2-MAVZU: EKSKURSIYA RAHBARI - GIDGA QOʼYILGAN TALABLAR.
EKSKURSIYA XIZMATINI TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI.
MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI:
2.1.Gid kasbining oʼziga xos xususiyatlari. Gid kasbining yuzaga kelishi bosqichlari.
2.2.Gidning shaxsiy fazilatlari, mahoratiga qoʼyilgan talablar.
2.3.Gidning nutq madaniyati. Nutq tempi va ritmi.
2.4.Gid faoliyatini tashkil etishning bosqichlari.
2.5. Yangi ekskursiyani tayyorlash jarayoni
2.6. Ekskursiya xizmatining maqsadi, vazifasi va mavzusini aniqlash
2.7. Ekskursiya xizmati ma’lumotlari uchun manbalar izlash
Tayanch so‘z va iboralar: gid kasbining oʼziga xos xususiyatlari, gid kasbining yuzaga kelishi bosqichlari, yangi ekskursiyani tayyorlash jarayoni, gid-ekskursiya xizmatining maqsadi, vazifasi va mavzusini aniqlash, gid-ekskursiya xizmati maʼlumotlari uchun manbalar izlash, ekskursiya xizmatining asosiy va individual matnini tayyorlash, аsosiy va individual matnga qoʼyiladigan talablar, “gid portfeli”ni tanlash, “gid portfeli”dagi materiallarga qoʼyiladigan talablar.
2.1.Gid kasbining oʼziga xos xususiyatlari. Gid kasbining yuzaga kelishi bosqichlari.
Ekskursiya xizmati mavzusini ekskursantlar eshitish va ko‘rish orqali qabul qilishadi, ya’ni ekskursiya jarayonida bevosita gidning ovozini eshitishadi. Ekskursantlar qarshisida gid quyidagi holatlarda namoyon bo‘lishi mumkin:
• axborot beruvchi, ya’ni gid biror-bir voqea, hodisalar haqida o‘z munosabatini bildirmasdan, mohiyatini tushuntirmasdan, faqatgina hikoya qiladi, ya’ni ekskursantlarni bilimlardan xabardor qiladi;
• suhbatdosh, ya’ni ob’ektlarni ko‘rsatish jarayonida gid suhbatdosh rolini bajaradi. Axborotlar savol-javob shaklida yetkaziladi, ekskursantlarning ma’lumotlarga nisbatan fikri inobatga olinib, suhbatning qiziqarli bo‘lishi ta’minlanadi. Gid ularning munosabatlaridan, savollaridan kelib chiqib hikoyaga qo‘shimcha ma’lumotlar kiritishi mumkin;
• sharhlovchi, ya’ni gid kuzatilayotgan ob’ektlar, voqea, hodisalar haqida axborot berib, uning sabablarini izohlaydi;
• maslahatchi, ya’ni gid ob’ektni tushuntirib uni to‘g‘ri ko‘rish bo‘yicha
maslahat beradi, ya’ni ekskursantlarni zaruriy xulosalarga kelishiga ko‘maklashadi;
• hissiyotli lider, gid ob’ektlar va voqealarni tahlil qiladi, muammolarga baho beradi, o‘z hissiyotlarini ekskursantlarga yetkazadi, kuzatayotgan ob’ekt yoki hodisani tushunib olishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |