Egovlar tuzilishi va turlari


Download 350.43 Kb.
Sana14.11.2023
Hajmi350.43 Kb.
#1773305
Bog'liq
Egovlar tuzilishi va turlari


Egovlar tuzilishi va turlari
Egovlar tuzilishi va turlari Egovlar - egovlar ham kesuvchi asboblar hisoblanadi. Ular o’lchami va profili har-xil bo’lgan hamda ish yuzasiga tishlar o’yilgan polosa, brosok yoki chiziqdan iboratdir. Egovlar profiliga, tishlarning shakliga, qanday joylashganiga va o’lchamlariga qarab xilma-xil bo’ladi. Egovlar yassi, kvadrat, uch qirrali, dumaloq shakllarda tayyorlanadi. Ularning shakllariga qarab egovlashda qo’llaniladi. Shu bilan birga ta’kidlash lozimki, egovlar yordamida dag’al, toza va mayin tekislik holatigacha ishlov beriladi. Egov bilan zagotovkadagi kichik qo’yim olib tashlanadi va shundan so’ng detal chizmada ko’rsatilgan aniq o’lchamlar va shaklga ega bo’ladi. Tishlarning kattaligi va ish qismining 10 mm uzunlikdagi soniga qarab egovlarni quyidagi turlarga bo’linadi: dag’al-5-12 tishli egovlar dastlabki zagotovkaning sirtiga xomaki ishlov berishda qo’llaniladi. Toblangan egovning sig’imi zich (qattiq), xira kulrang baxmalsimon bo’lishi lozim. Ulardan charxlash, kesish va jilvirlash uchun ishlatiladigan har turli abraziv asboblar tayyorlanadi. Chuqurchalar orasida hosil bo’lgan bo’rtiqlar egovning tishlari hisoblanib, ular pona shaklida bo’ladi. Egovlar asbobsozlik po’latidan yasaladi. Ular bir-biridan ko’ndalang kesimining shakli, o’ydim-chuqurlarining ko’rinishi, bitta uzunlik birligidagi bo’rtiqlarining soni va ishchi qismining uzunligi bilan farqlanadi.


Ishlash vaqtida egovni ilgarilama-qaytma harakatlantiriladi va uning oldinga harakatlanishi ish yurishi, orqaga harakatlanishi - salt yurish bo’ladi. Ish yurishi jarayonida asbobni zagotovkaga bosiladi va salt yurishda bosilmaydi.
Download 350.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling