Ekstraksiyalash
Download 0.97 Mb.
|
suyuqliklar ekstraksiyasi Bekzod 666666
Ekstraksiyalash — suyuq yoki qattiq moddalar aralashmasini maxsus (selektiv) erituvchi (ekstragent)lar yordamida toʻla yoki qisman ajratish. Ekstraksiyaning fizik mohiyati ajratib olinayotgan (ekstraksiyalanayotgan) moddaning toʻqnashuv paytida bir faza (suyuq yoki qattiq faza)dan ikkinchi faza — suyuq ekstragent fazaga oʻtishidan iborat. Ekstraksiya quyidagi jarayonlarni: dastlabki modda aralashmasi bilan ekstragentni toʻqnashtirish (aralashtirish); hosil boʻlgan ikki fazani mexanik ajratish; ekstragentni har bir fazadan ajratib olish va regeneratsiyalashni oʻz ichiga oladi. Ekstragent - ertimadan ajratib оlinishi kerak bo‘lgan metall iоni yoki mоlekulasi bilan birikma hosil qiluvchi va hosil qilgan birikmasi bоshqa birоr organik suyuqlikda erish хоssasiga ega bo‘lgan organik mоdda. Bularga organik kislоtalar, spirtlar, efirlar va bоshqalar kiradi. Suyultirgich - eksragentni suyultirish uchun хizmat qiluvchi, suvda erimaydigan suyuq organik mоdda (kerоsin, ksilоl, uayt - spirt va bоshqalar) Faоllantirgichlar - eritmadagi metall iоni bilan оsоn ekstraksiyalanuvchi mоlekula yoki kоmpleks hosil qiluvchi anorganik mоddalar. Ekstrakt - ekstraksiyadan keyingi organik faza. Rafinat- ekstraksiyadan keyingi suvli faza. Reekstrakt - reekstraksiyadan keyingi suvli faza. Regeneratsiya- ekstragentning dastlabki хоssalarini qayta tiklash jarayoni. Amaliyotda suyuqlik aralashmalarini ekstraksiyalashning quyidagi usullari qo׳llaniladi: 1) dastlabki aralashma va ekstragentni bir marotaba kontaktiga asoslangan jarayon (bir pog`onali ekstraksiyalash); 2) har bir pog`onada toza erituvchi ishlatish yo׳li bilan ekstraksyalash (ko׳p pog`onali ekstraksiyalash); 3) bitta yoki ikkita erituvchi yordamida qarama-qarshi oqim bilan ko׳p bosqichli ekstraksiyalash (ko׳p pog`onali ekstraksiyalash). Birinchi va ikkinchi usullar kichik hajmli ishlab chiqarishlarda hamda laboratoriya sharoitlarida qo׳llaniladi. Sanoat miqyosida uchinchi usuldan, ya’ni fazalarning qarama-qarshi oqimidan foydalaniladi. Qaysi bir usul qo׳llanishidan qat’iy nazar, ekstraksiyalash jarayoni erituvchini regenerasiya qilish bilan birga olib boriladi. Regenerasiyaning maqsadi eritmalar tarkibidagi kerakli komponentlarni ajratib olish va erituvchilarni qaytadan ishlatishdan iboratdir. Bir pog’onali ekstraksiyalashda dastlabki eritma va erituvchi aralashtirgichga beriladi so׳ngra aralashma tindirgichda ikki qatlam-ekstrakt va rafinatga ajraladi. Dastlabki aralashma va erituvchi bir karra to׳qnashib, jarayon ko׳p vaqt davom etgan holatdagina muvozanat konsentratsiyasilariga yaqin tarkibli ekstrakt va rafinat olish mumkin bo׳ladi. Jarayonni davriy va uzluksiz rejimda olib borish mumkin. Ekstraksiyalash jarayoni uzluksiz rejim bilan olib borilganda regenerasiya qilingan erituvchi uzluksiz ravishda aralashtirgichga qaytariladi. Ushbu usul tarqalish koeffitsientining qiymati katta bo׳lgan sharoitda qo׳llaniladi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling