Ekspert tizimlar strukturasi


Download 205.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana09.09.2022
Hajmi205.48 Kb.
#803052
  1   2   3   4
Bog'liq
61aee384c4a3d6.49883719
Toshbuloq haqida, Toshbuloq haqida, Qaraqalpaq20fol60klori20, Yuldashev A 404 B s.f, Yuldashev A 404 B s.f, Alyuminiy gidroksidi, @idum uz Таълим муассасаларининг, 1. 2-илова ММ Комиссия - 04.04.17й, 1. 2-илова ММ Комиссия - 04.04.17й, fizika. ..., Foydali ayyorliklar, Foydali ayyorliklar, 494 have-something-done-test-b1-grammar-exercises englishtestsonline.com (2), JPEG formatidagi rasmlar bilan ishlash, Hamroyeva Farida


3 - MA’RUZA 
EKSPERT TIZIMLAR STRUKTURASI 
Reja: 
1. Ekspert tizimlar sun’iy intellektning yo’nalishlaridan biri. 
2. Ekspert tizimlarning tarkibi. 
3. Ekspert
tizimni yaratishning bosqichlari
Tayanch iboralar: ekspert, bilimlar bo’yicha injener, 
interpretatorlashgan va interpretatorlashmagan ekspert tizim.
 
1. Ekspert tizimlar sun’iy intellektning
yo’nalishlaridan biri. 
Sun’iy intellektning amaliy tizimlarining yaratilishida ekspert 
tizimlar birinchi qadamdir. Ekspert tizimlar bu texnika, tibbiyot, 
geologiya, fizika, kimyo va shu kabi sohalar haqidagi turli xil 
axborotlarni EHM xotirasida saqlovchi tizimdir. U nafaqat biron - 
bir dalil haqidagi axborotni foydalanuvchining so’roviga yetkazib 
berish, balki maslahat berish, keragidan ortiqcha o’xshash 
hodisalarni o’tkazib yuborish, o’z xulosalarini asoslash, kasallikni 
aniqlash yoki texnologik jarayonni eng maqbul yo’lini tanlash 
imkoniyatiga ham ega. Ekspert tizimlar xohlagan soha uchun 
moslab 
qurilgan 
bo’lib: interpretasiya, tashxis(diagnostika), 
loyihalash, rejalashtirish, boshqarish, kuzatish, to’g’rilash, oldindan 
aytish, qaror qabul qilish kabi ilgari ekspert tizimlar yordamida 
yechilgan masalalar ro’yxatini to’la tasdiqlaydi. Hozirgi vaqtda 
bunday tizimlarni yaratish - bilimlarni yaratish usuli bo’lib 
xizmat qilmoqda. Bu bilimlardan shaxsiy EHMlar yordamida 
minglab kishilar foydalanmoqdalar va kelajakda millionlab kishilar 
foydalanishlari mumkin. 
Ekspert tizimlar sun’iy intellekt g’oyalari va usullariga 
asoslanib, bilimlar, ma’lumotlar yig’indisi va ular yordamidagi 
boshqaruv tizimlari hamda mantiqiy qidiruv, assosiativ, hisoblash 
amallari, hozircha juda oz miqdordagi ijodiy jarayonga o’xshatilgan 
bilimlar manbai aniq bir ko’rinishda ishlatiladi.
Hozirgi vaqtda sun’iy intellekt (SI) sohasidagi tadqiqotlarda 
olti yo’nalish ajratilgan: 
1. Bilimlarni taqdim etish. 


2. Bilimlarni boshqarish. 
3. Muloqot. 
4. Idrok qilish. 
5. O’rgatish. 
6. Hatti harakat. 
«Bilimlarni taqdim etish» yo’nalishi doirasida IT xotirasidagi 
bilimlarni formallashtirish va taqdim etish bilan bog’liq masalalar 
yechiladi. Buning uchun bilimlarni taqdim etishning maxsus 
modellari va bilimlarni tavsiflash tillari ishlab chiqariladi, turli xil 
bilimlar ajratiladi. IT bilim olishi mumkin bo’lgan manbalar 
o’rganiladi, IT uchun bilim olish mumkin bo’lgan proseduralar 
yaratiladi. ITlar uchun bilimlarni taqdim etish masalasi juda aktual 
hisoblanadi, chunki IT shunday tizimki, uning ishlashi tizim 
xotirasida saqlanayotgan muammoli sohaga oid bilimlarga tayanadi. 
 

Download 205.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling