nikohdan 87 nafar farzand ko‘rganligi haqida yozilgan. Birinchi xotini 27 marta ko‘zi yorib, 4 marta to‘rttadan, 7 marta uchtadan va 16 marta ikkitadan ezigaklar tuqqan. Ikkinchi xotini esa, 2 marta uchtadan 6 marta ikkitadan egizak farzand ko‘rgan. O‘shanda F.Vasilevning o‘zi 75 yoshda bo‘lib, 82 nafar farzandi hayot ekanligi qayd etilgan.1966-yilda matbuotda favqulodda ajoyib voqea e’lon qilindi. Bu Panjara qishlog‘ida (Sharqiy Pokiston)gi yoshgina ayolning yashashga qobiliyatli 9 nafar egizak farzand tuqqanligi to‘g‘risidagi xabar edi. Download 23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling