Eksperimental sexda


Download 16.27 Kb.
Sana27.05.2022
Hajmi16.27 Kb.
#717612
Bog'liq
Eksperimental sexda
Психогеометрия узбекча, Poplavko Magnetism, масалалар Кацнелсондан, ОТМгаКабул, elektrotexnika fanida transformatorlar va ularning ulanish gruhini aniqlashni orgatishda yangi oquv usullaridan foydalanish, Машины для пришивки фурнитуры и изготовления закрепок, rastitelnye krasiteli 2012, Глава 6, Глава 6, Документ Microsoft Office Word, tarix, Rustam222, Rustam222, Документ Microsoft Word, Документ Microsoft Word

Eksperimental sexda modelga aniqlik kiritishda razmer va rostlar bo’yicha andazalarni to’g’ri ko’paytirilganini tekishirish maqsadida har xil razmerdagi buyumlardan bir necha namuna tikiladi. Tajriba partiyasini eksperimental sexning texnologik guruhi tekshiradi, so’ngra konstruksiyani uzil-kesil aniqlash va mehnat taqsimlash uchun tikuvchilik sexida tekshiriladi.
Eksperimental sexning uskunalari

Eksperimental sex tikuvchilik korxonasining mustaqil uchastkasi hisoblanadi. Ekspertmental sexda model konstrukskyasini tekshirib ko’rish va aniqlash, konstruksiyalash va modellash masalalari hal etiladi: yangi modellarning namunalari, bu modellarning sinov partiyalari, andazalar tayyorlanadi: materiallar sarfi me’yorlanadi, yangi uskunalar sinab ko’riladi. Andazalar kartondan yasaladi. Ular yedirilmasligi uchun chetlariga temir qoplab qo’yiladi. Kartondan andaza qirqish eng sermehnat ishlardan biri hisoblanadi. Bu ishni mexanizasiyalash uchun maxsus uskunalar qo’llanadi.

Karton ruloni o’rami ochiladi va uni Poltava tikuvchilik uskunalari zavodining maxsus RLZ-2 mashinasida ma’lum sathli zagotovkalarga bo’lib qirqiladi. Zagotovkalarni bir necha donadan bir ipli eanjirsimon baxyali 263 kl. maxsus mashinasida tikiladi. Ustki zagotovkaga andaza konturi chiziladi.

Bir necha qavat qilib taxlangan andazalar 22-A kl. tikuv mashinasi bazasida yaratilgan mashinada qirqiladi. Bu mashinaning tanasi bilan plat-formasi o’zaytirilgan bo’lib, uning moki valiga ostki arra yuritkichni ilgarilama harakatga keltiradigan krivoship maxkamlangan; ustki arra yuritkich igna yuritkichga maxkamlangan. Ikkita arra yuritkichga ikki yoqlama kertilgan tishlari bor arra maxkamlangan. Anchdaza konturini arraga nisbatan qo’lda surib andaza qirqiladi. Andazaning ichki konturi boshqa maxsus VLV-1 mashinasida pichoq yordamida qirqiladi. Standart teshiklar (doiralar, to’g’ri to’rtburchaklar, uchburchaklar) pressda yoki Poltava yengil mashinasozlik zavodining jimjimador teshiklar (olti qavat) o’yishga mo’ljallangan VLO-1 mashinasida o’yiladi. Karton andazalar tashqi konturlarini (olti qavat) qirqish uchun Poltava yengil mashiiasozlik zavodining VLN-2 mashinasi ishlatiladi. Kartondan yasalgan andazalar qirqnmini KLS-1 mashinasida tamg’alanadi.

Tayyor andazalar ilgaklarda osilgan holatda ikki qavat qilib saqlanadi. Kerakli andazalar komplektini tez topish uchun, ularni ikki qavatli mexanizasiyalashtirilgan kronshteyn-konveyerda saqlash ma’qul, bunda kerakli andaza komplekti avtomatik keltiriladi. Modelning tejamliligi andazalar orasidagi chiqindilar miqdoriga qarab harakterlanadi. Bu ko’rsatkich andazalarning o’lchangan yuzasi bilan andazalarning eksperimental joylashgan yuzasi orasidagya farq orqali aniqlanadi. Andazalarning yuzasini kontaktsiz o’lchash uchun fotoelektron mashina IL-2 ishlatiladi. Bu mashinaning hamma mexanizmlari korpus (6- rasm)ga montaj qilingan. Andaza 9ni organiq oyna qoplangan surilma qopqoq 12 ning ustiga qo’yiladi. Operator boshqarish pultidagi knopka 1ni («o’ngga») yoki knopka ni («Chapga ») bosadi va ustiga andaza qo’yilgan qopqoq 12 yoritkich 10ning tagidan o’ta boshlaydi. Bunda elektron qurilma 11 yorug’lik impulslari sonini hisoblaydi. Surilma qopqoq 12 ustidagi andazalar bilan birga yoritkich 10 ning tagidan o’tgandan keyin hisoblash qurilmasi tablosida o’lchangan andaza yuzasining qiymati ko’rinadi. Knopka surilma qopqoq 12 ni to’xtatishga xizmat qiladi. Signal lampasi elektr zanjirida kuchlanish borligi to’g’risda, signal lampasi esa yoritkich 10 ning ishi xaqida operatorga xabar beradi. Pereklyuchatel 5 hisoblovchi elektron qurilma 11 ni ishlatish va o’zib qo’yishga, pereklyuchatsl esa mashinani ishga tushirish va to’xtatishga xizmat qiladi.

Material to’shamalaridan bichiq detallari qirqib olishga mo’ljallab andazalar raskladkasida chizmalar nusxalaridan foydalaniladi. Andaza raskladkasidan tabiiy kattalikda yoki 1:10 masshtabda nusxa ko’chiriladi. Modellar tez-tez o’zgarib turganda va matsriallar turi juda ko’p bo’lganida andaza raskladkalarining nusxalari kichraytiriladi. Andaza raskladkalarining bunday nusxalari fotografiya metodida olinadi. Bu maqsadda andaza raskladkalarini 1:15 masshtabida suratga oladigan PKU-3 qurilmasi ishlatiladi.



T rafaretlar tayyorlash uchun kraft-qog’oz yoki kleyonka ishlatiladi. Trafaretlardagi teshiklarni o’yish uchun biriktirib tikish mashinalarini mokisiz ishlatsa bo’ladi. Buiing uchun mashina igna tutkichiga teshik o’yadigan puanson maxkamlab, oddiy tepki o’rniga rolikli tepki, igna plastinasi o’rniga dumaloq shakldagi uchta teshigi bor matrisa qo’yiladi. Ishchi trafaretni belgilab qo’yilgan chiziqlarga muvofiq puanson tagiga kiritadi.
Download 16.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling