Ekologiya” fanidan


Download 107.52 Kb.
Sana22.04.2023
Hajmi107.52 Kb.
#1379127
Bog'liq
Aminov Sherzod


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOShKENT AXBOROT TEXNOLOGIYaLARI UNIVERSITETI

“Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi


EKOLOGIYA


fanidan





Mustaqil ish
Bajardi:____________________________ta’lim yo‘nalishi
014-18 guruh
Aminov Sherzod
Qabul qildi: ______________

Toshkent 2023


Mavzu: “Ozon tuynuk”lari”, kislotali yomg‘ir”lar, smoglarning hosil bo‘lishi sabablari va oqibatlarini tushuntirib bering.

Reja:
1.Ozon qatlami haqida tushuncha va uning mohiyati.


2. Kislotali yomg‘ir”lar, smoglarning hosil bo‘lishi.
3.Ozon qatlaminining yemirilishiga qarshi bajarilayotgan chora-tadbirlar.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Ozon qatlami yer Atmosferasining bir qismini tashkil etadi va ozonning yuqori konsentratsiyasiga ega. Ushbu qatlam quyoshning qattiq ultrabinafsha nurlarining qariyb 93-99% ini tutib qoladi, aks holda ushbu nurlanish sababli yerda hayot qolmasdi. Ozon qatlami asosan strotosferaning pastki qismida, yer sathidan 10-50 km balandlikda joylashgan.


Olimlar XX asr boshidan atmosferadagi ozon qatlami holatini kuzatib kelarkan, bugungi kunga kelib nafaqat mutaxassislar, balki maktab o'quvchisi ham ozon qatlami ultrabinafsha nurlarning atmosferaning pastki qatlamlariga o'tib ketishiga yo'l qo'ymaydigan o'ziga xos tabiiy filtr ekanini yaxshi biladi.
O'tgan asrning 70-yillari oxiriga kelib olimlar ozon qatlamining to'xtovsiz qisqarayotgani haqida bong ura boshlashdi. Bu emirilishga sanoatda foydalaniladigan xlor yoki brom molekulalari mavjud ozonni emiruvchi moddalar (OEM) sabab bo'ldi.
Inson tomonidan atmosferaga chiqarilgan xlorftoruglerodlar (XFU) va boshqa OEMlar stratosferaga ko'tarilgach, quyoshning qisqa to'lqinli ultrabinashfa nurlari ta'siri natijasida xlor atomlari molekuladan ajralib chiqadi. Xlor o'z navbatida ozon molekulalarini birma-bir parchalaydi, lekin bu jarayonda o'zi hech qanday o'zgarishga uchramaydi. XFUlar atmosferada 74 yildan 111 yilgacha "yashaydi".
Shifokorlarning fikricha, bir foiz ozon yo'qolganda Er yuzida katarakta xastaligi 150 mingtagacha ortadi, teri raki 2,6 foizga ko'payadi, inson immun tizimi zaiflashishi bilan bog'liq kasalliklar soni oshadi. UB-nurlanishdan faqatgina odamlar emas, balki boshqa jonzotlar ham aziyat chekadi..
Ozon qatlamining yemirilishi biz yashab turgan olam, bashariyat halokati bilan barobardir.
Ma’lumki, yer yuzasidan 10 dan 50 kilometrgacha bo‘lgan masofada joylashgan ozon qatlamining miqdori uch milliard tonnadan iborat bo‘lib, u havoning milliondan uch foizini tashkil etadi. Ammo taraqqiyot shiddati va odamzotning o‘ziga qulaylik yaratishi natijasida ozon qatlamiga jiddiy shikast yetayotganini ham yoddan faromush qilmasligimiz kerak.
Vulqon otilishi jarayonida tarkibida oltingugurt birikmalari bo‘lgan gazlar, sovutgich uskunalari, havo almashtirgich qurilmalari, dezinfektsiya va meditsina jihozlarini sterillashda ishlatiladigan aerozollar hamda boshqa ko‘plab sohalarda ishlatiladigan xlorftoruglerod va bromxloruglerodlar ozon qatlamini yemiruvchi moddalar sirasiga kiradi. Xlorning bir atomi ozonning yuz ming molekulasiga ta’sir etishi mumkin. U o‘zi hech qanday o‘zgarishga uchramagan holda, ozon molekulalarini birma-bir parchalaydi. Shuningdek, bugungi kunda turli kosmik apparatlarning uchirilishi jarayonida samoga yuzlab tonna ozonni yemiruvchi kimyoviy moddalar tarqalmoqda. Hisob-kitoblarga qaraganda, bitta raketa parvozi davomida o‘n ming tonnaga yaqin ozon yemiriladi.
Hozirda eng katta ozon tuynuklari yer sharining janubiy va shimoliy qutblarida paydo bo‘lgani taassuf va xavotir bilan aytilmoqda. 1985 yili Antarktida, 1992 yili Arktikada ozon tuynugi hosil bo‘lganligi qayd etildi. Quyosh ultrabinafshanurlarining hech qanday to‘siqsiz yerga yetib kelishi havo haroratining ko‘tarilishi va asriy muzliklarning erishiga sabab bo‘lmoqda. Suv ostida yashaydigan planktonlar, mayda qisqichbaqalar, krablar, suv o‘tlariga bu o‘zgarish, ayniqsa, halokatli ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, iqlimning o‘zgarishi, cho‘llanish, aholi o‘rtasida turli xastaliklarning tarqalishi, global isish jarayoni sodir bo‘ladi.
Ozon qatlamining yemirilib borishida faqat freon gazlarining emas, balki insonning tabiatga bo’lgan ta’sirining ortib borishi ham sabab bo’lmoqda.Hozirgi kunda fan texnalogiya rivojlanib texnikadan chiqayotgan va zavod fabrikalardan chiqayotgan gazlar butun insoniyat, o’simlik va hayvonot olamiga katta havf tug’dirib turibdi. Transport vositalarini ko’payishi yer ostidan neft, tabiiy gazlarni chiqarilishi havoni chiqindilar ummoniga aylanishiga sabab bo’lmoqda.Shuningdek, ular ozon qatlamining ham yemirilishiga sabab bo’lmoqda.
Jahon hamjamiyati bu xatarning oldini olish maqsadida ko'pgina chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. 1985 yilda "Ozon qatlamini muhofaza qilish to'g'risida"gi Vena konventsiyasi qabul qilingan bo'lsa, 1987 yilning 16 sentyabrida OEMning alohida shakllarini cheklash, ularni ishlab chiqarish va foydalanishni butunlay to'xtatish majburiyatini ko'zda tutadigan chora-tadbirlar belgilab qo'yilgan Monreal bayonnomasi imzolandi. Ma'lumotlarga qaraganda, Vena konventsiyasiga 184 mamlakat qo'shilgan bo'lsa, Monreal Bayonnomasini 183 davlat imzolagan. Bayonnomaning London tuzatishini 163 davlat, Kopengagen tuzatishini – 141, Monrealdagini – 81, Pekin tuzatishini esa 34 mamlakat ratifikatsiya qilgan.
1993 yilda Vena konventsiyasi va Monreal bayonnomasiga qo'shilgan mamlakatimiz bu borada muayyan majburiyatlar olgan. Ularni bajarish yuzasidan ko'plab ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Bunda Vazirlar Mahkamasining "Ozon qatlamini himoya qilish sohasidagi shartnomalar bo'yicha O'zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish chora-tadbirlari to'g'risida"gi hamda "Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud bo'lgan mahsulotlarni O'zbekiston Respublikasiga olib kirishni va O'zbekiston Respublikasidan olib chiqishni tartibga solish to'g'risida"gi qarorlari muhim dasturil amal bo'lmoqda.
Tabiatga salbiy ta'sir ko'rsatadigan vositalarning chetdan kirib kelishi va xorijga olib chiqilishini nazorat qilish bojxona idoralari xodimlari zimmasiga alohida mas'uliyat yuklaydi. O'zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi, Davlat bojxona qo'mitasi, BMTning Taraqqiyot dasturi hamkorligida "Bojxona xizmatchilarini o'qitish dasturi" doirasida tegishli mutaxassislar maxsus sertifikatga ega bo'ldi. Bir qancha bojxona nazorati maskanlari ozonni emiruvchi moddalarni aniqlashda qo'llaniladigan zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta'minlandi.
Dunyo miqyosida ozon qatlamini tiklash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar besamar ketayotgani yo‘q. Jahon meteorologiya tashkiloti va BMTning atrof-muhit bo‘yicha dasturi hamkorligida o‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra, 2050 yilda Arktika, 2065 yilga kelib Antarktida ustidagi ozon tuynuklari to‘liq tiklanishi kutilmoqda. .
1987 yil 16 sentyabrda ozon qatlamini buzuvchi moddalar bo‘yicha Monreal protokoli ishlab chiqildi. Ushbu hujjat asosida ozon qatlamini buzadigan kimyoviy moddalarning ro‘yxati tuzilib, ulardan foydalanish to‘xtatildi yoki ma’lum cheklovlar qo‘yildi. Har yili 16 sentabr Monreal protokoli qabul qilingan kun — Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni sifatida nishonlanadi. Hech kimga sir emaski yer yuzida hayot paydo bo‘lishiga ozon - gazsimon modda sababchidir. Uning asosiy miqdori stratosfera - atmosferaning yuqori qatlamida yig‘ilgan.
Stratosferaning ozoni butun yer sharini qamrab olgan "ozon qatlami” deya nom olgan yupqa qatlamdan tashkil topgan. Ozon qatlami quyoshdan kelayotgan radiatsiyasini yutish xususiyatiga ega. Bu radiatsiyaning oshib ketishi barcha tirik jon uchun xavflidir.
Agarda milliard yil avval ozondan iborat boigan gaz qatlami shakllanmaganda edi, bizning sayyoramiz hayotsiz fazoviy jins bo‘lib qolar edi.
Quyosh radiatsiyasi beshafqatdir, u tirik organizmlarning DNKsiga zarar yetkazishi mumkin. Quyoshning yuqori radiatsiyasi natijasida saraton kasalligi va kishilarning tez qarish kelib chiqmoqda.
1985-yili ingliz olimlari Antarktida tepasida ozon tuynuklari paydo boiganini maiumqilishdi. Bir necha yildan keyin esa Sibir samosi ham "teshik” paydo bo’ldi.
Ushbu hodisa insoniyatni qayg‘uga solib qo‘ydi. Bo`lmasachi, ozon tuynugi kengayib ketsa quyosh radiatsiyasining ultrabinafsha nurlari yer yuzidagi tirik jonni - o‘simliklar, jonivorlar va insonni halokatga eltadi.
Maxsus tekshiruvlar olib borgan olimlaming taxminiga ko‘ra, ozon qatlamini xlor birikmasi buzarekan, ayniqsa, xloruglerodning ayrim turlari. Ularni yana freon deb ham atashadi. Bu moddalar muzlatgich hamda sovutgichlarda, slraningdek, porolon va penoplast ishlab chiqarishda qo`llanadi. Xlor ftoruglerodlar aerozol sepuvchi idihslar va elektr jihozlarini yuvadigan modda sifatida qo‘llanadi.
Yer yuzida beozor modda sifatida ko‘ringan freonlar atmosferaning yuqori qatlamlariga chiqqanda buzg’unchilik faoliyatini boshlaydi. Ultrabinafsha nurlar ta’sirida ulaming molekulalaridagi kimyoviy aloqalar buziladi. Natijada xlor ajralib chiqadi. U ozon molekulasi bilan to‘qnashib, bitta atomini "urib” chiqaradi. Ozon oddiy kislorodga aylanadi. Xlor esa kislorod bilan vaqtincha birlashib, yana erkin boiib qoladi va yangi "qurbon” ortidan "quvlaydi”. Uning faolligi ozonning o‘n minglab molekulalarini buzishga yetadi.
Ozon qatlamining asta-sekin yo‘q bo‘lib ketishi qanday halokatga olib kelishini yaxshi anglagan dunyoning 24 rivojlangan mamlakati ozon tuynuklarini "yamash” haqida kelishib oldi. 1987-yili ular Monrealda ozon qatlamini buzuvchi texnologiyalarni asta-sekin yo‘q qilish haqida protokol imzolashdi. Natija yaqqol ko'rindi - 1990-yilda er atmosferasida xloridlar miqdori ko‘payishi to‘xtadi, 1994-yildan boshlab ulami kamaytirishga erishildi. Baribir xloridlar ancha yig‘ilib qolgan va ular atmosferaga tushmoqda, shuning uchun 50 yildan keyingina ozon qatlami qalinligi ikki barobarga ortishi, ya’ni 1979-yildagi holatiga qaytishi mumkin. Demak, ozon tuynuklarini hali "yamash” mumkinligiga ishonish mumkin.

Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak Yer doimo Ozon qatlamiga muhtoj. Zaminimizda tirik mavjudotlar yashar ekan, Ozonsiz ular nafas ololmaydi. Quyosh nurlarining zararli qismini qaytarib, bizga filtr vazifasini o'tovchi qatlamni asrashimiz kerak. Oyga bo'lgan parvozlar, raketalarning ozonni yorib o'tishi ham qaysidir ma'noda qaytarib bo'lmas yoriqlarni hosil qiladi. Biz tabiatni asrashni Ozondan boshlashimiz zarur.


Foydalanilgan adabiyotlar:

1. I.Karimov. Yuksak manaviyat - engilmas kuch T. Manaviyat. 2008 yil


2. Ozon qatlami haqida tushuncha va uning mohiyati. O'quv qo'llanma
3. www.ziyonet.com
4. www.arxiv.uz
Download 107.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling