Ekonometrikaga kirish


Download 64.14 Kb.
bet1/15
Sana21.01.2023
Hajmi64.14 Kb.
#1107447
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
loyiha asosida uqitish texnologiyasi


EKONOMETRIKAGA KIRISH”


FANIDAN
LOYIHA ASOSIDA O’QITISH TEXNOLOGIYASI


O’quv loyihasi:
Korrelyastion-regression tahlilning ekonometrik
modellashtirishda qo’llanilishi”

Pedagogik annotatsiya


Fanning nomi: “Ekonometrikaga kirish”.
Mavzuning nomi: “Korrelyastion-regression tahlilning ekonometrik modellashtirishda qo’llanilishi”.
Ishtirokchilar: barcha ta’lim yo’nalishi talabalari.
O’qitishning maqsadi: o’quv kursi bo’yicha egallangan bilimlarni chuqurlashtirish maqsadida korrelyastion-regression tahlilning ekonometrik modellarini tuzish bo’yicha malakaviy ko’nikmalarni shakllantirish.
Rejalashtirilayotgan o’quv natijalari: bozor sharoitida korrelyastion tahlil yordamida modelda qatnashadigan omillarni tanlab oladi; regression tahlil yordamida bog’lanish shaklini aniqlab oladi; tuzilgan ekonometrik modelni statistik ahamiyatligini Fisher mezoni, Styudent mezoni, Darbin-Uotson mezoni, determinastiya koeffistientlari bilan baholay oladi; elastiklik koeffistientlarini aniqlab oladi; eng yaxshi ekonometrik model yordamida trend modellarini qo’llab asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlarni bashorat qilishni o’rganadi; tuzilgan modelni maxsus kompyuter dasturi orqali miqdoriy echimini hisoblab oladi; olingan natijalarni iqtisodiy tahlil qilish va optimal qaror qabul qilish bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’ladi.
Loyihalashtirish faoliyati bo’yicha quyidagi amaliy ko’nikmalarga ega bo’ladi: muammoni shakllantirish va vazifalarni aniqlash; vazifalarni amalga oshirishdagi usullarni tanlash va ulardan foydalanish; o’z faoliyatini rejalashtirish; ma’lumot manbalarini aniqlash, ma’lum bir tizimga keltirish va tahlil etish; natijalarni talab darajasida rasmiylashtirish va kerakli ko’rinishda taqdim etish.
Talabalar loyihani muvaffaqiyatli bajarishlari uchun bilishlari lozim bo’lgan tayanch bilim va ko’nikmalar quyidagilardan iborat:
Quyidagi tayanch bilimlarni bilishi kerak: zamonaviy bozor iqtisodiyoti faoliyat ko’rsatish mexanizmining nazariy asoslarini; iqtisodiy jarayonlarning tasodifiy xarakterga ekanligini; ehtimollar nazariyasi va matematik statistika asoslarini; murakkab iqtisodiy tizimlarning ekonometrik modellarini tuzish tamoyillarini; zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalana olishni, ekonometrik modellarni tuzishni va tahlil qilishni.
Quyidagi ko’nikmalarga ega bo’lishlari kerak: asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlar bo’yicha statistik ma’lumotlarini yig’ish, qayta ishlash va taqdim etish; modelda qatnashadigan asosiy va unga ta’sir etuvchi omillarni tanlash; ma’lumotlarini tahlil etish; guruhda faoliyat yuritish, hamkorlikda o’qish tartib va qoidalari.

Download 64.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling