Eihlar turli XIL yoʻnaltirilganlikka ega, ammo eng koʻp tarqaganlari quyidagilar hisoblanadi


Download 17.4 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi17.4 Kb.
#1586306
Bog'liq
Hujjat


EIHlar turli xil yoʻnaltirilganlikka ega, ammo eng koʻp tarqaganlari quyidagilar hisoblanadi.

Ilmiy texnologik hududlar (texnologik parklar, texnopolislar, ilmiy parklar, texnologik markazlar va boshqalar).


Ular material va mehnat resurslarini harakatlanishini taʼminlash maqsadida sanoat uchun yuqori darajali yangi texnologiyalarni yaratishi va kiritishini tezlashtirish uchun yuqori darajali yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida tashkil qilinadi.

Import ishlab chiqarish hududlari- importni joylashtirish boʻyicha hudud. Ular qabul qiluvchi mamlakatlarni yangi tovarlar bilan, mahalliy korxonalarni esa zamonaviy texnologiyalar bilan taʼminlashga moʻljallangan.


Savdo-ombori hududlari — xorij tovarlari bojxona boji tqlovlarisiz saqlanishi, sotilishi va sotib olinishi mumkin. Bunday hududlar quyidagi xususiyatlarga ega bqlishi mumkin:
Ularni jahon bozoriga xizmat koʻrsatishi uchun tashkil qilish;
Mamlakatning qolgan hududlarida amalda boʻlgan koʻpgina soliq normalari va bojxona cheklovlarining bu hududda amal qilmasligi;
Tashqi iqtisodiy aloqalarda davlat tartibga solishining tarqalishi.
Eksport ishlab-chiqarish hududlari- sanoat korxonalari import xom-ashyolar, materiallar, yarim tayyor mahsulotlardan foydalanish yoki mahalliy xom-ashyoni ishlatgan holda, xorijiy texnologiya, uskuna va boshqa ishlab chiqarish omillaridan foydalanish orqali eksport mahsulotlari ishlab chiqaradilar.
Faoliyat yuritish shakli boʻyicha EIH larni quyidagi turlarini koʻrishimiz mumkin:

Sugʻurtaviy


Bank
Sayyohlik
Va boshqalar.
Shu bilan birga, bir funksiyali zonalar amaliyotda deyarli kamdan-kam uchrashini aytib oʻtish kerak. Amaliyotda bir qancha funksiyalarni (savdo, bojxona, ishlab chiqarish, tadqiqot olib borish) birlashtiruvchi hududlar koʻp tarqalgan boʻlib hisoblanadi. Ularni kompleks hududlar deb atashadi.

. Investitsiyalarning makro va mikroiqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli.


Iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiyalar etakchi rol o’ynaydi, chunki investitsiya orqali korxonalarning kapital jamg’arilishiga, natijada mamlakatning ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish va iqtisodiy o’sishga erishiladi.
Investitsiyalar iqtisodiy kategoriya sifatida qator funktsiya va vazifalarni bajaradi-ki, ularsiz har qanday mamlakat iqtisodiyoti bir maromda rivojlana olmaydi. Investitsiyalar makrodarajada quyidagilarni ta’minlaydi:


  • Takror ishlab chiqarishni kengaytirish siyosatini amalga oshirish;






  • Ijtimoiy sohalarni (sog’liqni saqlash, ta’lim va boshq.) rivojlantirish;



  • Aholi farovonligini ta’minlashda muhim bo’lgan uy-joy qurilishi, ichimlik suvi, gaz, elektr energiya bilan ta’minlash muammolarini hal etish;




  • Atrof-muhit va ekologiyaning ifloslanishining oldini olish;






  • Iqtisodiyotning real sektori va etakchi tarmoqlarini rivojlantirish;



  • Hududlarning iqtisodiy salohiyatini oshirish va ixtisoslashuvini mustahkamlash;




  • Investitsiyalar importi va eksporti orqali milliy iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasini kuchaytirish;



  • Sanoat uchun zarur xom ashyo bazasini yaratish;




  • Ishsizlik muammosini yumshatish yoki ma’lum darajada hal etish;



  • Mamlakatning harbiy sanoat majmuini mustahkamlash;




  • Davlatning mudofaa imkoniyatlarini ta’minlash;



  • Boshqa qator muammolarni hal etish.

O’zbekiston Respublikasi uchun investitsiyalar, birinchi navbatda, iqtisodiyotni yanada barqarorlashtirish uchun zarurdir. Real investitsiyalarni (bino va inshootlar qurish va modernizatsiya qilish, zamonaviy mashina va asbob-uskunalar sotib olish) jalb qilish iqtisodiyotning ishlab chiqarish salohiyatini oshiradi. Ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni olib kelishga yo’naltirilgan investitsiyalar qattiq raqobat sharoitlarida omon qolishga ko’maklashadi.

Investitsiyalar mikrodarajada ham muhim rol o’ynadi. Bunda investitsiyalar, eng avvalo, quyidagi maqsadlarga erishish uchun zarurdir: korxona ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish; asosiy fondlarning haddan tashqari jismoniy va ma’naviy eskirishiga yo’l qo’ymaslik; ishlab chiqarishning texnik-texnologik darajasini oshirish; korxona mahsuloti raqobatbardoshligini ta’minlash va uning sifatini oshirish; tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish; qimmatli qog’ozlar sotib olish va boshqa korxona aktivlariga o’z mablag’ini sarflash.

Offshor zonalarning qanday turlari mavjud?

Bu imtiyozli soliq toʻlash (yoki umuman toʻlamaslik) hududida bunyod etilgan korxona boʻlib, u roʻyxatga olingan joyda barqaror turmaydigan shaxslarga tegishlidir. Odatda, ofshor korxonasi masʼuliyati cheklangan jamiyat yoki kompaniya shaklida tashkil etiladi. Ammo, ofshor faoliyati uchun boshqa tashkiliy — huquqiy shakllar ham yoʻq emas, masalan shirkatchilik, xorijiy kompaniyaning shaxobchasi shaklida boʻlishi mumkin.
Ofshor hudud deb hisoblangan moliyaviy markazlar
Ofshor kompaniyasining soliq toʻlash tartibiga taʼsir koʻrsatuvchi asosiy shart bu uning rezident va rezident emaslik maqomidir. Bunda nazarda tutilayotgan narsa korxona boshqaruv idoralarining, uning roʻyxatdan oʻtgan hududiga nisbatan uzoqda joylashgan joyidir. Rezidentlardan farqi shundaki, ular oʻzlari joylashgan hududdan tashqaridan turib boshqariladi. Norezident kompaniyalar amalda mahalliy soliq toʻlash tizimidan butunlay chiqariladi. Bu kabi kompaniyalarning oʻzlari roʻyxatdan oʻtgan joyda oʻziga tegishli ofisi boʻlishi shart emas, baʼzi bir davlatlarda esa, buxgalterlik hujjatlarini olib borishdan va hissadorlar reestrini yuritishdan ham ozod qilingan. Bu holda, korrespondensiyalarni qayta ishlash va yillik moliyaviy hisobotlarni tayyorlash majburiyatlari maxsus firmalar zimmalariga yuklatiladi. Kompaniyani uning egasi er sharining har qanday nuqtasidan turib bevosita boshqarishi mumkin

Investitsiyalarning maqsadlari va diversifikatsiyalanishi. Investitsiyalarning tasniflanishi.

Investitsiyalar turli shakllarda amalga oshiriladi va ularni tahlil qilish, rejalashtirish uchun alohida xususiyatlaridan kelib chiqqan holda guruhlashtiriladi.
Birinchidan, qo’yilish obyektiga qarab investitsiyalar real va moliyaviy shakllarga ajratiladi.
Real investitsiyalar (kapital qo’yilmalar) – pul mablag’larini korxonaning moddiy va nomoddiy aktivlariga sarflanishidan iborat.
Moddiy investitsiyalar asosiy kapitalning elementlarini sotib olish bilan bog’liq bo’libko’pchilik hollarda investitsion loyihalar doirasida amalga oshiriladi. Shuning uchun o’z mablag’lari bilan birga qarzga olingan mablag’lar ham foydalanilishi mumkin. Qarzga mablag’ olingan holda investor rolini aniq loyihalarga kredit mablag’lari ajratayotgan bank bajaradi. Nomoddiy (potentsial) investitsiyalar nomoddiy boyliklar yaratilayotganda amalga oshirilib, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini (NIOKR) amalga oshirish, yangi mahsulotlarning namunalarini yaratishga sarflarni mujassamlashtiradi. Mutaxassislarni tayyorlash, tajriba, ilmiy tekshirish, lizentsiya va nou – xou berish, avtorlik xuquqi va umuman olganda nomoddiy aktivlarga yo’naltirilgan investitsiyalarni ko’pgina iqtisodchi – olimlar intellektual investitsiyalar deb atamoqdalar.

O’zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi va uning hozirgi kundagi faoliyati haqida aytib bering 2022- yilning yanvar–mart oylarida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 145,9 mlrd. So‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 25,1 % ni tashkil etdi.

Respublika bo‘yicha asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami investitsiyalardagi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalarning ulushi 2021- yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 1,2 % punktga kamayib, 0,3 % ni tashkil etdi.

Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va turlariMalumki, har qanday davlat tashqi dunyodan ajralgan holda, jahondagi ilm, fan va texnika sohasida erishgan yutuqlardan, iqtisodi rivojlangan davlatlarning tajribalaridan samarali foydalanmasdan rivojlanishi mumkin emas. Ushbu maqsad yolida milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq, bunday vazifaning uddalanishi, avvalambor, «xorijiy investitsiya» tushunchasining mazmun-mohiyatini, xususiyatlarini, turlarini, iqtisodiyot taraqqiyotidagi rolini aniq va ravshan anglab olish zaruratini yuzaga keltiradi.


Prof. D.Gozibekovning xorijiy investitsiyalar togrisidagi nazariy qarashlarida quyidagi fikrlar bayon etilgan: «Chet el investitsiyalari bir iqtisodiyot subekti kapitalini ozga iqtisodiyotga muayyan muddatga boglash bolib, ichki investitsiyalardan risklar kengligi bilan farqlangan holda, huquqiy sharoitlarning, investitsiya muhitining ozgarishi bilan tavsiflanadi va natijada mamlakatlar va mintaqalar boylab kapital kochishi yuz beradi». Ushbu fikrlardan shunday xulosa qilish mumkinki, xorijiy investitsiyalar bir mamlakat iqtisodiyotidan mutloq boshqa davlat iqtisodiyotiga kochuvchi kapital bolib, u risklar doirasi kengligi bilan ichki investitsiyalardan farqlanadi.

Osiyo taraqqiyot banki mamlakat iqtisodiyotida qanday loyihalar amalga oshirgan?


O‘zbekiston Respublikasi bilan Osiyo Taraqqiyot banki o‘rtasidagi hamkorlik 1995 yil avgust oyidan boshlab yo‘lga qo‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasining Osiyo Taraqqiyot banki bilan o‘zaro hamkorlik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 30 apreldagi “Osiyo rivojlanish banki bilan hamkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 186-sonli qaroriga muvofiq yo‘lga qo‘yilgan.



1997 yildan buyon Toshkent shahrida Osiyo Taraqqiyot bankining vakolatxonasi faoliyat ko‘rsatib keladi. Unga ayni paytda janob Takeo Konishi rahbarlik qiladi.

Osiyo Taraqqiyot bankining O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan dasturlar va loyihalar yo‘nalishi, asosan qishloq xo‘jaligi, xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, transport va bojxona tranziti bo‘yicha hamkorlik, bolalarni asrash va boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi yuzasidan ijtimoiy xizmatlarni yaxshilashga qaratilgani bilan izohlanadi.
Download 17.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling